Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
islomning ayollarga munosabati xususidagi yuzaki xulosalar chiqarish xavfli ekanidan 
ogoh qilishi kerak. Bu o‘rinda g‘arblik jurnalistlar, feministlar va ularning ta'siriga 
tushgan kishilar o‘ta nomaqbul hukmlarga tobe bo‘lib qolgan. Aksariyat hollarda bu 
hukmlar mavjud musulmon jamiyatlarini kuzatish natijasida paydo bo‘ladi; zamonaviy 
islom dunyosining ayollarga bo‘lgan munosabati, boshqalar hamisha zavqu shavqqa 
to‘lishi kerak, qabilidadir deb o‘ylash befoyda va axloqsizlik bo‘lur edi.  Saudiya 
Arabistoniga o‘xshash mamlakatlarda ayollarga hatto mashina haydashga ham ruxsat 
berilmasligi jinslarni himoya qiluvchi ilohiyotga mutlaqo daxli bo‘lmagan manmanlik, 
erkaklarning nafsi zulmi oqibatidir. Shu tariqa bugungi kunda bir necha mamlakatlarda 
ilohni inson qiyofasida,  binobarin, erkak ko‘rinishida tasavvur qilish hollaridan o‘zini 
haqoratlangan deb hisoblaydigan kishilar  boshlagan "islomlashtirish"ning an'anaviy fiqh 
diskursiga ham yoki adolatga oid fosh etuvchi qat'iyatga ham mutlaqo aloqasi yo‘q. 
Ushbu nomuvofiqlik hayotga joriy etilmagan so‘fizm o‘lchamini din hayotga qayta tatbiq 
qilmaguncha davom etaveradi. So‘fizm ayollarning hurmatini oshiradi va, shuningdek, 
jins bilan bog‘liq shovinizm ozuqa berib turadigan ego - nafsni qiyin ahvolga tushirib 
qo‘yadi va yo‘qotib yuboradi. Biz, xuddi musulmon mutafakkir ayollari qilayotganiday, 
dinning tabiati (muqaddas bitiklarda, ularning klassik talqinlarida va ma'naviyatda 
tushunarli bo‘lgani kabi) va zudlik  bilan isloh qilishni talab etadigan jihatlarga ega 
bo‘lgan xristian, yahudiy, hindu va xitoy madaniyatlarida bo‘lgani kabi postklassik 
musulmon jamiyatlarida dolzarb o‘zaro nomutanosib tuzilmalar o‘rtasidagi kutilayotgan 
natijalarni bir-biridan farqlashimiz kerak bo‘ladi.  
Ayni paytga kelib, bizning «jasur» shovinizm, yoki 20-asr so‘nggidagi feminizmning 
hayratlanarli prototipi kutilmagan yangilik bo‘ldi,  deb maqtanmayotganimiz aniq bo‘lishi 
kerak edi. Fiorenza eslatib turganiday, nima bo‘lganda ham feminizm an'anaviy hodisa 
emas; uning ba'zi ko‘rinishlari har bir vijdonli kishining nafratini qo‘zg‘atadi hamda 
ayollar va jamiyatga ziyon keltirishi turgan gap, ayni paytda uning boshqa 
ko‘rinishlarining shariat va yaratilgan kosmologiyalarimiz  bilan hayratlanarli darajada 
o‘xshashligi bor. Biz ayollarni kamsitishga qarshi ilohning chindan ham jinslardan xoli 
ekanini ta'kidlovchi ilohiyotshunoslik vositasida aylanib o‘tadigan, biroq  insoniyatga 
haqiqiy kodeks va oila me'yorlarini hadya etayotgan feminizm dialektikasini inja 
tushunishni himoya qilamiz. Bu qonun va me'yorlar, Irigaray qat'iyat bilan 
ta'kidlayotganiday, jinslar "teng emas, farqli" ekani, tabiatan bir-biridan farqli, o‘z 
daholarini siquvga olish o‘rniga tasdiqlaydigan rollarga intilishini tushunishga 
asoslangandir.  
Biologiya taqdir ekani turgan gap, ammo u taqdir sifatida turli-tuman imkoniyatlar 
beradi. Ayollar diskursi oilaning qadr-qimmatini yuqori qo‘yadi; ammo muslimalar islom 
tarixining uzoq davrlarida olima bo‘lish uchun uyni tark etgan. Bundan yuz yilcha avval 
sharqshunos Ignaz Goldziher o‘rta asrlardagi muhaddislarning taxminan 15 foizi ayollar 
bo‘lganini, ular masjidlarda dars bergani va  rostgo‘yligi uchun hamma ularni hurmat 
qilganini ko‘rsatib berdi. Qohiradagi Saqlatuniya madrasasi singari oliy o‘quv yurtlarida 
faqat ayollar faoliyat ko‘rsatgan va ularni mablag‘ bilan ta'minlagan. Ruf Rodedning 
muslima mudarrislar xususida yaqindagina o‘tkazgan tadqiqoti tuning o‘zini favqulodda 
mushkul vaziyatga solib qo‘yadi: 
«Agar AQSh va Yevropa  tarixchilari ayollar an'anaviy manbalarda ko‘zga tashlanmagani 
uchun ham ularning tarixini qaytadan yozishga zarurat sezayotgan bo‘lsa, islom olimlari 
endigina o‘rganila boshlagan manbalarning ko‘pligiga duch kelmoqda. [...] Kishi minglab 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
muslima olimalarning tarjimai holini o‘qiyotib, musulmon ayollar chetga chiqib qolgan, 
barcha huquqlardan mahrum va ijtimoiy jihatdan cheklangan, qabilidagi qarashlarga zid 
bo‘lgan dalillarga duch kelganidan hayratga tushadi». 
Roded aksariyat klassik islom o‘quv yurtlarida mudarris ayollar soni hatto hozirgi  G'arb 
universitetlaridagidan ham ko‘p bo‘lganini dalil sifatida keltirganida biz o‘rganib qolgan 
tushunchalar chok-chokidan so‘kila boshlaydi
[196]
Ur-masjid xususidagi hadisdan 
saboq bergan iymonlilarning onasi Oyisha hamisha muhim paradigmaligicha, jonli, aql-
zakovatli, xudojo‘y va barcha xotiralardan ustunligicha qolaveradi.  
Ammo o‘tmish ideallari - ulgilari o‘z o‘rniga qayta tiklanmaguncha musulmon 
jamiyatlaridagi qutblanuv ehtimoli saqlanib qolaveradi. G'arblashgan sinflar an'anaviy 
ta'birlarni ular G'arb uslubiga to‘g‘ri kelmagani va kiborlarning o‘z-o‘zini tasavvur 
qilishini qoniqtirmagani uchun rad etadi. Vahhobiy harfxo‘rlar so‘fizmning ayollarni 
yuksakka ko‘tarishini va uning ego - nafsni  o‘ldirishga bo‘lgan talabini rad qilishda 
davom etaveradi. Aynan shu kishilar islom qonunlari jihatlarini ijtihodga asoslanib 
o‘zgartirishga bo‘lgan qonuniy da'vatlarni o‘sha qonunlarni axloq nuqtai nazaridan teran 
tushungani uchun emas, aksincha,  usulni beo‘xshov talqin etgani hamda o‘sha 
da'vatlar G'arb ta'siri va talabiga mengzagani uchun ham e'tiborga olmaydi. An'ana 
dahosidan ilhomlangan vijdonli o‘rta tabaqa  tashabbusni o‘z qo‘liga olib, keskin 
qutblashib borayotgan jamiyatlarimizda dastur ishlab chiqish uchun sunnatga har 
qanday nafsdan xoli va saxovatli musulmoncha ta'rif bera oladimi, yo‘qmi, buni vaqt 
ko‘rsatadi. Shubhasiz, o‘zlikni biror ishga to‘la bag‘ishlamasdan turib, Yer yuzida adolat 
ham, hamdardlik ham bo‘lmasligi xususidagi so‘fiyona qarash donishmandlar o‘rtasida 
eng yuksak mezonligicha qolaveradi. Biroq shunisi aniqki, islom an'anasi nafaqat o‘ziga, 
qolaversa, G'arbga ham ko‘pgina mas'ul kishilarni tashvishlantirayotgan rollarning 
yo‘qligi tobora xavf tug‘dirayotgan ma'lum bir qoidalarning yo‘qligi ustidan hukmron 
bo‘lgan jamiyatning oyoqqa turib olishini kuzatish bilan bog‘liq munozaralarda chin 
ma'nodagi keskin qaror qabul qilishda ustunlik qilish imkonini beradi.  
Musulmon madaniyatlarining ham patriarxat, ham matriarxatdan iborat shakllangan 
jihatlari onaning maqomiga tegishlidir. Irigaray asarining zaif jihati uning yoshi o‘tib 
qolgan kishilarga nisbatan befarqligidir; u ham aksariyat feministlar qatori faqatgina 
semblables
[197]
ga o‘ralashib qolganidir. U oilaning reproduktiv va tarbiyaviy 
telos
[198]
ini qabul qilish bilan bir vaqtda uning boshqa, qarish tomon  tabiiy harakat 
yo‘nalishiga e'tibor berish kerakligini hisobga olmagani g‘alatidir.  
Yoshi o‘tib qolgan onalarni hurmat qilish musulmon diskursining xarakterli 
xususiyatlaridan biridir. Ushbu diskursda onaga nisbatan xushmuomalalilik va sadoqat, 
ular ko‘rgizgan rahm-shafqatni yana o‘zlariga qaytarish muqaddas burch ekani qayd 
etiladi. Ibn Umarning hikoya qilishicha, bir kishi Rasulullohning oldiga kelib: "Men og‘ir 
gunoh qilib qo‘ydim, endi nima qilsam, tavbam qabul bo‘ladi?" deb so‘raydi. Ul zot: 
"Onangiz bormi?" deb so‘raydi. U kishi, onam yo‘q, deydi. Shunda Rasululloh: "U holda 
onangizning xolasi bormi?" deb so‘raydi.  U kishi, bor, deydi. Shunda Rasululloh: "U 
kishiga xushmuomala va sodiq bo‘ling", deydi (Imom Temiziy). Boshqa  ko‘plab hadislar 
ham bor: "Kimki onasining ikki ko‘zi orasidan o‘psa, olovdan himoyalangan bo‘ladi" 
(Imom Bayhaqiy); "Alloh chindan ham onangizning gapini ikki qilishni sizga taqiqlab 
qo‘ygan" (Imom Buxoriy va Imom Muslim). 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
Binobarin, islom madaniyatini tadqiq qilayotgan antropologlar doimo murakkab va ikkiga 
bo‘lingan ierarxiya xususida ma'lumot beradi. Unga ko‘ra, xotinlar erlari, erlar esa 
onalari oldida burchlidir. Modernizm  ushbu aloqalarning dastlabkisini keskin tarzda, 
keyingisini esa parishonxotirlik bilan zaiflashtirib qo‘ymoqda; oqibatda biryoqlama va 
yoshi o‘tib qolganlarni e'tiborga olmaydigan yangi bir ierarxiya vujudga keldi, bu 
ierarxiya yoshlarni keksalardan ustun qo‘yadi, u bir zamonlar jamoaning faxri bo‘lgan va 
uning xotirasida muhrlanib qolgan keksalarni kamsitishning turli shakllarini nazarda 
tutadi. Tibbiyot sohasidagi yutuqlar ayollar va erkaklar o‘limi o‘rtasidagi tafovutni 
unchalik kamaytirmasdan turib ham o‘rtacha umrni uzaytirish imkonini bergani uchun 
zamonaviy jamiyatlar miqdori tobora ortib borayotgan ayollarni rejimli, ammo ibodat 
qilish imkoni yo‘q ayollar monastirlariga g‘ayriixtiyoriy uzlatga jo‘natmoqda. "Chikago 
tribyun" gazetasining 1998 yilgi sonlaridan birida yozilishicha, Amerikadagi keksa 
kishilar yashaydigan uylarning 60 foiziga biror marta ham mehmon kelmas ekan. 
Bunday muassasalardagi  jinslar nisbati umumiy hisobga to‘g‘ri ekaniga e'tibor qilsak, 
ular orasida ayollar miqdori ko‘proqligi ma'lum bo‘ladi. Binobarin, taqdir hazilini 
ko‘ringki, G'arbda yosh va o‘rta yoshdagi ayollar kengroq imkoniyatga ega-yu (ayni 
paytda diniy imkoniyatni hisobga olmaganda), ammo ularning barchasi pirovardida 
yolg‘izlik uzlatidan qo‘rqadi. 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, islom g‘oyasi aslida ham, salohiyat nuqtai nazaridan ham 
ko‘povozli ekani kunday ravshan, deb o‘ylayman. Ishonamanki, ushbu g‘oyaning a'zosi 
bo‘lishni istagan ayollar undan o‘ziga yashash uchun qadr-qimmat va va hurmat uchun 
zamonaviy talablarni tasdiqlaydigan makon topa biladi. Bunday loyiha so‘nggi modern va 
postmodern sharoitlarda hozirgidan ko‘ra realroq ko‘rinadi. Shu o‘rinda Marta 
Nussbaumdan iqtibos keltirsam:  
Ingliz-Amerika axloq falsafasi universallikka asoslangan Ma'rifat davri ideallaridan an'ana 
va xususiylikka asoslangan axloqqa; printsiplarga asoslangan axloqdan qadr-qimmatga 
asoslangan axloqqa; sistemali nazariy oqlov holatlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan 
axloqdan nazariyaga shubha bilan qarovchi va mahalliy donishmandlikka hurmat bilan 
qarovchi axloqqa; tashqi dunyodan uzilib qolgan shaxsga asoslangan axloqdan 
boshqalarga qo‘shilish va g‘amxo‘rlikni yoqlaydigan axloqqa;  tarixga daxlsiz axloqdan 
muayyanlik va tarixiy axloqqa yuz burmoqda
[199]
.  
Musulmon feministlarining, Qur'on ayollarga nafrat bilan qaramaydi
[200]
, deb bilishini 
tasdiqlaydigan Nussbaum, madaniyatdan voz kechish tufayli begonalashuv oqibatida 
orttirilgan jarohat qayta tiklanishiga hali  ancha bo‘lgan biror madaniyatga a'zolik tufayli 
yetadigan zarardan ko‘ra og‘irroqdir, deganida haq edi. Islomning jinsga oid diskursini 
qayta tasavvur qilish loyihasi o‘zining anaxronik
[201]
 aks sadosiga qarama-qarshi 
o‘laroq, aynan shu sababga ko‘ra, tobora jozibador bo‘lib  borsa ajab emas.  
  
VII bob 
Bir dindan ikkinchisiga o‘tish sog‘inch hissi sifatida: najotkor Buyuk Ahd  
Islom, xuddi xristianlik va buddizm singari, nazariy jihatdan ham, tarixiy an'anasiga 
ko‘ra ham dunyoning ilg‘or missionerlik dinlaridan biridir. Dunyodagi ulkan va global 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
e'tiqodlarning eng yoshi bo‘lgan islom Qur'onning «Tur va ogohlantir» amrini bajarishga 
kirishmaganida bir necha noma'lum arab monoteistlarining mazhabi bo‘lib qolgan va 
yarim oroldagilar uni qurshab turgan serg‘ayrat xristian dini bilan murosa qilgani sari 
yo‘qolib ketishga mahkum bo‘lur edi.  Buning o‘rniga Makkadagi jo‘shqin hayot ulkan 
kerigmatik
[202]
 harakatni vujudga keltirdi. Bu harakat gullab-yashnagan va ilg‘or 
tamaddunlardagi siyosiy tartiblarni ham  yengib o‘ta bildi va e'tiborli jihati shundaki, 
madaniylashtirishning oddiy qonunlari vositasida mustahkam diniy tartibni o‘z 
bosqinchilarini ham safiga qo‘shib oladigan darajada o‘zgartira oldi.  Ayni hol tarixni bor-
yo‘g‘i iqtisod va jamiyat haqidagi hikoyadan iborat deb biladigan tarixchilar uchun hanuz 
jumboqligicha qolmoqda. O'z asoschisining vafotidan 14 asr o‘tibdi  hamki, rasululloh 
amallari haligacha turli jamiyatlar e'tiborini ohanraboday o‘ziga tortib kelmoqda. 
Binobarin, islomning o‘z safiga boshqa din vakillarini jalb eta bilish tabiati dunyo 
tarixining muhim konstanta - doimiy qiymatlaridan biriligicha qolayotgani 
hayratlanarlidir, biz uni hali-hamon yetarli darajada tushunib olganimiz yo‘q. Biz mazkur 
bobda ushbu murakkab va sharoitga moslashuvchan dinamika mohiyatini ochib berishga 
intildik va bu mavzu uchta masala doirasida rivojlanib boradi. Birinchidan, sotsiologlar 
«bir dindan ikkinchisiga o‘tish» deb ataydigan hodisa islomning muqaddas bitiklari va 
ilohiyotshunoslik kontekstida nimani anglatishi yuzasidan bir necha dastlabki izohlar 
keltiriladi. Ikkinchidan, islom tarixidagi bir dindan ikkinchisiga o‘tishning eng yorqin 
nuqtalari ajratib ko‘rsatiladi, ular ustuvor akademik talqinlar asosida beriladi. Nihoyat, 
men bugungi kunda ommaviylashib ketgan Internet «kiberkonversiyasi» deb atalmish 
yangi hodisa xususidagi zarur ba'zi ilk taxminlarimni ilgari surmoqchiman. Men uni ulgi 
sifatida olib, islomni qabul qilishning joriy etilgan nazariy andozalarini hamda bir dindan 
ikkinchisiga o‘tish hodisasini yanada umumiy tarzda tekshirib ko‘rmoqchiman.  
Albatta, avvalo, ilohiyotshunoslik xususida to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. Islom avval-
boshdanoq o‘ziga e'tiqod qiluvchilar safini kengaytirishga harakat qilib keldi; uning 
asosiy hujjati (Qur'on)da xudoga tavsif beriladi, u, shuningdek,  da'vat hamdir. Makka 
va uning qabilalar yashaydigan ichki hududlarida to‘lib-toshib yotgan butparastlikni yer 
bilan yakson qilgan Qur'on islohoti o‘zidan olti asr oldin nozil bo‘lgan nazaretlik Iso 
islohotidan ko‘ra jadalroq edi. Iso da'vat qilgan kishilar yahudiy va monoteist bo‘lgani 
uchun ham qat'iy qoralanmagan edi, hazrat Muhammadning ummatlari xususida esa 
Qur'onda hech bir tavsif berilmagan. Shuning uchun ham Qur'on bevosita tarixiy 
kontekstga urg‘u beradigan diniy qarashlarni tozalash yoki takomilga yetkazishni talab 
etmaydi, aksincha, ularni so‘zsiz rad etadi. Binobarin, ibtidoiy islom etos
[203]
i qat'iy 
tarzda bahsli va o‘zgarishga moyildir. Rasululloh diniy rahnamoligining eng yuksak 
nuqtasi bo‘lmish Arofat tog‘ida aytgan xutbasi islomning buyuk vakolatiga teng so‘zlar 
bilan tugaydi: "Ushbu haqiqatni bu yerda yo‘q kishilarga ham yetkazing"
[204]

Ushbu dastlabki sitz im leben
[205]
ga qaramasdan, bizga ma'lum manbalar rasululloh 
o‘z diniy rahnamoligini faqat majusiy arablarga mo‘ljallaganidan dalolat bermaydi. 
Musulmonlar xotirasida qolganiday, Muhammad faqatgina «Ismoil farzandlarining 
yo‘qolgan suruvi»gagina yuborilmagan; u, hadisda bayon qilinganiday, «butun 
bashariyatga yuborilgandir»; darhaqiqat, o‘rta asrlardagi kalom mutafakkirlari bir 
ovozdan ta'kidlaganiday, islom Alloh yuborgan yakkayu yagona universal dindir. Ushbu 
musulmoncha klassik nuqtai nazardan Iso faqat yahudiylar payg‘ambari ekaniga ishonar 
edi; shuning uchun ham xristian dinining keyingi yahudiylarga qaratilmagan missiyasi 
preparatio evangelii
[206]
 sifatida oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Preparatio 
evangelii islomga tayyor turgan majusiy asosni buzib tashladi. Ba'zi bir zamonaviy 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
tarixchilar, arablarning najotkor tarqoq tarixini bino etishdan yiroq bo‘lgan Qur'on ularga 
mutlaqo qiziqish bildirmaydi, hech qachon ularni muhim o‘tmish yoki tarix egalari deb 
oshirib-toshirib maqtamagan, degan da'voni ilgari suradi. Garchi ravvinlar iudaizmi 
dinning asos soluvchi muhitiga eng yaqin yakkaxudolik dini bo‘lsa-da, islom qardosh 
somiy xalqlar uchun iudaizmning qayta yozilgan nusxasi emas. Modomiki, payg‘ambarlik 
missiyasi tabiatini qayta tiklashga bo‘lgan urinishlar ishonchli ekan (eng ashaddiy 
zamonaviy tarixchilarning deyarli barchasi xuddi shunday deb o‘ylaydi), islomning ilohiy 
tabiati dastlabki  paytlardan beri o‘z maqsadiga ko‘ra chindan-da universal bo‘lganini 
ko‘rsatib berish uchun yetarli dalillar mavjud. Rasulullohning bir necha  shogird va 
sahobalari arab millatiga mansub bo‘lmagan: an'anada yunon Suhayb, fors Salmon, 
islomning ilk muazzini habash Bilol nomlari saqlanib qolgan. 
Bunday targ‘ibot kontekstiga qaramasdan, Qur'onda konversiya - bir dindan ikkinchi 
dinga o‘tish degan kalimaning o‘zi yo‘q. Chunki arabcha so‘z bo‘lmish «islom»ning o‘zi 
ushbu tushuncha ma'nosini ham anglatadi. Bu so‘z "xavfsizlik", "najot" va "tinchlik" 
ma'nolarini bildiruvchi o‘zagi  fe'l bo‘lgan otdir. Binobarin, islomga kirish - faol (majhul 
bo‘lmagan) sifatdoshdir,  musulmon bo‘lish - o‘zlikni Allohning najotkorlik faoliyati 
doirasiga kiritishdir. Sevuvchi tangri (al-Vadud) sifatida insoniyatni yaratgan zot butun 
bashariyatga narigi dunyoda omad tilaydi. Qur'onda bunday deyiladi: "Ey mo‘‘minlar, 
yoppasiga  itoat (silm)ga kirishingiz!"
[207]
 va: "Alloh kimni hidoyatga yo‘llashni iroda 
etsa, uning ko‘ksi (qalbi)ni islom uchun (keng) ochib qo‘yadi"
[208]
. Shunday ekan,  
Qur'ondagi adolatli hayot kechirishga o‘tish tushunchasi tasodifiy hollardan biri emas, u 
musulmon kishining Allohga erishish jarayoniga munosib bo‘lish uchun to‘siqlarni yengib 
o‘tish  va kurashishday bir umr davom etadigan jo‘shqin holatda yashashini nazarda 
tutadi. Musulmonchilikda "Isoda" bo‘lish, shuning barobarida, emin  bo‘lish kafolatini 
olishning ma'nodoshi yo‘q, chunki musulmonlar uchun soteriologiya Qutqaruvchining o‘z 
gunohlarini yuvish uchun qurbon berishini emas, aksincha,  chin e'tiqodli kishining 
e'tiborni chalg‘ituvchi narsalarga qarshi kurashishi va bevosita tavajjuh hissini tuyushini 
anglatadi. Binobarin, musulmon konversiyasiga oid rivoyatlarning ayrim izchil 
xususiyatlaridan biri -cheksizlikni  tusmollash va  bosqichma-bosqichlikdir. Islomni yangi 
qabul qilganlarga qarata aytiladigan so‘z mana bulardir: "Sizlar jangda g‘alaba 
qozondingiz; endi g‘alabani mustahqamlashingiz kerak". "Qayta tug‘ilganlar" yoki bir 
dindan ikkinchisiga o‘tishning psixotropik ko‘rinishi g‘ayritabiiydir. Dinga yangi kirgan 
kishilar assimilyatsiya va taqlidning sust jarayoni xususida ko‘p gapiradi, bu jarayonda 
ratsional isbot muhim ahamiyat kasb etadi, deb qaraladi
[209]

Qur'on soteriologiyasining musulmoncha "konversiya" iborasini yoki uning islomni 
mustahkamlaydigan yana bir jihatini ham tushunish lozim bo‘ladi. An'anaviy nuqtai 
nazardan islomda Avgustinning conversiosidan ko‘ra ehtiros kamroq va  u 
omadliroqdir, chunki u insoniyatning ozod bo‘lish tarixini samovot va ruh hukmdori 
bo‘lgan xudo hamda yer va tanada ustunlik qiluvchi shayton o‘rtasidagi ulkan qarama-
qarshilik deb tushunmaydi. Islomda ibtidoiy gunoh tushunchasi yo‘q, uning 
antropologiyasi umumiy jihatlari bilan lotin otalar xristianligi, binobarin, Akvinas, Lyuter 
va G'arb an'anasining asosiy qismidan ko‘ra ravvinlar iudaizmiga yaqindir. Buning ziddi 
o‘larak, unda Matfey Foks «ibtidoiy xayrli duo»
[210]
 deb atagan narsaga yaqin aqida 
bor va u, xilqat xoliqdan ajralib chiqqan, degan tushunchani rad etadi. Inoyat inson 
bolasiga xos xususiyatdir, u maxluqlar orasida yuqori o‘rinni egallaydi, hadisga ko‘ra: 
«har bir bola o‘zining chin tabiati (fitrati) bilan tug‘iladi, faqat ota-onasi uni yahudiy, 
xristian yoki zardushtiyga aylantiradi». Bu aqida  xususida Qur'onning «A'rof» surasidagi 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
172-173-oyatlarida ham ta'kidlangan, unda barcha tirik jonzot Yer yuziga tarqalishidan 
oldin Allohning oldiga guvohlik berishga chaqirilgani xususidagi Buyuk Ahd to‘g‘risida 
so‘z yuritiladi. Ushbu iqtibosda o‘sha vaqt xususida bunday deyiladi: 
Rabbingiz Odam o‘g‘illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, 
ularni o‘zlariga guvoh qilib turib: «Men Rabbingiz emasmanmi?» (dedi). Ular: «Yo‘g‘e! 
(Rabbimizsan!) Guvohlik berdik», dedilar. Qiyomat kuni: "Biz bundan g‘ofil (bexabar) 
edik"... deyishlarini  (bilganimiz uchun shunday qildik).   
Mavlono (Rumiy) xudoning tajallisiga yetishishni tavsif etganida ushbu an'anadan 
mutlaqo chekinmaydi: Bu (hayot)dan avval ruhlar sipehrdan yuqori edi, ular ham 
farishtalar ichgan idishdan no‘sh etar edi.  
Mening ruhim sening san'ating uni o‘sha joyga tortgani uchun ham qo‘llari bilan chapak 
chaladi
Islom tabiatning namuna ekani va jonning mutlaqo gunohsizligiga ishonch hosil qilgani 
bois Allohga zikr etilgan ibtidoiy guvohlik insoniyatga berilganini eslatib qo‘yishdan o‘zga 
narsani ko‘zlamaydi. Konversiya, islom - eslash (zikr)dir. U mavjud bo‘lgan narsani inkor 
etmaydi, aksincha, o‘zi «qaytish» va tasdiqlashdir. Ayni shu sababga ko‘ra, yangi 
musulmonlarning aksariyat ko‘pchiligi o‘zlarini bir dindan boshqasiga o‘tganlar emas, 
«qaytganlar» deb hisoblaydi. Bu o‘rinda aniqroq bo‘lgani uchun «tanib oluvchilar» degan 
tushunchani qo‘llagan ma'qul. Ispan tilida reconocerse musulmán degan oddiy bir 
ibora bor, uning ma'nosi o‘zlikni musulmon deb tanishdir.  
  
*       *        * 
Ushbu inson tabiati va diniy hayot xususidagi oddiy va ravshan bo‘lgan nekbin 
qarashdan ilhomlangan musulmonlar ko‘hna dunyoni muzaffar fath etuvchilar sifatida 
Yer yuzining turli taraflariga tarqab ketdi. Undan so‘ng diniy tarixning eng hayratlanarli 
voqealaridan biri ro‘y berdi, ya'nikim, cherkov otalari mamlakatlarining ko‘pchiligi har 
qanday yakkaxudolik tarixiga bir martagina yoziladigan ommaviy xiyonatni boshidan 
kechirdi. Aleksandriya, Antiox, Quddus singari ulkan patriarxal markazlarda xristian dini 
bir necha asr oldin asta-sekin ildiz otgan edi, o‘sha joylar bosqichma-bosqich, ammo 
izchil tarzda yangi dinga o‘z joyini bo‘shatib bera boshladi. Ushbu jarayonning yetakchi 
tarixchisi qayd etganiday, "600 yilda nazaretlik Isoni xudoning o‘g‘li ekaniga ishonib 
yurgan ko‘plab erkak va ayollar endilikda xudoga ishonadi va Muhammadni uning 
payg‘ambari deb biladi"
[211]

Buning yorqin misoli G'azo shahridir. Bu shaharni xristianlashtirish juda sekinlik bilan 
amalga oshar edi va arab bosqinchilari unga kirib borganida  
G'azo aholisi yangi dinni qabul qilish xususidagi da'vatlarga tayyor ekanini ma'lum qildi 
[...] mahalliy tarixchilarning gapiga qaraganda, ular shahar markazidagi ulkan cherkovni 
masjidga aylantirishni iltimos qilgan [...] Arablar kelganida xristianlarning hammasi ham 
islomni qabul qilishni istamagan; ularga Porfiriy cherkovi (442 yili qurilgan) da ibodat 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling