Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 485.56 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 810 w www.oriens.uz September 2021 va’dasiga vafo qilmasdan yorga xiyonat qilish aks etmagan. Shu sababdan ushbu doston qahramoni tinglovchida ham, kitobxonda ham biroz salbiy taassurot qoldirishi, tabiiy. Biroq shunga qaramasdan dostonda konfliktning bu tarzda namoyon bo‘lishini izohlab muallif “Xalq oshiq Hamro obrazini yaratish orqali tinglovchilarni unga o‘xshamaslikka chaqiradi” 6 , deya o‘z sharhini bayon etgan. Hamda yana ushbu obraz haqidagi izohlarni davom ettirgan holda ayrim olimlar fikri ham keltiriladi 7 . Xorazm dostonlarida ham kulminatsion nuqta voqealar rivojidan keyingi qismlarda keladi. Kulminatsion nuqtaning so‘nggi qismlarda kelishi xalq dostonlari uchun tabiiy holat hisoblanadi. “Alpomish” dostonining kulminatsion nuqtasi Alpomishning Qalmoqdan qaytib Ultontoz bilan to‘qnashuvi bo‘lsa, “Rustamxon” dostonida Rustamning ovdan qaytib otasi bilan uchrashgan vaqti, “Kuntug‘mish” dostonida esa Kuntug‘mishning o‘z o‘g‘illarini dorga osishga buyurgan payt dostonning kulminatsion nuqtasi hisoblanadi. E’tibor berib qaralsa, voqealar rivojining cho‘qqiga chiqish nuqtasi dostonning so‘nggi qismlaridagi o‘rinlariga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu holat Xorazm dostonlarida ham o‘z ifodasini topgan. “Shohsanam qator sarguzashtlarga uchragandan so‘ng doston oxirida u majburan podshohga turmushga chiqayotgan paytdagina G‘arib yetib keladi. Shoh bilan yuzma-yuz to‘qnashadi. Bu o‘rin “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonining kulminatsion nuqtasi bo‘lib hisoblanadi” 8 . Doston boshlanishida, voqealar rivoji davomida ushbu nuqta yo‘qdek bo‘lishi mumkin. Ammo yakuniy qismga yaqinlashgach, tinglovchi dostonning kulminatsion nuqta va yechim bilan yakunlanishiga amin bo‘ladi. Dissertatsiya davomida Xorazm dostonlarida ayollar o‘rni haqida ham asosli fikrlar keltirib o‘tiladi. Ma’lumki, dostonchiligimizda ayollar go‘zal, oqila, mehribon, kamtar, vafoli, sadoqatli, shu bilan birga jasorat bobida yigitlardan qolishmaydigan mard, bir so‘zli, va’daga vafo qilish xislatlarini o‘zida jamlagan holda aks ettiriladi. Barchinoyning alpligi, Alpomishga sadoqati, Xolbekaning Kuntug‘mishga vafosi, Huroyimning matonati-yu, sabr-toqati, kechirimliligi shular jumlasidandir. Ayni shu holatlar Xorazm dostonchiligida ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ishqiy-romanik dostonlarda, xususan, “Sayyod va Hamro” dostonidagi Sayyodxon obrazi betakror tarzda tasvirlanadi. “Tinglovchi Sayyodxonning xatti-harakati orqali uni Hamrodan har tomonlama afzal ekanligini tushunib oladi. Sayyodning bir so‘zliligi, dushman duch kelganda uning mardligi Hamrodagi ikkilanishga yolg‘onchilikka qarama-qarshi 6 Ўша диссертация. Б – 23 7 1. М. Қобулниёзов. Сўзбоши (Сайёд ва Ҳамро достони), Тошкент, 1964, Б – 13. 2. Ҳ. Т. Зарифов. Улкан халқ санъаткори, Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги ўрни китобида. Тошкент, 1971 йил, Б – 8. 8 Мадаев О. “Хоразм достонлари ва уларнинг ўзига хос хусусиятлари”. Тошкент – 1973. Б – 29 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling