Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 485.56 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 812 w www.oriens.uz September 2021 bo‘lgan ichki kechinmalari, ularning psixologik holatlari yoxud portretlari tasvirlanadi” 11 . “Samarqand dostonlarida she’riy parchalarning asosiy qismi dostonda ifodalanayotgan voqea rivojini aks ettirish protsessida belgilanadi. Ular asosan epik xarakterga ega bo‘lib, ularda asar syujetining dramatik o‘rinlari, shuningdek, qahramon olib borayotgan jang kartinalari kabi aktiv harakat ko‘rinishlari ifodalanadi” 12 . O‘tmishdan ma’lumki, insoniyat hayoti hamisha bosqichma-bosqich tarzda taraqqiy etib kelgan. Bu jarayon insonlarning turmush tarziga, ongiga, fikrlashiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, bir so‘z bilan aytganda ham moddiy, ham ma’naviy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Shu sababdan xalq dostonchiligida, xususan, Xorazm dostonchiligida ham ma’lum o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Bu haqida filologiya fanlari doktori, professor M.Saidov o‘z tadqiqot ishida shunday deydi: “Xorazmda, ayniqsa, XIX asrda madaniyatning rivojlanishi xalq og‘zaki ijodida ham ma’lum o‘zgarishlarning vujudga kelishiga olib keldi. Hofizlikning, musiqa san’atining rivojlanishi Xorazm dostonlarining ijro etish usuliga, umuman dostonlarning syujet va kompozitsiyasiga, shu jumladan, she’riy parchalarning xarakteriga ta’sir ko‘rsatgan” 13 . Har bir ijodkor, har bir xalq o‘ziga xos ijodiy prinsipga ega bo‘ladi. Folklorshunoslik sohasiga oid asarlar turli davrlarda, turli ijtimoiy jarayonlarda, turli holatlar va davralarda vujudga kelgan. Shu sababdan ularni o‘rganishda bitta yo‘nalish yoki usuldan foydalanish mantiqan to‘g‘ri emas. Asarlar yaratilgan jamiyat, tuzum, boshqaruv ularda hayotga yondashishning turlicha ko‘rinishda bo‘lganligini ifodalaydi. “Shubhasiz Mitra haqidagi mifdan tortib, Gagarin haqidagi qo‘shiqlarning yaratilishigacha xalq og‘zaki ijodi juda ko‘p taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. Ana shu taraqqiyot bosqichlarining har birida yaratilgan xalq durdonalarida hayotga bo‘lgan munosabat, voqelikni tasvirlash usullari turlicha bo‘lgan” 14 . Xalq og‘zaki ijodi namunalari yillar o‘tishi bilan og‘izdan-og‘izga o‘tib, ba’zan qo‘shimchalar qo‘shilishi, ba’zan esa ayrim qismlarning olib tashlanishi kabi o‘zgarishlar bilan yetib kelgan. Shu tarzda jamiyatda, insoniyat ongida bo‘layotgan o‘zgarishlar asarga singdirib yuborilgan. Natijada asarlarda hayotiylik ancha chuqur o‘rin egallagan. Umuman olganda hayotiylik (realizm) barcha asarlarga, jumladan, xalq og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lgan dostonlarga ham xosdir. Faqtagina asarda qay darajada o‘rin egallagan yoki egallamaganligi bilan farqlanib turadi. 11 Ўша диссертация. Б –37 12 Ўша диссертация. Б –39 13 Ўша диссертация. Б – 47 14 Ўша диссертация. Б – 55 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling