Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi


Oriental Renaissance: Innovative


Download 485.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana25.01.2023
Hajmi485.56 Kb.
#1122414
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
816 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
shijoatli, sheryurak, devqomat deb ta’riflansa, qizlar asosan o‘n to‘rt kunlik oy, 
tishlari dur, sochi sumbul, bo‘ylari sarvqomat, yonoqlari ol, lablari la’ldek, ko‘zlari 
ohuning ko‘zlaridek qilib tasvirlanadi. Agar salbiy obraz haqida so‘z borsa, uni 
tinglovchi yoki kitobxon tasavvurida yoqimsiz taassurot qoldiradigan tarzda 
qiyoslaydi. “Zero, bu o‘xshatishlar asarning badiiy qimmatini oshirish bilan birga 
asar qahramonlarini xarakter darajasiga ko‘tarilishida ham muhim ahamiyatga ega”
19
.
Ammo bu o‘xshatishlar ham Samarqand va Xorazm dostonchiligi an’anasida 
o‘ziga xos tafovutga ega. Ushbu faslni yoritishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham 
shu ikki dostonchilik an’anasi o‘rtasidagi tasvir vositalarini qiyoslash, ularning 
farqini yaqqol aks ettirishdir. Dissertatsiyadan keltirilgan quyidagi parchada ana shu 
tafovut o‘z aksini topgan, desak yanglishmagan bo‘lamiz: “Samarqand dostonlarida 
“Go‘ro‘g‘lining achchig‘i chillali qishday murtiga cheta qaytdi”, “Zo‘r dev edi, 
o‘tday tutashib ketdi” kabilarni uchratamiz. Xorazm dostonlarida, shuningdek
qahramonlik dostonlarida ham qahramonning jangdan oldingi holatini belgilovchi 
bunday o‘xshatishlar deyarli uchramaydi. Qahramon Samarqand dostonlaridagidek 
arslonga, sherga, lochinga o‘xshatilgani holda bu o‘xshatishlar “sherdayin qaysar!”, 
“misli ajdar” darajasiga ko‘tarilmaydi. Qahramonning botirligi nisbatan portretini 
chizishdagi mubolag‘ali o‘xshatishlar bilan cheklab qo‘yiladi. Shuningdek, yengilgan 
dushmanning “itday” o‘limlarini tasvirlovchi misralar ham deyarli uchramaydi. 
Aksincha, qahramonlik dostonlarida ham, lirik romanik dostonlarda ham qahramon 
holatini oyga, gulga, bulbulga o‘xshatish momentlari ko‘p. Bizningcha, bu hol 
Xorazm dostonlaridagi lirik tasvirga moyillik bilan izohlanadi”
20
.
Badiiy tasvir vositalaridan biri bo‘lgan mubolag‘a xalq dostonlarida eng keng 
qo‘llaniladigan vositalardan biri hisoblanadi. Qahramon haqida chuqurroq ma’lumot 
berish, uning boshqalardan yaqqol ajralib turishini ifodalash uchun ham 
mubolag‘adan foydalaniladi. Qahramonlik dostonlarida bosh qahramonning mardona 
xatti-harakatlari, romanik dostonlarda esa oshiq va ma’shuqaning jamoli, ishq yo‘lida 
duch keladigan sinovlari bo‘rttirib ko‘rsatiladi. “Xorazm dostonlarida mubolag‘ali 
tasvir vositasining bu turi asarning badiiy jihatdan pishiq chiqishida yaxshi 
imkoniyatga ega. Ishlatilgan mubolag‘alar asar g‘oyasini, temasini ochishga yordam 
beradi”
21
. Keltiriladigan mubolag‘ali tasvirlar, portretlar she’riy usuldan tashqari 
nasrdagi qofiya, ya’ni sa’jdan foydalangan holda ham ifodalanadi. Dissertatsiyada 
sa’jning dostonchilikdagi o‘rni va vazifasi haqida ham fikr yuritilib, Samarqand 
19
Ўша диссертация. Б – 110. 
20
Ўша диссертация. Б –110. 
21
Ўша диссертация. Б –121. 



Download 485.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling