Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
ma'noda "inklyuziv", ya'ni hamma narsani o‘z ichiga qamrab olgan, deb bo‘lmaydi. 
Islomning tarixdagi ko‘p marta ro‘y bergan xaloskorlik interventsiyalari to‘g‘risidagi 
dalolatlarini hisobga olsak va agar biz "muslim" atamasini dinga e'tiqod qilish ma'nosida 
tushunadigan bo‘lsak, musulmon bo‘lmagan va "anonim musulmonlar"ga g‘amxo‘rlik 
qilishda ishtirok etishga zarurat yo‘qligi ma'lum bo‘ladi. Garchi Rasululloh pirovardida 
ularga najot, o‘zlari amal qila oladigan darajada Allohga  ibodat qilish yo‘lini topib bersa-
da, bu Muhammad shaxsidan "anonim tarzda", ya'ni ontologiya yo‘li bilan emas, 
aksincha, tabiiy ilohiyotshunoslikdan, ularning o‘z din asoschilaridan yetib kelgan 
ta'limotlar orqali, ya'ni epistemologik yo‘l bilan  hosil bo‘ladi. O'sha dinlarning 
yo‘riqnomalari yo nasx qilingan, yoki yo‘q bo‘lib ketgan, ammo ularning xudoning birligi 
va odilligiga oid umumiy ta'limotlarini Ul zotning mavjudligi va tabiiy tartibning 
afzalliklari haqida xulosa chiqarish yoki uni mustahkamlash  uchun esga olish mumkin. 
Ular musulmonlar emas, ammo ilohiyotshunoslar aytmoqchi, musulmonlar qatorida ajr 
yoki jazo oladilar. Binobarin, kalom ilmi hech qachon oldindan belgilab qo‘yiluvchi  
rahmat yoki o‘limdan so‘ng musulmon bo‘lish singari chalkash nazariyalarni 
rivojlantirishga ehtiyoj sezmagan. Shafoat qilish aqidasi, tabiiy sabab kuchlari xususidagi 
moturidiya oqimi vakillarining  nekbinligi, tarix va jug‘rofiyani bir-biridan keskin farq 
qiladigan turli bo‘laklarga bo‘lib yuboruvchi alohida shaxsga nozil bo‘ladigan vahiydan 
ko‘ra har bir payg‘ambar kelishi bilan tafsilotlari tuzatiladigan mantiqiy vahiyning davriy 
jarayoni xususidagi qat'iyat Boshqaning falohi (najot topishi) masalasini  nisbatan 
sodda deb hisoblaydi.  
Garchi bu musulmon bitiklarining oldingi nomalarni nasx qilgani xususidagi kafolatini 
saqlab qolsa-da, bunday keskin bo‘lmagan nasx (oldingi ilohiy matnlarni tuzatish) nasx 
ilohiyotshunosliklarining plyuralistlar qayta-qayta iqtibos oladigan eng katta xavflaridan 
biri: manmanlik gunohini bartaraf etishi mumkin.  Masalaga g‘azzoliycha qarash yukning 
asosiy qismini ayni shu bobda obdan ta'rifi berilgan musulmon bo‘lmaganlar zimmasidan 
olib, musulmonlarning yelkasiga yuklaydi. Bu bilan bien-pensant 
[379]
 musulmon 
musulmon bo‘lmagan qo‘shnisi uchun falohdan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda 
nasx og‘ir mas'uliyatni bajarolmay qolishdan qo‘rqish emas, g‘alabalar asosi deb 
tushunilsa, muloqotga yaramaydigan salbiy ma'no kasb etib qoladi.  
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, har bir kishining o‘z qavmini najot tarixining 
markazida turadi, deb  da'vo qilishi xatodir. Bu muqarar sur'atda manmanlikka, 
kelishmovchilikka va ziddiyatga olib boradi. Bu hol G'arb xristianligining aksariyat  
mazhablarida  o‘zlarini boshqa mazhablardan mutlaq ustun deb da'vo qilish bilan ko‘zga 
tashlanayotgan bir paytda boshqa dinlarning asoslarini keskin rad etmagan yozma 
aqidalarga ega bo‘lgan hamda shu sababli asrlar davomida diniy tinch-totuv yashash 
darajasini saqlab qola olgan islom singari dinga e'tiqod qiladigan qavmlar bunday yo‘l 
tutmadi. Bunday qavm bugungi kunda Boshqaning hurmatini joyiga qo‘yadigan 
ilohiyotshunosligini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishi mumkin. Hamma narsa o‘zaro qorishib 
ketgan dunyoda yashash oson emas, ammo dinlarning o‘z-o‘zini tushunishining, xuddi 
shuningdek, shaxsning o‘z-o‘zini tushunishining asosiy jihatlaridan voz kechishga 
majburlamaslik ehtiyoji Boshqani yovuzlashtirmaslik, tarix va dunyoni 
moniy
[380]
chasiga qabul qilmaslik imkonini beradi.  
  
IX bob 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
Britaniya va Buyuk Ahd 
«Xudosizlik  deb atalgan sulukka amal qilib,  
men ota-bobolarim diniga e'tiqod qilaman...» 
Jon Milton, Avliyo Paveldan iqtibos 
1997 yilda e'lon qilingan ma'lumotlarga qaraganda, 2002 yilga borib Britaniya 
musulmonlari soni  Angliya cherkoviga qatnaydigan xristianlar miqdoridan oshib ketadi. 
O'sha yili musulmonlarning soni 760 ming kishi, anglikanlarniki esa 756 ming kishi 
bo‘ladi
[381]
. Bu Dizraelining «aldaydi, statistika ham yomon aldaydi» degan gapini 
tasdiqlaydimi, yo‘qmi, bundan qat'i nazar, islom Britaniyaning diniy manzarasida ko‘zga 
tashlanuvchi holga kelgani isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Assimilyatsiya jarayonlari 
milliy o‘ziga xoslikning chetlarini yemirib tashlamoqda, biroq din asosiy e'tiqod va 
amaliyotlarning siquvga olinishi va o‘zgartirilishiga qarshilik ko‘rsatishning odatiy o‘jar 
qolipiga moslasha bormoqda.  Bugungi kunda Britaniyada bhangra ilohiyotshunosligi 
yoki e'tiqodi yo‘q, uning o‘rniga bhangra musiqasi balandroq yangramoqda. Shunga 
qaramasdan, yoki shunga asosan, islom muvaffaqiyatli tarzda tez-tez bir avloddan 
ikkinchisiga ham o‘ta boshladi. Bu kompleks xarakterdagi muvaffaqiyat edi, ko‘pgina 
yosh musulmonlar dinning jamoa bo‘lib ibodat qilish va ma'naviy meros umididan 
yiroqqa tushib qolyapti, bu hol qishloqda yashab o‘sgan immigrantlar avlodining e'tiqod 
va urf-odatlarning sinkretik shakllari bilan xarakterlanuvchi
[382]
 diniy tushunchalarning 
urban, nomotsentrik
[383]
 ko‘rinishlarini kashf qilish fenomeni bilan bog‘liqdir. Turli 
shamollar esmoqda, mabodo masjidga borish o‘ziga xos yo‘l ko‘rsatish  bo‘lsa, jamoa 
o‘ziga yaxshi bir istehkom hozirlayotgani ko‘rinib turibdi.  
Bunday tanlangan evrilish vositasidagi yashovchanlik olis  dindor o‘tmish 
ressourcement
[384]
i bilan uni qurshab turgan Britaniya madaniyatining o‘zaro 
ta'sirini maktab va ommaviy axborot vositalari singari qudratli madaniy qurol vositasida 
birlashtirdi. Dinlar amaliyot bilangina mavjuddir, jamoada  ba'zi bir voizlarning 
narsalarning mohiyati xususidagi da'volariga qaramasdan, dastlabki immigratsiyaning 
poyoniga yetishi Britaniyada islomning yillar o‘tishi bilan tobora inglizlashib 
borayotganini ko‘rsatmoqda. Buyuk Britaniya musulmonlarining aksariyati bu 
mamlakatni ota yurt deb biladi va ingliz tilida so‘zlashuvchi jamoaning Q-News singari 
kundan-kun gullab-yashnayotgan gazetalarini o‘ziniki deb hisoblaydi. Ayni paytda 
ularning urdu va turk tillaridagi muqobillari birin-ketin yopilib ketmoqda. Hatto dastlabki 
avlod madaniyatining so‘nggi istehkomi bo‘lmish voizlar minbari ham o‘z millatini 
o‘zgartirmoqda; Londonning sharqiy qismidagi Ist Endda masjid marosimlari nafaqat 
arab yoki silheti tillarida, qolaversa, Eastuary inglizchasida bexato o‘tkazilayotgani 
quloqqa chalinadi.   
O'n yilning nari-berisida zarif antropologik nazariyalarga yangi sinov maydoni hozirlash 
uchun jiddiy ilmiy izlanishlar qilina boshladi va kattalashib borayotgan tushunchalarga 
yana nimanidir qo‘shish bu tadqiqotlar maqsadiga kirmaydi. Buning o‘rniga ushbu 
yaqinlashuv - konvergentsiyaning  ulkan mazmuniga oid ba'zi bir norasmiy mulohazalar 
ijtimoiyotshunos olimning emas, din tarixchisining qarashlaridan foydalanilgan holda 
bayon qilinadi. Agar biz ko‘pchilik musulmonlarning ushbu orollarga kelishi va muqim 
yashab qolishi dinimiz tarixidagi Reformatsiyadan so‘nggi eng muhim voqeadir, degan 
himoyatalab mulohazani o‘rtaga tashlasak, Britaniya va islom o‘ziga xosliklarining teran 
strukturalari  yangi asr eshik qoqqan sari o‘zaro yaqinlashib ketgani, yaqinlashishi 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
mumkinligini mulohaza qilishga bo‘lgan urinishlarni zo‘r berib oqlashimizga to‘g‘ri keladi. 
Bunday tahlilga imkon beradigan asboblar, albatta,  o‘tmas asboblardan behroq bo‘lishi 
kerak: inson diniy aql mohiyatan noturg‘un, anglash qiyin bo‘lgan narsa ekanini va uning 
harakat yo‘nalishini mutlaqo bashorat qilib bo‘lmasligini tushunish uchun «diniy 
musiqachi» bo‘lishi shart emas. Biroq ikkala dunyoda ham o‘zaro kesishgan va bir-birini 
boyitadigan tushunarli matnlar, tamoyillar va aql ko‘nikmalari mavjuddir, ular har bir 
narratsiyaning sifatini emas, yuza qismini tashkil etishiga qaramasdan, ko‘p narsa 
berishi mumkin. Ehtimol, Oskar Uayld: «faqat shaldir-shuldir  odamlargina tashqi 
ko‘rinishga qarab xulosa chiqarishmaydi»
288a
, deganda dinsizlik qilmagan bo‘lsa kerak.  
Bugungi intellektual muhitda iste'molga kirib kelgan zamonaviy atamani ishlatsak,  
metanarratsiya bilan bog‘liq sehrgarliklar muammoga aylanib qolganini jon-jon deb 
ta'kidlashni istardim; «islom» yoki «Britaniyacha o‘ziga xoslik» singari kategoriyalar 
taqdiri xususidagi mulohazalar, avvalo, uning parametrlarini tushuntirib  berishi zarur. 
Shuni aytishim kerakki, men, deylik, Klifford Geertz
[385]
ning, islom  yer yuzidagi 
hamma narsani tushunishga yordam beradi, degan fikrga qarshi antropologik dalillarini 
hurmat qilish barobarida yaqindagina ildiz otgan ijtimoiy fanga oid tadqiqotlar to‘lqini 
yoki tushuncha va aqidalarning mag‘zini tarix orqali chaqishga bo‘lgan falsafiy urinishlar 
himoyasiga toqat qila olmayman. Fikri ojizimcha, dekonstruktsiyaning o‘zi narratsiya 
nuqtai nazaridan o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan dekonstruktsiyaga nisbatan hassosdir: 
Liotar, Derrida va boshqalarning umumiy jihati bor: ular frantsuzlardir, yanayam o‘ziga 
xos jihati shundaki,  ular lumieres
[386]
dan so‘ng vujudga kelgan madaniy muhitda 
tarbiyalangan. Lumieres frantsuz katolitsizmi va frantsuz millatining yuzaga kelishiga 
sabab bo‘lgan bir necha falokatlar tufayli oyoqqa turib olgan bilishga  nisbatan tobora 
skeptik va aporetik yondashuv oqibatida vujudga kelgan edi.  Xuddi gallarning yelka 
qisishi dunyoqarashga aylanib ketgani singari ehtimol postmodernizmning o‘zi ham 
dekonstruktsiyalanishi mumkindir? Har holda uning birov (ning qilayotgan ishi)ga qozilik 
qilish da'vosi barcha tushunarsiz qiroatlarga oydinlik kiritish istagi bilan kelisha olmaydi.  
Ash'ariylikka o‘xshagan, lekin xudosiz bo‘lgan postmodernizm zamonaviy madaniyat 
ekzegetikasi (tafsiri)ga tayanadi. Ushbu madaniyat hali ham o‘z mohiyatiga ko‘ra, 
hukmron mafkura va rasmiyatchilikka qarshi turishi bilan urushdan keyingi holatidan 
uzoqlashib keta olmagan. Liotar va Bartes
[387]
, chindan ham, sinchkov 
kuzatuvchilardir; ularning tarix tahlilchilari sifatidagi loyihasi atomizm
[388]
ni talab etadi. 
Bu hol professional tarixchilar yiqqan dalillarga mos kelmaydi. Ernest Gellnerning 
kuzatishicha, u islom dunyosi taqdim etgan metanarratsiyaga zid keladi
[389]
.  Geertz va 
postmodernizm antropologiyasi mahalliy madaniy sistemalarning moddiy almashinuvi 
mohiyatini tushunish vositasi vazifasini bajarishi mumkin; biroq u islom dunyosining turli 
hududlaridagi sunniylik institutining o‘quv dasturi va uslubi bilan qarama-qarshi kelib 
qolgan taqdirda samara bermasligi mumkin. Xalq dini shaklida namoyon bo‘lgan 
partikulyar - mayda oqimlar postmodern o‘zgarishga moyil kuzatuvchilarni o‘ziga rom 
qilib qo‘ymoqda. Ular masjid yoki madrasani kamdan-kam hollarda tilga oladigan bo‘lib 
qoldi. Asrlar davomida Makkaga haj qilish ramzi bo‘lgan va undan quvvat olgan 
norasmiy tarmoqlar bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan ushbu muassasalar mahalliy din 
peshvolari viloyatlar madaniyati darajasiga tushirib qo‘ygan islom madaniyatiga 
haqiqatan ham universal ma'no yuklagan ko‘rinadi. Ushbu muassasalar va din 
amaliyotlari ularni ado etuvchi kishilarning idrokidan mustaqil ravishda mavjud bo‘la 
olmas edi, deb e'tiroz bildirish har xil mahalliy musulmon ulamolarining haj singari 
marosimlar chog‘ida  bir-birini hayratlanarli tarzda yengil e'tirof qilishini ko‘ra bilmaslikni 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
fosh qilib qo‘yadi. Islom tarqalgan ulkan hududlardagi bunday  e'tirofning aniq tabiatini 
ilg‘ab olish chet kishilar uchun ham qiyin bo‘lishi mumkin.  Nazariy jihatdan qaraganda, 
uni shariatning vujudda ildiz otishiga yo‘yish samara beradi. Moris Merlo-Pontining 
nazdida, shu vujud bizni manmanlikdan xalos etadi, chunki u turli madaniyatlar o‘zaro 
qorishib ketgan yagona universal  maydon hozirlab beradi
[390]
. Haqiqiy 
intersub'ektivlik
[391]
, yoki "interkorporeyti"
[392]
ning asosi bo‘lgan musulmonlik vujudi, 
sof qonunlar manzili hamda musulmon diskursining butun boshli nomotsentrik 
strukturasi tamal toshi lingvistik idealizmning, til voqelikni tasvirlab bermaydi, aksincha, 
uni hosil qiladi, degan g‘ayrishuuriy (va Qur'onga mutlaqo xos bo‘lmagan) aqidasiga 
qarshi turishda muhim ahamiyat kasb etadi
[393]
.  
Geertz va postmodern kuzatuvchilar (islom) ummat(i)ni keskin tarzda 
boshboshdoqlashib ketgan, deb bilishadi; yana tarixchi islom qavmi dunyosidagi har bir 
o‘ziga xoslikni (musulmonlik) vujud(i)ga asoslangan va unda tajribadan o‘tgan hamda 
matnlarda umumiy tarzda bayon qilingan mo‘‘tadil va doimiy mohiyat bilan faol 
munosabatlarda samarali deb qarashi ham mumkin.   Sunniylarning oddiygina bitik 
bo‘lmagan me'yoriy ekzegetik qonuni asrlar davomida hududiy o‘ziga xoslikning ma'jusiy 
jihatlarini o‘zgartiradi va, pirovardida, ularning o‘rnini egallab olishi ham mumkin.  
Agar biz islom metanarratsiyasini matndan kelib chiqqan holda, hamma ma'qullagan 
sunniy dastur nuqtai nazaridan aniqlab olsak, uni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lamiz. 
Baydaviyning tafsiri, usul ul-fiqhga oid kitoblar va ash'ariylar yoki moturidiylarning 
dogmatik sintezlari va ba'zi bir boshqa matnlar an'anaviy islom dunyosiga hech bir 
o‘zgarishsiz tarqalib ketgan. Olganidan ko‘ra ko‘proq beradigan hamda madaniyatlarning 
tanish va izchil yo‘nalishda rivojlanishiga doimiy tarzda turtki beruvchi qonunga 
asoslanadigan din sistemasi metanarratsiya deb hisoblanishi mumkin; muqaddas 
bitiklarga muhrlangan abadiy fundamental  muhokamaning o‘ziga xos ifodasi bo‘lgan 
metanarratsiyaga, nazarimda, bu o‘rinda baho berib o‘tirishga ehtiyoj yo‘q. Ushbu 
metanarratsiya Buyuk Britaniyada inglizlikning o‘ziga xos xususiyatlariga qo‘shilib ketish  
jarayoni orqali qaytadan rang-baranglashdi va yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bu jarayonga yosh 
avlod katta yoshlilardan ko‘ra «labbay» deb javob berayotgan va unga ko‘proq 
qo‘shilayotganga o‘xshaydi. Chunki katta yoshlilar qishloq joylarining o‘zga xos jihatlari 
ruhida tarbiyalangan, ular bitiklarni emas, ruhoniy shaxslarni dinning obro‘-e'tibori 
manbasi sifatida biladi. Ba'zi hollarda mana shu noto‘g‘ri tushunish xuddi Britaniyada 
yangitdan faollashib ketgan tariqatlarday, O'rta Sharq  konservatizmi orqali an'ana 
bilan qaytadan bog‘lanishga; boshqacha aytganda, islomni o‘tmishdan ajratib olib, 
bitiklarni deb uning muqaddasligini butunlay inkor qilishga sabab bo‘lishi mumkin
[394]

Ammo ikkala holatda ham Janubiy Osiyoning g‘ayritabiiy narsalar, hatto sehrgarlikka 
asoslangan jo‘n xudojo‘yligi bu o‘rinda me'yoriy an'anaviy va salafiylar
[395]
ga xos turli-
tuman skripturalizm
[396]
larga yo‘l ochib berishi mumkin.  Britaniyada 
partikulyarizm
[397]
 universallashmoqda, so‘ngra notekis tarzda qaytadan 
partikulyarlashmoqda. Bu hol Braelvining xudojo‘yligidan Deobandi, Tabligi, Shadhili 
yoki vahhobiylikning tarafdorlik xususidagi zamonga tezroq moslashuvchan iboralari 
tomon siljib bormoqda yoki ular shunga qulay sharoit yaratmoqda.  
Shotland devolyutsiyasi
[398]
 boshlagan munozaralar chog‘ida ma'lum bo‘lganiday, 
tarozining boshqa pallasida partikulyarizmga teng kuchga ega bo‘lgan Britaniya 
narratsiyasi turadi va bu narratsiya  ham chigalligi jihatidan partikulyarizmdan kam 
bo‘lmagan muammoli kategoriyadir. Odatda, ushbu narratsiyani xalq tilida «inglizlar» 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
deb atash qonuniyday tuyuladi va biror kishi mana shu nom ostida ko‘p ming nusxada 
kitob ham chop etishi mumkin
[399]
. Biroq  universitetlarda va ba'zi bir ijtimoiy soha 
ma'murlari orasida Britaniya metanarratsiyasi g‘oyasini istisno qiluvchi g‘oya inkor 
etuvchi, siyosiy jihatdan to‘g‘ri va turli madaniyatlarga xos tamoyil  mavjud. Bu o‘rinda 
ushbu so‘roqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri e'tiroz bildirish shart emas; britanlilik (inglizlik) aniq bir 
ko‘rinishga ega emas va biz an'anaga ko‘ra, uning tarkibiy qismlari deb hisoblab kelgan 
narsalarni  bugungi kunga kelib, o‘z hududlaridan tashqariga tarqalayotgan  islom, ya'ni 
globallashuv zudlik bilan yemirib tashlayapti. Bir kishi: "Shotlandiya mamlakat emas, 
cherkovdir"
[400]
(Ernest Barker, 1947 yili) yoki 1951 yili bir gazeta sharhining muallifi: 
"Inglizlar juda jipslashgan xalq, ular o‘z tarixining oldingi davrlaridagidan ham ko‘ra 
jipsroqdir"
[401]
, deb yozgan vaqtdan beri oradan ming yillar o‘tib ketganga o‘xshaydi. 
Shunga qaramasdan, bundan keyingi sahifalarda ba'zi bir umumlashmalar keltiriladi, 
ularni inkor qilgandan ko‘ra himoya qilish osonroq tuyuladi.  
Ushbu maqolaning balansi britaniyaliklarning musulmonchilikka bo‘lgan hissiy 
munosabati va islomni mamlakatning ijtimoiy-madaniy to‘qimalariga qayta qiritish orqali 
O'z va Boshqa o‘rtasidagi tanglikni bartaraf etish yo‘lini izlash bilan bog‘liq ikkita 
kuzatishni (sizning hukmingizga) havola etadi. Ulardan biri Britaniya an'anaviy   diniy 
hayotida islomga mehmondo‘stlarcha munosabatda bo‘ladigan o‘zgarishlar ro‘y 
berayotganidir. Ammo e'tibor eng avvalo islomning paradigmatik
[402]
 Boshqaga 
beradigan ta'rifiga qaratilishi kerak. Individual o‘ziga xoslik hamisha refleksiv usul bilan 
shakllanadi: biz qo‘shnilarimizdan butunlay boshqa odamlarmiz. Britaniyaliklarning milliy 
o‘ziga xosligi Yevropaning boshqa bir nechta xalqlarinikidan far qilishi, buning sababi 
uning islomiy raqibga qarshi o‘ziga xoslikni yaratish tarixi yo‘q ekani keyingi bo‘limdagi 
munozaramizning asosini tashkil etadi.   
  
*        *        * 
1998 yili adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga Portugaliyaning mashhur yozuvchisi Joze 
Saramago sazovor bo‘ldi. Uning ajoyib romanlaridan birida lissabonlik musahhihga o‘z 
shahrining yangi tarixiga oid grankani tuzatish topshiriladi
[403]
. Hikoyaning mazmuni  
shaharning eng fojiali lahzasi: uning musulmonlar qo‘lidan aholi qirg‘iniga sabab bo‘lgan 
salib yurishida qatnashayotgan qo‘shinlar qo‘liga o‘tishiga nazar tashlash bilan qorishib 
ketadi. O'rta asrlardagi yagona bo‘lgan ushbu dahshatli qirg‘inda yuz minglab kishilar 
qurbon bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. O'zining jonajon shahri etnik tozalash oqibatida paydo 
bo‘lganini anglab, ruhiy jarohat olgan musahhih kitobning korrekturasini salib yurishi 
qatnashchilarining zo‘ravonliklarini  postxok
[404]
chilar (va postmodernchilar) o‘chirib 
tashlagani singari o‘zgartiradi. U grankadagi dahshatli voqelik tafqsilotini yana bir karra 
ko‘zdan kechirib chiqqach, ko‘ngli sust ketib, o‘z kasbida o‘lsa kechirilmaydigan  
gunohga qo‘l uradi. Nitsshening musahhihi "Xudo o‘lgan", degan jumlaga "yo‘q" so‘zini 
qo‘shib qo‘yish istagini yengadi. Ammo matndagi "Salibchilar Lissabon shahrini zabt 
etdi", jumlasiga mutlaqo nojoiz inkor qo‘shimchasini qo‘shib qo‘yadi. Musahhih  bunday 
tarixni hazm qiladi va u o‘zgarishi kerak edi. Saramagoning nazdida, tahrir qilingan 
Portugaliya milliy tarixi chop etilganidan so‘nggi baqir-chaqirlar 700 yil oldin ro‘y bergan 
voqea tufayli buzilgan va ehtiroslarga to‘la milliy o‘ziga xoslik borasida bir to‘xtamga 
kelish mushkul ekanini ko‘rsatdi. Portugaliyaning milliy epik dostoni "Luziadlar"
[405]
 
"Odil falak irodasi bilan xudosiz musulmon (lar)ga qarshi kurash u(lar)ni butunlay quvib 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
chiqqunga qadar to‘xtamasligi kerak" 
[406]
bo‘lgan zaminda g‘ayridinlarni qirib 
tashlashga da'vat qiluvchi madhiyadir. Millatning o‘ziga xosligi islomiy Boshqaga qarshi 
bir kayfiyat yuzaga keldi, natijada bugungi kungi portugal imomlari "maktabda, 
musulmonlar portugallarning dushmani, deb ta'lim berilganidan aqli shoshib qolgan 
(Portugaliyada tug‘ilgan va portugal bo‘lgan) musulmon o‘quvchilarni har doim 
tinchlantirishga majbur bo‘ladi"
[407]

Yevropadagi boshqa millatlar ham odamlarning qulog‘iga xristianlar Yevropasi 
zaminidagi iflos jinoyatchi deb quyilgan musulmon Boshqaga qarshi munozara 
jarayonida shakllangandir. Ispan tilidagi ilk yirik adabiy asar bo‘lmish Cantuar de mío 
Cid
[408]
 asrlar davomida ispanlarning va islomning o‘ziga xosligi shakllanishiga muhim 
hissa qo‘shib keldi
[409]
 va dunyoviylashtirishdan omon qoldi. 20-asrning ispanlar o‘ziga 
xosligining buyuk nazariyachisi Migel de Unamunoga ko‘ra, u boy muhojir aslzodalarga 
qarshilik ko‘rsatish ramziga aylandi
[410]
. Hatto Yangi Dunyoda ham cristianos y 
moros
[411]
 tomoshalari qishloqlarda tashkil etiladi va cherkov retablolari
[412]
da San 
Xaymening «Matamoros» surati tasvirlanadi, bu bilan musulmonlikni qabul qilganiga 
ishonib bo‘lmaydigan muhojirlarning Yangi Ispaniyaga kelib  nomuqim yashashiga 
hamda musulmonlarga qarshi qaratilgan kayfiyatni hindularga qarshi yangi bir 
kayfiyatga aylantirishga shama qilinadi
[413]
.  
Boshqa bundan ham dahshatli misollarni izlab topish uchun uzoqqa borib yurish shart 
emas. 20-asrning 90-yillarida kosovoliklar va Bosniya musulmonlari boshiga tushgan 
kulfatlarni serblarning o‘zini millat sifatida anglashidagi izchil, hatto aytish mumkinki, 
o‘ta izchil kayfiyatning: islom ajdarhosiga qarshi kurashning eng yuksak nuqtasi bo‘lgani 
bilan izohlash mumkin. Chernogoriyalik arxiepiskop Petar Nyegos qalamiga mansub 
"Tog‘ gulchambari" asari Serbiyaning milliy epik poemasi hisoblanadi. Bosniyalik va 
kosovolik ming-minglab qochqinlarning televidenie orqali namoyish etilgan tasvirlariga 
musulmonlarni oyoq osti qilishni ko‘klarga ko‘tarib maqtagan mana shu poema satrlari 
subtitr sifatida berildi. Masalan, arxiepiskop o‘z dindoshlarini Muqaddas urushga mana 
bunday da'vat qiladi: 
Jang qiling xoch uchun va sharaf uchun! 
Kimningki qilichi, yuragi bo‘lsa, 
Isoning muqaddas ismi bilan jang - 
Qilsin va o‘ldirsin xudosizlarni!  
Suv  yoki qon bilan cho‘qintiramiz! 
Peslarni ov qilib haydaymiz bundan. 
Kuylaylik qirg‘inga chorlovchi qo‘shiq; 
Qon tekkan xarsanglar chin mehrob bo‘lsin! 
Poemaning bir joyida yepiskopning hujumkor va'zini bir musulmon bo‘lib qo‘yadi va 
shunday deydi:  
Bu yer bizlarning ham vatanimizdir, 
Bir joyda ikki din bo‘lishi mumkin, 
Xuddi bir qozonda ikki taomday 
Yashasak bo‘ladi ahil va inoq. 
Arxiepiskop bu taklifni rad qiladi va poema quyidagicha davom etadi:  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling