Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 485.56 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 811 w www.oriens.uz September 2021 qo‘yiladi” 9 . Shu sababdan tinglovchi yoki kitobxonda Sayyodga nisbatan ijobiy fikr paydo bo‘ladi. Asar kompozitsiyasi ham asar yaratilishida syujet singari muhim vazifa bajaradi. Xorazm dostonlari kompozitsion qurilish jihatdan ham Samarqand dostonlaridan farq qiladi. Bu hudud dostonchiligida ijro etiladigan dostonlar matniga Samarqand ijro an’analaridan farqli o‘laroq qo‘shimcha qo‘shib yoki ayrim bo‘laklarni tushirib qoldirib bo‘lmaydi. Ushbu dostonlarning kompozitsion qurilishi haqida shunday deyiladi. “Xorazm dostonlarining hajm jihatdan torligi baxshining zimmasiga bir necha mas’uliyatlarni yuklaydi. Jumladan, baxshi o‘z ixtiyori bilan dostonlarga yangi epizodlar qo‘sha olmaydi. Dostonni hajm jihatdan keng yoki tor qilish baxshining ixtiyorida bo‘lmaydi. Demak, Xorazm dostonlarining ijrosi xalq ijodidagi improvizatsiyadan holi. Xorazm baxshisi dostonning qaysi qismini qanday kuyda ijro etilishiga ko‘proq e’tibor beradi. Baxshi dostonning har bir she’riy parchasini alohida kuy bilan aytadi. Natijada bir dostonning ijro etilishi ma’lum jihatdan bir necha o‘nlab qo‘shiqlarni bir syujet asosiga birlashtirgan konsert programmasini eslatadi. Xorazm dostonlaridan hajm jihatdan eng kichigini ijro etish uchun kamida o‘ttiz-qirq kuyni ijro eta bilish kerak” 10 . Bizga ma’lumki, xalq dostonlarining janr xususiyatlaridan biri ularda she’r va nasrning aralash kelishidir. Ertaklar, afsona va rivoyatlar asosan nasriy usulda berilsa, qo‘shiqlar she’riy usulda ifoda etiladi. Xalq dostonlarida esa har ikkalasi ham, ya’ni proza ham, poeziya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning bir-birisiz dostonni mukammal holda tasavvur qilish mutlaqo mumkin emas. Ammo shu muhim nuqtaning dostonlarda tutgan o‘rni an’analarga ko‘ra ham farq qilishi mazkur tadqiqot ishida o‘z asosini topgan. Muallif Samarqand dostonlarida poeziya va prozaning teng ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan holda, Xorazm dostonlarida prozaik qismlar faqatgina she’riy parchalarni o‘zaro birlashtirish vazifasini bajarishi haqida aytib o‘tadi hamda shu masala yuzasidan ma’lum izlanishlar olib borgan V.M. Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarning: “Dostonning asosini she’r tashkil qiladi, proza esa qisqa bog‘lovchi qo‘shimchadir”, – degan fikrlarini keltirib o‘tadi. Xorazm dostonlarida prozaik bo‘laklar qisqa bo‘lganidek, she’riy parchalar Samarqand dostonchiligidagidek uzundan-uzun misralarda emas, aksincha, qisqa-qisqa ko‘rinishlarda ifodalanadi. Bundan tashqari aynan dostondagi lirik parchalar ham turli vazifalarni ifodalaydi: “Xorazm dostonlarida she’riy parchalar asosan lirik xarakterga ega bo‘lib, ularda qahramonlarning asar voqealari munosabati bilan paydo 9 Ўша диссертация. Б –27 10 Ўша диссертация. Б –35. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling