Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
Na ko‘rar biror ko‘z, na muslim tili 
Uning rivoyatin so‘zlamay qolmas. 
Kimki cho‘qinmasa, boshiga qilich 
Solinar bir kuni, qutulolmaydi. 
Avliyo bolaga kimki cho‘qinsa, 
Nasoro bo‘ladi  va xochli bo‘lar, 
Birodar singari qutlanadi u. 
Muslimlar uyiga o‘tlar qo‘ydik biz, 
Kuyib, kunpayakun bo‘ldi barchasi, 
Shayton malaylari qolmaydi omon! 
Setinyedan musulmonlar ko‘p bo‘lgan 
Cheklitchega shoshib ravona bo‘ldik; 
Ba'zilarin tikkalayin so‘ydik biz, 
Hammasining uyi lovullab yondi, 
Katta-kichik masjid qolmadi omon, 
Barining o‘rnida kultepa qoldi - 
Nafratlanmog‘iga uni ko‘rganlar. 
[414]
 
Serbiyaning millatchilarni xursand qiladigan, liberallarni tashvishga soladigan ushbu 
milliy epik poemasi pati yulingan tovuqqa o‘xshab qolgan Yugoslaviya maktablarida 
o‘qitiladi va e'zozlanadi
[415]
.  
Uzoq Sharqda rus, xususan, kazaklarning musulmonlar hukmronlik qilgan Volga, Sibir va 
Kavkazdagi yerlarni tortib olish xususidagi rivoyatlari haliyam og‘izdan-og‘izga o‘tib 
yuradi. Ular tatarlarga qarshi shafqatsiz kurashchi Ivan IV Grozniy va tatarlar ustidan 
g‘alaba qozonish uchun tunu kun ibodat qilgan va qurdirgan monastiri Rossiyadagi eng 
katta ibodatxonalardan biri bo‘lgan, "Rossiya me'mori" rodonejlik avliyo Sergiy singari 
shaxslar tufayli o‘sha rivoyatlar butun millat iftixori ramziga aylanib ketdi. "Dmitriy 
Donskoy balladasi" rus adabiyotining tamal toshini qo‘ygan adabiy asarlar qatoriga kiradi 
va islomga qarshi urush ochishning yangi Vizantiyacha da'vatidir. U ruslarning milliy 
o‘ziga xosligi poydevorini qo‘ygan muqaddas ziddiyat hissini aks ettiradi
[416]
. Bu asar 
mazmuni va ohangiga ko‘ra, "Vseslav" epik dostonidan farq qilmaydi: 
Kattadir, kichikdir, omon qo‘ymangiz, 
Ular saltanatda urchib ketmasin. 
Faqat tanlab oling ba'zilarini, 
Oz ham emas, ko‘p ham emas, yetti ming - 
Huriliqo sanam qolsalar bo‘ldi
[417]
.  
Rossiya keyinchalik ispan inkvizitsiyasini rivojlantirishga kirishib, uning ba'zi bir pozitsiya 
- turimlari va usullarini o‘zida joriy qila boshladi
[418]
.  
Frantsiyada esa tarixchi Fernan Brodel (1902-1985) Puatye jangining "choc 
éléctrique»
[419]
 frantsuzlar milliy o‘ziga xosligi shakllanishining muhim lahzasi 
sifatida le vraie premiere croisade
[420]
 bo‘ldi.  Islomga qarshi o‘z taqdirini o‘zi 
belgilashdagi mana shu va boshqa Karoling
[421]
 lahzalari «Yevropaning 
tug‘ilishi»
[422]
ga olib kelgan Frantsiyaning muhim milliy epik dostoni «Rolan haqida 
qo‘shiq»da juda yaxshi tasvirlab berilgan.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
Hatto islom dunyosi bilan umumiy chegarasi bo‘lmagan Germaniyada ham mana shu 
qarama-qarshilik ta'sirida shakllangan dunyoqarash namoyon bo‘la boshladi. Bunga 
sabab dastlab Falastinda harbiy tariqat sifatida paydo bo‘lgan Tevtor ritsarlaridir. Ular 
1268 yili Quddus yaqinidagi Starkenberg qal'asidan ayrilgach, nemislarning buyuk 
drang nach Osten
[423]
 sagasiga o‘zlari Suriyada o‘rgangan harbiy texnologiyasi va 
salib yurishi pozitsiyasi - turimi tafsilotlarini kiritdi. Ritsarlarning buyuk ustalari kelib 
chiqishi jihatidan ma'jusiy prussiyaliklar va shimollik sarasen
[424]
larga borib taqaladi; 
Desmond Zevard ko‘rsatib berganiday,  Tevtonlar ordeni hududlarining doimiy 
vahshiyliklar oqibatida sharq tomon kengayib borishi Autremer
[425]
ning issiqxona 
muhitida yaratilgan mutlaq diniy munosabatni o‘zida aks ettiradi
[426]
.  
Uchinchi reyxning  drang nach Osten loyihasini qayta tiklashini musulmonlarga qarshi 
salib yurishining merosidan boshqa narsa deb tushanish mumkin emas. Kerak bo‘lsa, 
Lyuftvaffening ramzi Tevton ritsarlarining xochi  edi. Es-eschilarning etnik xaritani qayta 
tuzishi ritsarlarning o‘z ordeni hukmronlik qilgan yerlarda yuritgan siyosati haqidagi 
romantik xotira bilan bog‘liq. Bu siyosat musulmon aholini boshqarishda salibchilar  
usullaridan foydalanar edi. albatta. Gitlerning o‘zi xristian emasdi, ammo o‘z va'ziga 
quloq solganlarni salib yurishi sarasenlarga qarshi so‘zamolligi bilan ilhomlantira bilar 
edi. U o‘zining 1937 yili Nyurnberg qurultoyida qilgan ma'ruzasida "bir-biriga dushman 
bo‘lgan natsional-sotsializm va bolshevizm Weltanschauungen
[427]
 o‘rtasidagi 
to‘qnashuvni xristianlik bilan musulmonlik o‘rtasidagi to‘qnashuvga qiyoslagan 
edi»
[428]

Buning mutlaqo teskarisi bo‘lgan Britaniya milliy rivoyati islomga qarshi tarixiy, 
armageddon
[429]
simon kurashga kirishuvchi unsurlardan tarkib topmagan. Ketlin 
Reyne ko‘rsatib berganiday, «Britaniya masalasi» Artur afsonalari
[430]
 va, unchalik-
ma'jusiy-bo‘lmagan  Muqaddas jom
[431]
ni emas, unchalik-xristian-bo‘lmaganlarni 
axtarishdan kelib chiqqan. Meloridan Valter Skottgacha bo‘lgan Persellning "Qirol 
Arturi"da, Jon Kauper Pouisning "Porius"ida, E.Uayt (va Britten)ning "Tosh ichidagi 
qilichi"da va son-sanoqsiz mahalliy hikoyalarda Artur haqidagi afsonalar turkumi 
Britaniya epik poemalar yaratishga juda yaqin kelgan narsa deb ta'riflanadi
[432]
, u 
yerda musulmonlarga qarshi juda kam gapiriladi yoki umuman gapirilmaydi. Ushbu diniy 
rivoyat o‘ziga xoslikka oid emas, ezoterik - sirli  ramzlarga to‘la: davra stoli burjdir, u 
qirolning falak ostidagi hukmronligini anglatadi, ushbu ramz O'rta Sharqdan kelib 
chiqqan bo‘lsa ajab emas. Afsonalardagi axloqiy nekbinlik, (shohning o‘z jiyani) 
Mordreddan mag‘lubiyatga uchralgan fojiaga qaramasdan, dinning inglizlarga xos 
xususiyatini bexato ko‘rsatib turadi. Artur halok bo‘lmaydi, uyquga ketadi. U o‘z 
podsholigida adolatni qaytadan qaror toptirish uchun yana qaytib keladi; u xaloskor 
shaxsdir, ehtimol, ko‘zdan yashirin imom bo‘lishi ham mumkin. U bu bilan uyqudagi 
kelib chiqishi ismoiliy bo‘lishi mumkinligi ehtimol qilinayotgan Kristian Rozenkreyts 
haqidagi rozikrutsianizm (Yevropada 17-18-asrlarda ezoterik donishmandlikka 
bag‘ishlangan harakat) afsonalarini esga tushiradi.  
Britaniyaning milliy o‘ziga xosligi islomga muxolif pozitsiyada - turimda shakllanmagan, 
deyish bilan Britaniyadagi musulmonlarning o‘ziga xosligi va boshqalar bilan birga tinch-
totuv yashashining kelajagi haqida osoyishta nekbinlikka berilmoqchi emasmiz, 
aksincha, Britaniya va islom narratsiyalarining qalin munosabatlariga an'anaviy milliy 
o‘ziga xoslik tarkibining asosiy  omillari xalal bermasligini aytib o‘tmoqchimiz. 
Britaniyaliklarga, ko‘proq inglizlarga xos muhojirlarni yoqtirmaslik va irqchilik hissiyotlari 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
islomga emas, irland va mahalliy amerikaliklarga qarshi olib borilgan Styuart janglari 
chog‘ida paydo bo‘lgan edi.  
  
*        *        * 
Biz  mamlakatning o‘zi haqidagi tarixiy rivoyatlarda  islomga nafratni ifodalovchi 
mavzularning yo‘qligi xususida ba'zi bir mulohazalarimizni bayon etar ekanmiz, e'tiborni 
ayni paytdagi Britaniya islomi ichidagi tangliklarga qaratishimiz va bu dinning Birlashgan 
qirollikning tarixiy o‘ziga xosligi va, xususan, uning diniy to‘qimalariga kirib borishi 
jarayonini to‘g‘ri baholashimiz kerak bo‘ladi.  
Islomning Buyuk Britaniyada mustahqam o‘rnashishi musulmon mamlakatlarida 
an'anaviy sunniylikka qarshi kurash boshlangan paytga to‘g‘ri keldi. Hozir islomning 
boshiga Eamon Daffi «mehrobni shilish» deb atagan hol tushgan. Biz buni islomning 
hozir qo‘l urilayotgan  islohoti deb atasak  ham bo‘ladi. Xuddi Lotin g‘arbidagi 
Reformatsiya singari, bu islohot ham transtsendentlik (g‘ayrishuuriy narsa)ning 
immanentlik (tabiiylik) ustidan hukmronligini o‘rnatishni maqsad qilib olgan. 
Avliyolarning qabrlari buzib tashlanmoqda. Ayni paytda tabiblar, vositachilar, tumor 
sotuvchilar va ruhoniy brokerlarning faoliyati shubha ostiga qo‘yilmoqda, buni oldingi 
avlod tasavvur ham qilolmas edi. Jazoir  qishloqlarini ziyorat qilganlar ufqdagi go‘zal bir 
o‘zgarishni ko‘rishlari mumkin. Afrika islomi asta-sekin janubga tomon siljib, Afrikadagi 
islom diniga aylanib bormoqda
[433]
.  Mahalliy qoloqlikning  ko‘hna qoliplari R.Robertson 
"glokallashuv" deb atagan narsa, ya'ni olis masofadagi (bu holatda arab) me'yorlarning 
ma'lum bir hududda o‘zlashtirilishiga yo‘l bermoqda; bu "chet elga borishni istaydigan, 
ammo uyini tashlab ketishni istamaydigan sayyoh uchun pillapoyadir"
[434]

Britaniya musulmonlari bepoyon islom dunyosining bir bo‘lagini tashkil qiladi, binobarin, 
ular ham ushbu tamoyillardan chetda turishi mumkin emas. Ularning Buyuk 
Britaniyadagi boshqa jamoalar bilan ahil va inoq birga yashashi uchun zarur bo‘lgan 
narsalarni aniqlab olish kerak bo‘ladi. Keksa avlod hurmat qilgan ulamolar uchun chet el 
bo‘lgan bu yerda G'azzoliy ulgi olish kerak bo‘lgan zotdir; yoshlarning aksariyati uchun 
uning o‘rnini Ibn Taymiya egallab olgan. Eskilar xristianlar
[435]
 hamda fiqh va 
amaliyotning shofiiycha talqiniga hurmat nazari bilan qaragan. Bu hol ularga mahalliy 
urf-odatlar bilan yangi amaliyotlarni o‘zaro moslashtirishga imkon tug‘dirgan va 
shariatning xuddi shu tarzda bir to‘xtamga kelingan ko‘plab ahkomlarini taftish qilishga 
ommaning qiziqishini oshirishga yo‘l berish bilan  musulmonlarning ijtimoiy va fiqhiy 
an'analarining moslashuvchanligiga kafolat bergan
[436]
. O'zining jiddiy xavf-xatar 
paytida "urush ilohiyotshunosligi"
[437]
ni yozgan Ibn Taymiya faol aksil-xristian bo‘lib, 
islom jamiyatini sof ko‘rishga oid qarashlarida uni tashqi qo‘shimchalar
[438]
dan jon-
jahdi bilan himoya qiladi. Jamiyatshunoslar musulmonlar bilan xristianlar o‘rtasida, 
deylik, Indoneziya yoki Nazaret va yoki Sudanda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasi 
o‘laroq yuzagan kelgan tanglikning kuchayib borishini o‘zlaricha talqin qilishni 
yoqtirishadi, ammo ularning bu qarashi haqiqiy vaziyatga unchalik mos kelmaydi. 
Mazkur holat keyingi yillardagi islom dunyosiga oid g‘arbcha talqinning, u 
universitetlarga asoslanadimi, yoki idoralargami, bundan qat'i nazar,  ulkan xatolaridan 
biri ro‘y berayotgan voqealarning markazida ilohiyotshunoslik turishini tan olishni 
istamaslik bo‘ldi. Kamdan-kam  kishilargina Germaniyaning 16-asrga oid tarixini 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
xristianlarning muqaddas ilohiyotshunosligi va ekklesiologiya
[439]
sini bilmay turib 
tushunish mumkin deb o‘ylaydi.  Boz ustiga, islom dunyosi xususida bahs yuritilganda 
milliy dunyoviy aslzodalarga qarshi "mutaassiblar" yoki "islomchilar" degan qo‘pol 
atamalar ishlatiladi. Aslida bunday kategoriyalar o‘ta darajadagi kaltabin ilmiy, siyosiy 
va ommaviy axborot vositalarining yanglish tahlilida tez-tez ko‘zga tashlanadi. Odatda, 
keskinlik ikki qutbli emas, uch burchakli bo‘ladi. Uning tarkibiga G'arb modernizmi, 
an'anaviy madaniylashgan islom va transtsendental islomizm o‘rtasidagi muzokaralar va 
bir-birini inkor qilish kiradi.  
Nafaqat xristianlikka, qolaversa, islomning immanentlik
[440]
 ma'lumotlariga, xususan,  
atrofdagi madaniyatlarning xatolarini qabul qilishga tarixiy jihatdan o‘ta moyil bo‘lgan 
tasavvufga qarshi bo‘lgan, shovinizmni esga tushiruvchi yangi trantsendentalizm
[441]
 
islomning ahvolini ko‘rsatib berishda muhim ahamiyatga ega, bundan Britaniya islomi 
ham mustasno emas. Qohiradagi Al-Azhar universitetida ta'lim olayotgan turli 
millatlarga mansub  masjid xodimlari o‘z mamlakatlariga xushmuomala xizmatchi bo‘lib, 
Madina yoki Riyodda ta'lim olganlar esa  ko‘pincha munozarachiga aylanib qaytadi. Misr 
ta'limi G'azzoliy ta'limotiga asoslangandir. Shahardagi sharoitga xristian va 
g‘arblashtiruvchi omillarning, shuningdek, ommaviy xudojo‘ylikning  mavjudligi bilan 
erishilgan. Madina yoki Riyoddagi din ta'limi esa Ibn Taymiya (ta'limoti)dan olingan va, 
asosan, raqobatga moyildir. Keskin tafovutga e'tibor bering: G'azzoliy izdoshlari 
moslashuvchan va kechirimlidir, Ibn Taymiya izdoshlari  esa, duragaylashuv gunohdir, 
degan qat'iyati bilan talabni yuqori qo‘yadi
[442]
.  
Vahhobiylik Britaniyada ham tobora ildiz otmoqda. Bu yerda Ibn Taymiya qarashlarining 
eng ziddiyatli jihatlari muhokama qilinmoqda. Bu al-vala' val-bara', ya'ni faqat 
tayinlangan imomga sodiqlik; inson qo‘li bilan yaratilgan har qanday hokimiyat inkor 
qilinadi, degan aqidadir. Xristianlar va boshqa kitob ahli, aynan o‘sha imom qo‘l ostida 
bo‘lishiga qaramasdan, vahiy himoyasi - zimmaga ega emas
[443]
.   
Ushbu satrlar muallifi Birmengemdagi kichik bir masjidda saboq berayotgan paytda zikr 
etilgan qarashning yoyilib ketganidan xabar topib qoldi. Bir vahhobiy yigit kaminadan: 
"Agar men musulmon mamlakatida bo‘lsam, Britaniya sayyohlarini o‘ldirishim mumkin, 
agar musulmonlarga zarar yetkazadigan xavf tug‘ilsa ham shunday qilishim mumkinmi", 
deb so‘rab qoldi. Albatta bu savolning an'anaviy sunniylikka aloqasi yo‘q; ammo 
vahhobiylikning ba'zi bir ekstremistik tarmoqlarida real mazmunga ega.  Misrdagi 
sayyohlarga qilingan hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan jamoat, o‘z 
aqidasiga ko‘ra, haqiqiy vahhobiylardir
[444]
.  
Al-vala' val-bara' aqidasi yangi aksilimmanentizm (vahhobiylik)ni me'yoriy an'anaviylik 
(sunniylik)dan ajratib turgan ko‘rfazning miqyosini va xarakterini ko‘rsatib beradi. 
Keyingi atamalarni Mavritaniyaning mashhur molikiy olimlaridan biri shayx Abdulla ibn 
Bayya o‘zining Kaliforniyada o‘qigan ma'ruzasida tilga olgan edi. Bin Bayya ma'ruzasini 
eshitish uchun yig‘ilgan amerikalik musulmonlarga qarata: "Ushbu zaminda istiqomat 
qilayotgan musulmonlar va hokimiyat o‘rtasidagi munosabat tinchlik va shartnomaga 
asoslangan munosabatdir. Bu o‘zaro muloqot hamda oldi-berdi  munosabatidir [...] 
O'zlaringiz yashayotgan zamin qonunlarini hurmat qilish muhim ahamiyatga egadir". 
Shayx klassik fiqh musulmon bo‘lmagan qo‘shnilar bilan tinch-totuv va o‘zaro hurmat 
asosida yashashni talab etishini, hatto ibodat vaqtini o‘zgartirish, jamiyatdagi va ish 
joyidagi islomning o‘zaro integratsiyasiga yordam berish singari fundamental diniy 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
aqidalarga ham o‘zgartirishlar kiritishga izn berishini tushuntirishdan to‘xtamadi. U o‘z 
so‘zida davom etadi:  
Biz o‘zimizga jamoa sifatida xos bo‘lgan narsalarni asrashimiz, biroq  o‘zimizga xos 
bo‘lmagan, ammo bizga ham tegishli  umuminsoniy narsalar borligini tan olishimiz kerak 
[...] Biz ildizlarimizni asrashimiz kerak. Bizning diniy ildizimiz chuqur, lekin shu bilan bir 
vaqtda o‘zimiz ham dunyoga ochiq bo‘lishimiz kerak
[445]
.  
An'anaviy sunniylikning boshqa din vakillari bilan birga yashash va moslashishga izn 
beradigan  huquqiy va ilohiyotshunoslik imkoniyatlari juda ko‘p tarixiy sharoitlarda 
namoyon bo‘lgan. Son-sanoqsiz misollar orasidan Polsha va Litvadagi ko‘hna musulmon 
jamoalarini ajratib ko‘rsatish mumkin; ular atrofidagi katolik muhitga shunchalik singib 
ketdiki, musulmonlar orasidan Polshaning ikki nafar milliy qahramoni yetishib chiqdi. 
Ulardan biri Jaloliddin bo‘lib, u 1421 yili Tannenbergda Tevton ritsarlariga qarshi 
kurashda Buyuk Knyazni qo‘llab-quvvatladi. Ikkinchisi esa marshall Jozef Pilsudskiy (vaf. 
1920 y.)dir. Uning vafotidan so‘ng Varshavadagi katta maydonlardan biri uning nomi 
bilan atala boshladi. Bu mintaqadagi islom o‘zini o‘rab turgan madaniyatga masjid 
me'morligi, parhez va yasan-tusan qilib kiyinish, diniy marosimlar chog‘ida polyak 
shovqinlaridan foydalanishda ko‘zga tashlanadigan keng miqyosdagi moslashish  
barobarida o‘z aqidalari va namoz o‘qishini saqlab qolayotganini isbot qilmoqda
[446]

Xitoy musulmonlari ham u yerdagi sharoitga moslashish barobarida sharoitni ham 
o‘zlariga moslashirib olishda bundan kam bo‘lmagan. Buni Yunnanning yuan etnik 
guruhiga mansub hokimi Sayyidi Ajall (vaf. 1279 y.) misolida ham ko‘rish mumkin. O'zi 
musulmon bo‘lgan bu kishi viloyatda ilk konfutsiylar ibodatxonalarini qurishga buyruq 
beradi va Xitoy madaniyatini yoyishga mas'ul bo‘ladi. U imperatordan "Sadoqatli va 
rahmdil" unvonini olishga muvaffaq bo‘ladi
[447]
. Xitoyda samoviy dinlardan birining 
vorislari deb tan olingan hui musulmonlari sochini o‘rib yurgan va Konfutsiyni 
payg‘ambar ham deb hurmatlashgan. Ularning musulmonchilik amaliyotidan xushbo‘y 
Xitoy atirlari anqib turar edi, lekin, umuman olganda,  dinning islom aqidalari muhofizlari 
tushungan umumiy talablarini bajarishda chetga og‘magan. Bu yerda ham, xuddi 
Polshadagi kabi yaxshi musulmonlar yaxshi fuqarolar ham bo‘lgan, ular o‘zlari yashagan 
jamiyatga yuksak darajada integratsiyalashuv barobarida assimilyatsiyaga yo‘l 
qo‘ymagan. Musulmonlarga xos bunday ijtimoiy integratsiya turli madaniyatlarda ro‘y 
bergan. U diniy Boshqa Vahshiy Pedro, Ivan Grozniy yoki manchjurlar timsolida ta'qib 
siyosatini yurgizgan paytlardagina barham topgan.  
Musulmonlarning bunday mahalliylashuvi ularning o‘ziga xosligiga bo‘lgan ishonchi va 
birovni siqib chiqarishdan ko‘ra, shoxlarini qirqib, serhosil qiladigan hamda  umumiy 
manfaat taqozosi bilan mahalliy o‘ziga xosliklar, mahalliy murosa yoki o‘sha joy 
aholisining musulmonchilikdan oldin paydo bo‘lgan deb taxmin qilinayotgan qonunlariga 
moslashish, yoki ularni o‘zlashtirishga imkon beradigan nozik yurisprudentsiya tufayli 
amalga oshadi
[448]
. Musulmon ilohiyotshunosligining asosiy aqidalari, ibodat shakllari 
va xususiy fiqhning fundamental sohalari bo‘yicha boshqa din vakillari bilan birga 
yashashni kafolatlash uchun kamdan-kam hollarda o‘zaro kelishuvga erishilmay qolgan. 
Shuning o‘ziyoq islomning universal din bo‘la olishi va mahalliy turmush tarzlarini  
rivojlantira olishi mumkinligini isbotlab beradi. Ayni hol to‘laqonli arablik sari tashlangan 
qadam bosqichi emas, aksincha, universallik va o‘ziga xoslikni muvozanatda tutib tura 
oladigan barqaror islomning mahalliy shakllaridir. Xalqona islom mohiyatan o‘tkinchi, 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
xato yoki (ba'zi bir sharqshunos mutafakkirlar idée fixe - tinchlik bermaydigan g‘oya 
tiqishtirayotganiday, «Oliy islom» qoidalari odamlarga hech qanday erkka imkoniyat 
qoldirmaydi) dinning asosiy aqidalariga qarshi  deb  emas,  ammo dinga xos bo‘lgan  
Allohning hamma narsadan ustunligini talqin qilish jarayonidagi teskari va cheklangan 
aqidani hamda  Qur'onning ilohiy immanentlik xususidagi oyatlarining joylardagi son-
sanoqsiz talqinlarini qo‘llab-quvvatlaydigan mahalliylashuv xususiyatlari majmui sifatida 
qaralishi mumkin. Ilohiy transtsendentlik
[449]
ka ummatlarning yo‘llari o‘zaro tutashuvi 
orqali erishiladi; ilohiy immanentlik esa doimiy va keskin nomuvofiqlik orqali tushuniladi. 
Masjid deyarli hamisha jomedir, ammo so‘fiylik birodarligi esa tekke, dargoh, yoki 
daotangdir, masjid (mehrobi) Makkaga qaratib quriladi, ammo biror avliyoning qabri 
ham darveshlar birodarligining mahalliy o‘ziga xosliklariga asoslangan faol yadrosi 
bo‘lishi mumkin. Me'yoriy islom, ya'ni bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng ommaviy 
islom, odatda, o‘zaro munosabatlari barqaror bo‘lgan yuksak matn an'anasi va keng 
miqyosli quyi an'analarga ega. Lamin Sanneh va V.S.Naypol singari kuzatuvchilarning, 
islom mahalliy o‘ziga xosliklarga yetarli darajada moslasha olmaydi, aksincha, ularni 
(sayr qilib yuruvchi mahdudlik, yoki hatto «arab imperializmi» sifatida) asta-sekin  
yo‘qota boradi
[450]
, deyishiga qaramasdan, antropologlar musulmonchilikning 
mahalliylashuv borasida ko‘p asrlar davom etishi mumkin bo‘lgan odatiy ehtiyotkorlik va 
o‘zaro bog‘liq jarayonlar orqali muvaffaqiyat qozonayotganini, biz harchand, haqiqiy 
jarayon faqat bir yo‘nalishda harakat qilishi mumkin, deb hisoblamaylik, ushbu 
muvaffaqiyat islomning mahalliy mohiyatga to‘la qo‘shilib ketishini anglatmasligini 
ta'kidlaydi. Masalan, Janubiy Hindistonda yashovchi bir etnologning fikrini olib ko‘raylik: 
Bizning tadqiqotimiz islomning tarqalishi, xususan, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda 
tarqalishidagi mahalliy shart-sharoit va jug‘rofiyaga o‘zining asosiy printsiplariga zarar 
keltirmagan holda   moslasha olishday xususiyati mavjudligini tasdiqlaydi. Bu - chekka  
joylardagi o‘zining asosiy printsiplariga xavf tug‘dirmaydigan mahalliy urf-odat va 
an'analarga imkon qadar moslashishdir. Bu - nafaqat  Karikal yoki Tamil shtati, 
qolaversa, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyodagi islomning muvaffaqiyatini ta'minlab 
bergan sir bo‘lsa ajab emas
[451]
.  
Men islomning Britaniyada bundan buyon qanday ildiz otishi yo‘llarini ko‘rib chiqar 
ekanman, men al-vala' val-bara' mafkurasining bu yerda taraqqiy etishiga 
ishonolmasligimni aytmoqchiman; ehtiyotkor aksilislohotning ba'zi bir ko‘rinishlari uning 
davom etishiga va, shubhasiz, ozchilikni tashkil etuvchi jamoaning birlashgan va 
xushmuomala hayoti uchun sunniylik islomi resurslarining sharoitga moslashishiga 
kafolat berishi mumkin.  
  
*        *        * 
Nihoyat, endi asosiy mavzuga qaytamiz. Men hayotning islomiy shakllari o‘z markazidan 
ko‘ra, olis joylarda ko‘proq moslashuvchan ekanini va bu hol tarix nuqtai nazaridan 
mohiyatan kamroq liberal bo‘lgan madaniyatlarda mahalliylashuv imkoniyatini va o‘zaro 
rivojlanishni ta'minlab berganini ko‘rsatib o‘tgan edim. Agar madaniy qurilmalar tanish 
bo‘lsa, Britaniya va islom narratsiyalarining juda elastik ekani oydinlashadi. Ayniqsa, 
islom narratsiyasi hududiy o‘zgaliklarga juda moslashuvchan ekanini namoyish qildi. 
Islom Britaniya diniy manzarasida o‘z qobig‘iga o‘ralib, begonalashib qoladimi yoki 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling