Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
an'ananing bir qismida shoirlar darveshning yuzdagi yopinchiqni ko‘tarib, o‘z 
mahbubasining og‘ushiga singib ketish uchun jazavaga tushganini tasvirlab berish 
maqsadida ochiqdan-ochiq erotik tildan foydalanadi. Yopinchiq aqldan ozish va gunohni 
anglatuvchi tashbehdir. Bu turkiy adabiyotda Oshiq Poshoning  lirik "G'aribnoma"sidan 
boshlanadi va Oq Shamsiddinning o‘g‘li Hamdiyning "Laylo va Majnun" dramasida o‘z 
takomiliga yetadi. "Layli va Majnun" dahosi Mir Alisher Navoiyning "Xamsa"sidagi 
durdonadir. Arab dunyosidagi ruh shoirlarining eng buyugi, "Sevguchilarning sultoni" 
deb nom olgan qohiralik Ibn al-Farid bunday kuylaydi: 
Garchi sevgilim mendan gina qilsa-da, uni kuylamoq istayman, uning hikoyalari meni 
sharobday mast qiladi.  
Mening jonim unga qurbondir, jonimni uni sevishga sarf etdim! Ajalimdan besh kun oldin 
ajalim keldi...
[157]
 
  
Aksincha, kimdir bu o‘rinda xristianlarning nikoh to‘yi mistitsizmi
[158]
 haqida o‘ylashi 
mumkin. Avilalik Avliyo Tereza
[159]
 o‘zining Iso bilan ittifoqini bayon etish uchun 
hassos suratlardan foydalangan ko‘rinadi.  Biroq yana xudoning o‘g‘li bo‘lmish Iso erkak 
bo‘lib chiqyapti. Islom mistitsizmida esa hatto erkaklar  ham ko‘pincha ilohiy ma'shuqa 
sifatida tasvirlanadi: bu hol Irigarayning, agar ayol «ayol bo‘lishni istasa, agar u o‘zining 
ayollik shaxsiyatini takomillashtirishni istasa, u o‘z shaxsiyatini takomilga yetkazish 
uchun bir xudoga ehtiyoj sezadi», degan talabini qondirsa kerak
[160]
.  
Binobarin, kalom jinsni  tan olmaydi; ma'naviyat unga ko‘pincha tashbih sifatida 
qaraydi. Shu tariqa u iymon va ehsonning farqli jihatini ko‘rsatib beradi. Taxmin 
qilishimiz mumkinki, Irigarayning talablari mohiyatan musulmon metafizikasiga mos 
keladi. Endi biz al-Hibriyni tashvishga solgan sohaga qaytsak: an'anaviy islom 
uchligining uchinchi juz'ini Jabroil "Islom" hadisida bayon qiladi. Ushbu hadis dinning 
tashqi shakllarini ham qamrab oladi. Bu hol ham jins mavjudlikning asosiy sifati ekanini 
tan oladi va tasdiqlaydi hamda islom qonunining ko‘plab bandlarida va musulmonlarning 
hayotiy me'yorlarida o‘z ifodasini topadi.  
Buyuk Ahdni tuzatish orqali  islom joriy etgan hayot namunasi ibtidoiy va gunohlardan 
xoli ekani kunday ravshan, binobarin, u hayotsevar va insoniyatning gormonal, jinsiy va 
genetik o‘lchamlarini tasdiqlaydi. Ko‘rib o‘tganimizday, akvinalik Foma islomni "tabiat 
bog‘i" deb atashni xush ko‘rar edi. "Musulmonlar uchun tana, aql va ruh aynan o‘sha 
yaratilgan fenomenning ko‘rinishlaridir, ularning barchasi  o‘zaro munosabatlar tufayli 
vujudga keladi". 
Postmodernizm va poststrukturalizm «tabiat» g‘oyasini muammo sifatida hal etishga 
moyildir. Hatto an'anaviy feministlar ham uni Freydning havas qilib bo‘lmaydigan 
biologizm
[161]
ini esga olgan holda, essentsial
[162]
 deb hisoblaydi. Freyd biologizmining 
1960-yillarda keng tarqalgan konstruktiv paradigma
[163]
lari obro‘si keyinchalik tushib 
ketgan edi. Ayol aqli «madaniy qayd»ning oddiy bir bo‘lagidir, shunday ekan, endilikda 
qalbaki ongdan voz kechish evristik
[164]
 mashq hisoblanmaydi. Bu Mernissi va Laylo 
Ahmad singari musulmon feministlar ish ko‘radigan paradigmadir, bu paradigma 
shariatning jinsga oid tengsizligiga barham berish orqali asl holatni qayta tiklashga 
qaratilgan ularning loyihasini olg‘a siljitishga ko‘mak beradi. Oldin qayd etib 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
o‘tganimday, men bu yondashuvni juda jo‘n deb bilaman. Bunday yondashuv teologik va 
kosmologik kontekstni pisand qilmasligi barobarida g‘arblik bo‘lmagan Boshqaning 
telos
[165]
ini noqonuniy qilib qo‘yadi. Xristian feminizmi bilan solishtirilganda, uning, 
maddohlarning o‘zlarini oqlash uchun qilgan  aksilharakatlariga o‘xshab - kimdir bu 
o‘rinda Zaynab al-G'azzoliy yoki  Bint ash-Shatiyni ko‘z oldiga keltirishi mumkin  - 
sayoz     ekani ayon bo‘lib qoladi; ushbu mavzuning oddiy amaliyot va o‘ziga xoslik 
masalasiga dovur soddalashtirilishi, albatta, chin ma'nodagi dunyoviylashtirish 
harakatidir, bu harakat xudoning xususiyatlarini pisand qilmaydi. Vaholanki, aynan shu 
sifatlar «shu yer - quyidagi" qadriyatlar va institut - qurimlarni shakllantirishi mumkin. 
Ta'kidlab o‘tganimday, ushbu musulmon mutafakkirlari birmuncha eski tuzilma doirasida 
ish ko‘radi. Ular, albatta, qanday qilib jinslarga bo‘linishdan xoli ilohiyotshunoslik va 
salohiyat jihatdan ayollarga yon bosuvchi mistitsizm shariatning jinslar tengsizligiga 
orqa manzara bo‘lib xizmat qilishiday g‘ayrimantiqiy tushuncha tahlilini barbod qildi. 
Ularning hech biri o‘zlaricha tushungan tenglik ma'nosi bilan bog‘liq jinsga oid yaqinda 
amalga oshirilgan tadqiqotlar xususida bong urmaydi. Masalan, tilga oid asosiy masalani 
olib ko‘raylik. Yaqin-yaqinlargacha feminizm tafakkuri Lakandan uning o‘zi "til sohasi, 
Ramziy tartibni muzakkarda bir chiziqqa safga tizish"
[166]
 deb atagan narsa bilan bot-
bot yerga urishda foydalanar edi. Shuning uchun (ayollarni) ozod etish  loyihasi tilni 
isloh qilishga, yoki,  Irigarayning, har bir til jinslardan tarkib topgan, degan qarashiga 
asosan, tilda muannas (jenskiy rod) uchun joy hozirlashi, unda esa bundan buyon 
muzakkar (mujskoy rod) tadqiqot mavzusi bo‘la olmasligiga sabab bo‘lishi kerak. 
Bunday bo‘lginchilik ba'zi bir islomiy kontekstlarda samarali bo‘lib ko‘rinadi. Bu 
kontekstlarda erkak va ayol tili nafaqat so‘zlarni talaffuz qilish, balki sintaksis va lug‘at 
bo‘yicha ham ko‘pincha bir-biridan keskin farq qiladi. Mening bilishimcha, ushbu 
lingvistik maydon ayollarga ijtimoiy dinning baham ko‘rilgan yoki androtsentrik 
diskursiga o‘zlarining xavotir va tajribalarini yozish imkonini berishi mumkinligi hali 
tadqiq qilinmagan; biroq, gumonimcha, natijalar Lakanni feministlarcha o‘rganish foydali 
ekanini tasdiqlaydi.   
Biz yaqindagi mustahkam konstruktiv andozaning inqirozi musulmon feminizmi uchun 
yangi makon ochib berishini taxmin qilishimiz mumkin, musulmon feminizmi Ahmad va 
boshqalarning raqobatli va dixotomik
[167]
 strategiyasidan tashqarida mavjuddir.  Bu 
yo‘lni Zakiya Demir taklif qilgan edi. Shunisi aniqki, Freyd biologizmi yumshoq 
versiyasining Melani Kleynning shunga o‘xshash artikulyatsiyasi bilan birgalikdagi obro‘si 
kundan-kunga oshib bormoqda. Hatto bundan 20 yil burun Kleynning "jinslar o‘rtasidagi 
anatomik tafovut [...] psixik oqibatlarga sabab bo‘ladi", degan qarashi feministik 
nazariya uchun ham  kutilmagan hol edi. Biroq endi shu narsaga shohid bo‘lyapmizki, 
Sara Ruddikning aniqlashicha, erkak va ayollarning fikrlash tarzi bir-biridan keskin farq 
qilar ekan, ya'ni ayollarning "onalarcha fikrlashi" avvalo, tinch va nisbiydir
[168]
. Kerol 
Jilliganning qo‘shgan hissasi esa hamon salmoqlidir, uning 1982 yili chop etilgan 
"Boshqa bir ovozda" kitobida ayollarning ovozi "bo‘lakcha, ammo tenghuquqli 
ma'naviy robita"ni egallaydi. Jilliganga ko‘ra, ayollar axloqiy masalalarga "kontekstdan 
kelib chiqib yechim topadi": Ular adolat etikasidan ko‘ra g‘amxo‘rlik etikasiga moyildir... 
Buning sababi xudbinlik genining tadrijiy strategiyasida yoki ona va bolaning noyob 
munosabatlarida bo‘lishi mumkin. Jilliganning qarashi bahslidir, biroq u shu nuqtai 
nazardan bahslardan ustun turadiki, hozirgi kunda jinsga oid konstruktiv qarashlar ota 
va ona ismli ilohiyotni tushunishda musulmon jins diskursiga foydali zamin hozirlab 
berishi mumkin. Ilohiyotning ota va ona ismlari dunyoda o‘zaro muloqotga kirishadi, 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
inson mohiyatida  turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, ilohiyotning navbatma-navbat 
vujudga kelgan teofaniyasi sifatida izohlanadi.  
To‘g‘risini aytganda, shariatning jinsga oid ko‘plab individual ahkomlariga To‘rt Maktabda 
kerakli tarzda joriy etilgan ijtihod tuzatishlariga nisbatan feministlarning nuqtai nazari 
o‘zgarishi ahamiyatini baholab o‘tirishga mening vaqtim yo‘q.  Biroq men bu Zakiya 
Demir va Zahro Rahnoverd singari musulmon ayol yozuvchilari himoya qilayotgan 
jinslarni o‘zaro ajratish ozod qilish strategiyasi sifatida qayta baholashga sabab bo‘lishi 
mumkinligini  taxmin qilyapman, ozod qilish strategiyasi kamsituvchi bandlik hukmiga 
daxldor bo‘lmagan paytda ayollik mohiyati va nasl qoldirish birdamligini asrab qolishi 
mumkin. Meri Deli va boshqalar erkaklar bilan muloqot qilishni isyonkor tarzda rad etish 
va haqiqiy egachilikni joriy etish uchun qal'a sifatida "ayollar makoni"ni yaratishni yoqlab 
chiqqan edi.  
Irigaray "Jinsiy tafovut etikasi" kitobida erkaklar yaratgan  texnologik ish joylarini 
qoralaydi. Uning fikricha, bunday ish joylari ma'lum bir darajada qardoshlik vujudga 
kelishiga sabab bo‘ladi, [va] jinsiy tafovutni yo‘qqa chiqaradi". Raqobat qilish uchun 
ayollar erkaklarning biror maqsadga erishishni ko‘zlovchi "tor qarash" usulini 
o‘zlashtirishi hamda shuning natijasi o‘larak, biotsid
[169]
, chayqovchilik va ayollarga, 
endilikda esa jinsga qarshi bo‘lgan ijtimoiy olibsotarlik  makoni haqqi-hurmati o‘zlarining 
gormonlarga joylangan mohiyatidan voz kechishi lozim. Uning kuzatishicha, "yaqin 
vaqtlardagi jinsiy ozodlik jinsiyatning yangi bir etikasini yarata olmadi", Grir ham 
shikoyat qilganiday, dastlab ayollarning o‘zi bundan aziyat chekdi. Biroq uning 
yozishicha,  feministlarning isyon ko‘rinishidagi javobi "ko‘pincha boshpana va o‘zlariga 
hudud hozirlash imkoniyatini ham barbod qiladi. Biz qanday qilib ayollarga ayricha 
boshpana va hudud barpo etishimiz mumkin?" Bu savol islomga ham tegishlidir; biroq 
Grirning javobi odamning ensasini qotiradi va befoyda bo‘lishi ham mumkin. U ham 
Levinas
[170]
 singari sevishda inqilobni, o‘zaro murosaga asoslangan "ijtimoiy va 
madaniy rang-baranglik»ni, imo-ishora va jinsiyatning yangi tilini, erkaklar ayollarning 
bo‘lakcha tabiatini qayta baholashi kerakligini talab etadi.  
Uning, jinslarning o‘zaro tafovutiga oid yangi molekulyar genetik tadqiqotlar tufayli 
bo‘lsa kerak, erkak mijozining o‘zgaruvchanligidan tushkunlikka tushishining kuchayib 
borishi haqidagi qarashlari zo‘rma-zo‘raki fikrlashga o‘xshab ko‘rinadi va u haqiqiy va 
o‘zaro ko‘ngil yaqinligi uchun kerak bo‘lgan kun tartibidagi masalalarning bittasidan 
ortig‘iga yaramaydi. Biroq biz uning tashxisida ancha istiqbolli yechimlar kalitini 
topishimiz mumkin. Buni uning o‘zi juda-juda istaydi. Uning qayd etishicha,  «bizning 
jamiyatlar erkaklar-o‘zlarining-orasida (l'entre-hommes) tushunchasiga asoslanadi. 
Ushbu tartibga ko‘ra, ayollar "tarqoq va quvg‘in atomlardir". Ammo u o‘z e'tiboridan 
soqit qilgan raqib madaniy iqtisodiyot ham bor.  
An'anaga ko‘ra, islomning ijtimoiy makoni, avvalo, l'entre-hommes, ya'ni oq kiyimdagi 
erkaklar tomonidan qurilgan va sub'ektlashtirilgan - shaxslantirilgan. Qora kiygan ayollar 
esa garchi mavjud bo‘lsa-da, mavjud emaslik, ya'ni hurmatli mehmon maqomidadir. 
Ibtidoiy va muayyan ma'noda shariat qardoshligi namunalariga asoslangan islom 
jamiyatini ayollarni "tarqoq va quvg‘in atomlar" maqomiga tushirib qo‘ygan deb 
bo‘lmaydi. Entre-femmes (ayollar-o‘zlarining-orasida) degan qoidaga parallel 
makon, muqobil ma'no va mazmun saltanati mavjuddir, u yerda erkaklar mehmondirlar, 
u tashqi ko‘rinishidan entre-femmes  bilan mos tushadi, biroq aslida ayollar o‘rtasida 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
do‘stona munosabatlar, ya'ni nos semblables
[171]
ni  hurmat qilishi uchun makon 
yaratadi. Bu modern va postmodern sharoitlarida o‘ta taqchildir. Va bu Irigaray taklif 
etayotgan ayollar gomoseksualizmi - lesbianizm akademiklari xomxayolidan ko‘ra 
insonlarcha samimiy   va nafisroqdir. 
Irigaray ayni paytda ba'zi italyan feministlari orasida urf bo‘lgan yangi institut - qurim 
affidamento
[172]
ni tavsiya etadi. Bu atama faqat erkaklarniki bo‘lgan va keskin 
ijtimoiy makondan bemalol ayollar jamiyati ichiga chekinish yo‘llarini axtaradi. Muallif 
nazdida, bu «biz uchun ehtimol tutilgan va yashash uchun mos kelajakni asrayotgan 
boshqa bir madaniyat, ya'ni tarixiy yuzi hali bizga notanish bo‘lgan madaniyat ramzidir». 
Uning tasdiqlashicha, kurashlar va ayollar guruhlarining umumiy salbiy tajribasi shundan 
dalolat beradiki, affidamento hujayralari ayollarning erkaklardan ayricha ulkan va 
barqaror birdamligini yaratish uchun o‘zaro qo‘shilib ketish imkoniga ega emas. Ammo 
ba'zi bir mahalliy, norasmiy ayollar tashkiloti ularga o‘ziga xoslik andozalarini berishi 
mumkin, ularni esa qismlarga bo‘lib yuboruvchi modernizm inkor qiladi.  
Islom entre-femmesini bir qancha antropologlar tadqiq qilgan. Chantal Lobato afg‘on 
qochqin ayollariga oid tadqiqotida ular hayotining samimiyligi va opalarcha boyligini 
maqtash orqali har joyda hoziru nozir bo‘lgan g‘arbcha dunyoqarashni tuzatishga 
harakat qiladi. Uning yozishicha, ayollarning bunday makonlari ma'lum ma'noda ularning 
o‘zlari barpo etgan tafakkur, an'ana va rivoyatlar tizimini qamrab oladi
[173]

Hatto erkaklar hukmronligi yuqori darajada ekani kunday ravshan bo‘lgan sharoitda bir 
vaqtning o‘zida ham patriarxat, ham matriarxat ko‘rinishida zuhur bo‘ladigan jamiyatni 
qaysi bir antropologiya islomiy deb atashi mumkin? Ijtimoiy makon, avvalo, erkaklarga 
tegishli, ular bu makonni xususiysidan ko‘ra yuqoriroq qo‘yishi mumkin; ammo xususiy 
makonni ayollar ustun deb biladi, ular ijtimoiy makonni axloqiy va ma'naviy jihatdan 
shubhali deb hisoblashi ham mumkin. Binobarin, musulmon  urf-odatlarining tavsifini bir 
so‘z bilan  erkin mashg‘ulot desa bo‘ladi. Erkaklar ko‘pincha ayollar xususida siyqa fikr 
yuritadi; ammo ayollar erkaklar va hatto ularning shodon loqaydligi bilan bog‘liq 
munosabatlariga ham parvo qilmaydi. Ular: «Erkaklarni kim ham bilishi mumkin?» 
deyishga haqli. Erkaklar nuqtai nazariga ko‘ra, ularning patriarxal erkinligi noto‘g‘ri 
emas. Ayollarga yetarli baho bermaydigan ushbu hadis asosida mulohazalarni 
tasdiqlash, shuningdek, ushbu manzarani tasdiqlagan holda  unga nisbiy deb qarash 
ham  mumkin. Ehtimol, aynan shu o‘rinda biz Jilligan loyihasining amalga oshayotganiga 
guvoh bo‘lib turgandirmiz, u muzakkar nazariyalari "haqiqati"ni boshqa "haqiqatlar" 
bilan qarama-qarshi qo‘yadi. Shunday qilib, Jilligan o‘z perspektivasi - ko‘rimi uchun 
da'vo qilayotgan haqiqat xuddi ustuvor tushuncha "haqiqati" o‘sha ko‘rimga daxldor 
bo‘lgani kabi, nazariy ko‘rimning qamrovidagi haqiqatdir"
[174]
.  
Musulmon jamiyatlari hozirgi sharoitda makon va tafakkur nuqtai nazaridan turli 
qutblarga mansub bo‘lgan ushbu an'anani qanday yuzaga chiqarishi mumkin? Ochig‘ini 
aytganda, uning aksariyat musulmon jamoalaridagi hayotiy voqeligi kulgili ahvolda va 
bu hol erkaklarning mensimasligiga sabab bo‘lmoqda. Biroq Irigarayning bugungi 
umumiy maydon xususidagi g‘ayrishuuriy qarashi uning  yashirin imkoniyatlari haddan 
ziyod samarador ekanini namoyish etmoqda, deyishim mumkin. Agar  biz Lakanning 
fikrlash tarzida masjidni to‘g‘ri chiziq xossasi
[175]
 deb bilsak: erkaklarning to‘g‘ri chiziqli 
barmog‘i  aql bovar qilmaydigan xudo - minoraning jamoatchilik og‘zidan qo‘ymaydigan, 
valilarning aylanalar - Lakanning ayollar deb biladigan noli - bilan ihota qilingan 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
ibodatxona yoki uyda nishonlanayotgan mavlud marosimi - to‘g‘ri chiziqqa  yuzlanadi; 
ularning ichki olami mehrob (ayni paytda minoradan farqli o‘laroq, ibodatxonada yoki 
masjid) da zuhur bo‘ladi. U holda biz tenglikni qayta tiklashni masjidda bajariladigan 
diniy amallarni keskin isloh qilish orqali emas, aksincha, ayni paytda nafratlanish 
darajasiga tushib qolgan ibodat joyi: ibodatxonani qayta tiklash va obro‘sini ko‘tarish 
orqali amalga oshirishimiz mumkin. Yaqinda ijtimoiy fanlardan antropologiya (Klifford 
Girtz) va matn sharqshunosligi (Jon Renard) sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar so‘fiylikni 
somiy «transtsendentalizmi»ning zamonaviy vahhobiylik mutaassibligi bilan klassik 
sharqshunoslik qarashlarining kuchli ittifoqidan asrab qoldi va uning tarixiy 
markazlashuvi musulmon taqvodorligi asosida kechganini aniqladi. Ko‘plab feministik 
tahlillar - shular qatoriga Laylo Ahmadning tahlili ham kiradi - rasm-rusumlarga 
asoslangan din normativdir, degan tushunchadan kelib chiqadigan, masjidda diniy 
amallar bajariladigan payt orqada turadigan ayollar muqarrar hukmning qurbonlaridir, 
degan G'arb va xristian taxminlaridan olingan xulosa bilan bizning ko‘z qarashimizni 
noto‘g‘ri talqin qiladi.  
Tasavvur ekranini so‘fizm va unga hammaslak bo‘lgan mashhur diniy tariqatlarni kiritish 
uchun kengaytirsangiz bormi, islomning klassik ko‘rinishlari ming bir joziba bilan paydo 
bo‘la boshlaydi. Imomning klerikal va avtoritar maqomi va erkak zotining normativ 
fiqhdan kelib chiqadigan ijtimoiy qiyofasiga oid yevrotsentrik qarashlar o‘rta asrlarda 
yashagan musulmonlar aksariyat hollarda nazariy jihatdan, ko‘pincha amalda ayol kishi 
bo‘lmish so‘fiy shayxning ta'siri va yo‘lboshchiligida yashagani haqidagi dalillar bilan rad 
etilishi kerak. 
Jinsni boshqacha tushunish borasidagi diniy qarashlarning tarmoqlanib ketishi jinsiyat 
mubohasasiga borib taqaladi. Inson otliq mavjudot birlikda yashaydi, mavjudotning 
ma'naviy mohiyati jinsga borib taqaladi va shu sababli har bir jins dahosini boshga 
ko‘tarish islomga xos xususiyatdir. Rasululoh (s.a.v.)ni bevosita xuddi shu nuqtai 
nazardangina tushunish mumkin: uning jasorati birligi va binobarin, qudsiyligi 
namoyishidir. Uning ayol zotini, zavjayi muhtaramalarini boshiga ko‘tarish odati 
Sulaymon va boshqa yahudiy donishmandlari, hatto Krishnaning jasoratini esga soladi. 
To‘laqonli hayot kechirish orqali ul zot Alloh taolo farz qilgan nasl qoldirish odatini qabul 
qildi va uni muqaddaslashtirdi. Qonunlar ijodkori bo‘lmish Rasulullohning yakka o‘zi 
uchun yaratgan xasois - xususiyatlar (ularni Suyutiy o‘zining "Al-xasois al-kubro» 
asarida bir-bir sanab o‘tadi) uning axloqiy printsiplarga rioya etishida qattiqqo‘lik 
bo‘lishini talab etar, ammo ummatlari bundan ozod qilingan edi. Tahajjud ibodati unga 
majburiy bo‘lsa, boshqalar uchun ixtiyoriy edi. Oddiy musulmonlardan ertalabdan 
kechgacha ro‘za tutish talab etilgan bir paytda uning 24 soat yoki undan ham ko‘proq 
vaqt ro‘za tutish (o‘tar ro‘za - savm ul-visol) ga haqqi bor edi. Uning xos xususiyatlari 
asosan o‘zini har narsadan tiyishday qattiqqo‘llikdan iborat edi, ularning orasida 
ekspansiv ko‘pxotinlilikni ham ko‘rishimiz mumkin. Ba'zi bir xotinlari (Savdo, Umm 
Habiba, Maymuna) ning yoshi ul zotnikidan kattaroq bo‘lgani hami rost; Rasulullohning 
ularga uylanishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahmdillik va siyosiy donishmandlik natijasi deb 
qarash kerak; biroq uning boshqa xotinlari ancha yosh edi. Rasuli akrom bunday 
ko‘pxotinliligi bilan tanaga qarshi xristiancha urushning tugaganiga ishora qilar va 
yahudiy payg‘ambarlari e'lon qilgan  jinsiyatning muqaddas qadriyatini tasdiqlashdan 
charchamas edi.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
Ul zotning jang maydonidagi jasoratini ham bu fazilatlaridan ajratib bo‘lmaydi. 
Payg‘ambarimizning ma'naviy kamtarligi uning qahramonligi bilan chambarchas 
bog‘lanib ketgan ediki, bu holning Yevropada misli yo‘q: oila qurmagan templar
[176]
 
ham, Kalatrava
[177]
 ritsarlari ham bu borada u bilan tenglasha olmaydi. Ammo uning 
bu fazilati  Krishnaning muqaddas jangchiligi xususiyatlari yoki o‘rta asrlar 
Yaponiyasining bushido
[178]
si bilan hamohang keladi. Samuraylar etikasi meditativ 
sokinlik, harbiy ustunlik va ayol bilan o‘zaro  muhabbatni o‘zida mujassam etadi; 
erkaklikning ta'sirchan ifodasi bo‘lgan bu hol shaxsiy namuna hisoblansa-da, aksariyat 
yevropaliklarga  sunnatning juda uzoq va qo‘l yetmaydigan o‘lchovi bo‘lib ko‘rinadi.  
Bu bizni boshqa bir masala sari yetaklaydi. Feministlarning ta'kidlashicha, dastlabki 
xristian nikohsizligi inson tanasini dahshatli qiynoqlarga duchor etganki, Tertullian
[179]
 
so‘zi bilan aytganda, ayollar «shaytonning darvozasi» bo‘lgan. Bu hol «Uylanish - 
mening sunnatim, kimki mening sunnatimni bajarmasa, u mening ummatim emas», 
degan hadis tufayli islom madaniyatida chuqur ildiz otmadi. Nikoh qadr-qimmatining 
ortishi ayollarning o‘rnini zimdan yuksaklarga ko‘tarishga olib keldiki, cherkov otalari 
bokira mukammallikni afzal bilish orqali uni hal etib bo‘lmaydigan muammolar sirasiga 
kiritib qo‘ydi. Yana shunisi ham  haqiqatki, nikohsizlikni himoya qilish ba'zi bir ikkinchi 
va uchinchi avlodga mansub musulmon tarkidunyochilari orasida ham urf bo‘la boshladi, 
ulardan biri Abu Sulaymon ad-Daraniy: «Kimki uylansa, dunyo darajasiga tushgan 
bo‘ladi", deyishgacha borib yetdi. Biroq bunga o‘xshash  hissiyotlarga eng dastlabki 
tarkidunyochilik muhitida yo‘l berilar edi. Top Andre to‘g‘ri ko‘rsatib berganiday, 
nikohsizlikning urf bo‘lishi xristian monastirlarining ta'siri edi, uni keyinchalik normativ 
so‘fizm oqimi oqizib ketdi. Islom taraqqiy etgan o‘rta asrlarda qudsiylik va nikohsizlik 
birligini tasavvur etib bo‘lmas, xudoga intilganlarning juda oz qismigina oila qurmas, Ibn 
Taymiya esa nodir istisnolardan biri edi. 
Qadriyatlar tadriji yana xristianlikning dastlabki paytidagi vaziyatga o‘xshab ketadi. 
Olimlarning kurashlarda necha marta burni qonagan dalili, ilk xristianlarning paydo 
bo‘lishi ayollarning maqomini yaxshiladimi yoki yerga urdimi, qabilida bahs yuritadi. 
Piter Braun va ko‘plab feministlar, yerga urdi, degan qarashga moyildir. Ven 
Vizeringtonning kuzatishicha, keyingi Injil materiallari (Luka, Acts) ayollarning qadr-
qimmatini oshirish,  dastlabki xristianlar munosabatlarini shakllantirgan  ravvinlar (va, 
binobarin,  payg‘ambarlardan so‘nggi) me'yorlaridan qochishni himoya qilib chiqqan edi.  
Ammo Iso vahiyga, xususan, uning rahmdillik tarzida talqin etishga sodiq yahudiy 
payg‘ambar edi, shundan kelib chiqqan holda Iso jamoasi hayotining dastlabki paytlarida 
ayollarni yoqlovchi imkoniyatlar mavjud bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin. O'sha jamoa 
undan oldin mavjud bo‘lgan ellinlarning ayollarga nafrati ta'siri ostida parokanda bo‘lib 
ketdi. Pavel nomalarining ba'zi bir mualliflari ellinlarning ayollarga nafratini, Mishel Fuko 
«Jinsiyat tarixi»ning 2-jildida ko‘rsatib berganiday, sir-sinoatli dinlardan olgan. 
Islomning ijtimoiy tarixida   ham shunga o‘xshash zanglash holati ro‘y berdi, deyish 
mumkin. Biroq, tanqidiy ko‘z bilan qaraganda, bu holat kichikroq bir miqyosda bir necha 
sabablarga ko‘ra ro‘y berdi, shu bois unga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak 
bo‘ladi.  
Birinchidan, yuqorida zikr etilganiday, muqaddas bitiklarning erkak jinsini ilohga olib 
borib bog‘lashini inkor qilish ayollarga bo‘lgan nafratning bahs talab qilmaydigan asosiy 
an'anasidan mahrum qildi.  Ismlar doktrinasi har bir mavjudotning juft qilib yaratilgani 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling