Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi


Oriental Renaissance: Innovative


Download 485.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana25.01.2023
Hajmi485.56 Kb.
#1122414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
807 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
Bu uch yo‘nalish ichida Xorazm doston kuylash an’anasi o‘ziga xosligi, 
betakrorligi bilan ajralib turadi. Xorazm dostonlari ko‘plab folklorshunoslar, xususan, 
Muhammadnodir Saidov, Ahmad Ishayev, V.M. Jirmunskiy, H.T. Zarifovlar 
tomonidan qisman darajada tadqiq qilingan. Biz quyida Xorazm dostonchiligini 
atroflicha chuqur o‘rgangan folklorshunos olim Omonilla Madayevning “Xorazm 
dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini 
o‘rganib chiqamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
1970-yillargacha bo‘lgan davrda Xorazm dostonlari haqida V.M. Jirmunskiy va 
H.T. Zarifov hammuallifligida yaratilgan “O‘zbek xalq qahramonlik eposi” kitobida, 
M. Saidovning “O‘zbek dostonchiligida badiiy mahorat” asarida, shuningdek,
nashrga tayyorlovchi olimlar, xususan, J. Qobulniyozovning “Sayyod va 
Hamro”, “Bozirgon”, “Avazxon”, “Oshiq Mahmud” hamda M. Murodov va N. 
Soburovlarning “Gulruhpari” dostonlariga yozgan so‘zboshilarida uchratishimiz 
mumkin. Yuqoridagi manbalarda Xorazm dostonlarining asosiy xususiyatlari
shakllanishi haqidagi fikrlar, variantlilikning yo‘q bo‘lish sabablari, dostonlarning 
yozib olinishi, nashr qilinishiga doir ma’lumotlar berilgan. Biz o‘rganib chiqqan 
ushbu dissertatsiyada Xorazm dostonlarining g‘oyaviy, badiiy qimmati, ularning janr 
xususiyatlari, mavzusi, obraz yaratish usulidagi o‘ziga xos tomonlari o‘rganilgan.
Dissertatsiya qiyoslash usulida yozilgan, ya’ni Xorazm dostonlari Samarqand 
dostonchilik an’anasi bilan taqqoslangan.
Ma’lumki, adabiyotda sayyor syujet tushunchasi, ya’ni barcha xalqlar adabiyoti 
uchun asos bo‘luvchi mushtarak nuqtalar mavjud. Bu hodisa folklorshunoslik 
sohasiga ham tegishli bo‘lib, “tush motivi”, “farzandsizlik motivi”, “safar motivi” va 
boshqalar shular jumlasidandir. Xorazm dostonlarida ham bu kabi motivlar uchrasa-
da, ammo ular o‘zining badiiy ifoda uslubi, mazmuni, ijro an’anasi va usullariga 
ko‘ra boshqa xalq dostonlaridan tamomila farq qiladi. Biz tadqiq etayotgan ushbu 
dissertatsiyaning “Xorazm xalq dostonlarida syujet va kompozitsiya masalalari” deb 
nomlanuvchi bo‘limida ham yuqoridagi kabi muammolar chuqur tahlil etilgan.
Omonilla Madayevning fikricha, juda ko‘p o‘xshash tomonlari mavjud bo‘lgan 
ikki asar ikki xalq ijodida har bir xalqning yashash sharoiti, milliy rasm-
rusumlarining ifodalanishidan boshqa-boshqa ko‘rinishga ega bo‘ladi. Va bu fikrni 
ilmiy asoslash uchun filolog olim Ahmad Ishaevning “Ошиқ Ғариб ва Шоҳсанам” 
достонининг Закавказье ва Ўрта Осиё вариантлари” haqida quyidagi fikrlarini 
keltiradi: “Shu narsa diqqatga sazovorki, Xorazmdagi o‘zbek, turkman, qoraqalpoq 
baxshilari tomonidan kuylanadigan bu doston qulchilik, savdo-sotiq, bog‘dorchilik va 



Download 485.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling