Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 485.56 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 809 w www.oriens.uz September 2021 Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, xalq dostonlarida voqealar rivoji asosan safar motividan boshlanadi. Omonilla Madayev fikricha, Xorazm dostonlari syujeti hamda mazmunining ixchamligi bilan Samarqand dostonchilik an’anasidan farq qiladi. Samarqand an’anasida bitta dostonda bir vaqtning o‘zida bir nechta masala o‘z aksini topadi hamda bunda konfliktlarning hal qilish jarayoni ham o‘zgacha bo‘ladi. Xorazm dostonlarida esa asosan bitta masala qo‘yiladi. Konflikt (lotincha conflictus - to‘qnashuv) – personajlarning asar syujetida badiiy ifodasini topadigan o‘zaro to‘qnashuv va kurashlari, qahramon bilan muhit orasida yoki uning ruhiyatida kechuvchi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar 4 ) ham murakkab bo‘lmaydi. Baxshining e’tibori ham aksariyat hollarda dostonda aks etgan ishqiy mavzudagi masalani yechishga qaratiladi Xalq dostonlaridagi konfliktlar ko‘p hollarda oshiq ma’shuqani olib ketish uchun kelganda raqiblari (Alpomish va qalmoqlarning orasidagi ziddiyat), qizning otasi qarshiligiga uchrash ( Ravshan dostonida Qoraxon podshoning norozi bo‘lishi) holatlarida yuz beradi. Ammo ushbu dissertatsiyada olim xalq dostonlarida deyarli uchramaydigan, mantiqiy jihatdan asoslanmagan konfliktni keltirib o‘tadi: “Ayrim hollarda mantiqiy jihatdan asoslanmagan konfliktlar ham uchrab turadi. Biz bu o‘rinda “Sayyod va Hamro” dostonini nazarda tutamiz. Ma’lumki, aksari safar bilan bog‘liq bo‘lgan sevgi dostonlarida oshiq o‘z ma’shuqasini olib kelish uchun yo‘lga otlanar ekan, asarning konflikti sifatida oshiq ma’shuqani unga berishni istamagan otasi yoki raqib o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tashkil etadi. “Sayyod va Hamro” dostonida esa Hamro ma’shuqa dargohida unga nisbatan bevafolik belgilarini ko‘rsatadi va asosiy konflikt oshiq va ma’shuqaning o‘zaro ishonch hosil qilish yo‘lidagi tortishuvidan iborat bo‘lib qoladi. Beqaror Hamroning asar oxirida ikki yorga, ya’ni Sayyodxonga va yoshlikdan birga o‘sgan Salbiniyozga yetishishi xalq og‘zaki ijodida deyarli uchramaydigan holdir. Shuning uchun ham mazkur asarni o‘rganishga alohida ehtiyotlik bilan yondashish lozimdir” 5 . Darhaqiqat, xalq dostonlarining hech birida bosh qahramon xiyonat qilishdek salbiy holatga yo‘l qo‘ymaydi. To‘g‘ri, qahramonlar xarakteri may ichish (Alpomishning Qalmoq elida Surxayil kampir tuzog‘iga tushishi), irodasizlik (Kuntug‘mishning Xolbeka va farzandlaridan ajralib qolgach tushgan holati), manmanlik (“Ravshan” dostonida Avazxonning Hasanxonni o‘ziga teng ko‘rmasdan qizini bermagan holati), o‘zboshimchalik (Go‘ro‘g‘lining Soqibulbulning gaplariga kirmasdan safarga ketib qolishi) kabi ayrim nuqsonlardan holi emas. Ammo ularning hech birida bergan 4 Д. Қуронов, З. Мамажонов, М. Шералиева. Адабиётшунослик луғати. Тошкент: Akademnashr. 2010. Б – 143 5 Мадаев О. “Хоразм достонлари ва уларнинг ўзига хос хусусиятлари”. Тошкент – 1973. Б – 23. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling