Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 485.56 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 813 w www.oriens.uz September 2021 Xalq dostonlarida ham realizmning o‘rni turlicha bo‘ladi. Masalan, Samarqand dostonchilik an’anasida hayotiylikdan ko‘ra ko‘proq mubolag‘ali holatlar mavjud. Boychiborning qanotli ot ekanligi, Barchin yelkalarining har biri o‘n besh qarich ekanligi, Alpomishning o‘tda yonmasligi-yu, tig‘ o‘tmasligi yoki “Ravshan” dostonidagi aka-uka kallarning holatlari, “Rustamxon” dostonida Rustamning na’rasidan ajdarning qulog‘i bitib yiqilishi hamda Rustamdan yengilishi, shu kabilar mubolag‘ali vaziyatlar hisoblanadi va ular Samarqand dostonchiligi uchun odatiy holdir. Ammo Xorazm dostonchiligida bu kabi mubolag‘alardan holi o‘laroq hayotiylik kuchli o‘rin egallagan. “Ma’lumki, Samarqand dostonlarida Go‘ro‘g‘li, Hasanxon, Avazxonlar haqida gap borar ekan ularning nihoyatda katta gavda tuzilishlari tinglovchining ham, kuylovchining ham ko‘z oldida hamisha namoyon bo‘ladi. Xorazm dostonlarida esa Go‘ro‘g‘li, Bozirgon, Avazxonlar faqat o‘rni kelgandagina Samarqand dostonlaridagidek tasvirlansalarda, asosan ular haqida tasavvur oddiy insondan yuqori bo‘lmaydi. Chunonchi, “Bozirgon” dostonidagi Bozirgonning portreti, Go‘ro‘g‘lining o‘ttiz qo‘y terisidan qilingan po‘stinni kiyib jangga otlanishlari, bir o‘zining juda ko‘p sonli askarlarga qarshi kurashishlari (Qirq ming) fikrimizning dalilidir. Ammo Go‘ro‘g‘lida Samarqand dostonlaridagi kabi “favqulodda” kuchni uchratmaymiz. Yuqoridagi mubolag‘alar shartli xarakterga ega bo‘lib, aksari voqea rivojida esga olinmaydi. Aksincha, jang epizodlarida ham Go‘ro‘g‘li jismoniy jihatdan baquvvat, oddiy odamni eslatadi. Aksari Go‘ro‘g‘lining ichki psixologik holatini tasvirlashga o‘rin beriladi” 15 . Shu sababdan ham Xorazm dostonchiligida psixologizm kuchliroq. Go‘ro‘g‘lining boshqalardan farq qilmaydigan oddiy inson qilib tasvirlanishi, qilayotgan xatti-harakatlari uni ijobiy qahramon sifatidagi qirralarini ochib berishda yordam beradi. Badiiy asarlarda, shu bilan birga xalq dostonlarida ham ijobiy qahramonlar aksari bosh rollarda ifodalanadi. Ularning ijobiy qahramon sifatidagi jihatlari adolatlilik, mardlik, oqko‘ngillik, rostgo‘ylik, rahmdillik, matonatlilik, kamtarlik kabi xislatlar orqali ochib beriladi. Ular hamisha insonlarga yaxshilik ulashib, ezgulikni tarannum etib, uni himoya qilishga oshiqadilar. Bu yo‘lda turli sinovlar-u mashaqqatlarga duch kelsa-da matonat va sabr-bardosh bilan barchasini yengib o‘tishga qodir bo‘ladi. Ammo doston mavzu yo‘nalishiga ko‘ra obrazlar ham turli xilda bo‘ladi. Shu sababdan dissertatsiyaning ikkinchi bob, ikkinchi faslida Xorazm dostonlarida ijobiy qahramon tahlili va obraz yaratish usullari haqida fikr yuritilgan. Qahramonlik dostonlarida doston voqealari xalq kuylayotgan qahramon atrofida yuz bersa, romanik dostonlarda oshiq va ma’shuqa atrofida ro‘y beradi. Qahramonlik 15 Ўша диссертация. Б – 67 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling