Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
foydalanadi.  Bunga janubiy afrikalik mutafakkir Farid Esakk Rashid Ridaning
Qur'ondagi ilohiy matnlarni tafsir qilish an'anasiga ko‘ra, "muslim"ning ma'nodoshi 
sifatida tushunib kelingan "mo‘min" tushunchasiga aniqlik kiritish taklifini qayta 
tiklashga da'vat qilganini misol sifatida keltirish mumkin. Uning nazarida, "muslim" 
tushunchasi barcha xudojo‘ylarlarni qamrab oladi
[289]
. Mahmud Ayyub yaqinda chop 
etilgan bir maqolasida xuddi shu ohangda, oldingi dinlar hozirgi kunda o‘z ahamiyatini 
yo‘qotdi, qabilidagi klassik doktrina - mabdaga  yopishib olgan  shayx Al-Azhar 
Muhammad Sayyid Tantaviy va misrlik mashhur televoiz Muhammad al-Sha'raviy singari 
zamonaviy ilohiyotshunoslar ro‘yxatini keltiradi va ularni tanqid qiladi. U o‘z iddaosini 
tasdiqlash uchun  eng mashhur dissidentlar sifatida inqilobiy Eron mullasi Sayyid 
Mahmud Taliqoniy va pokistonlik zamonaviy ziyoli bo‘lmish Fazlur Rahmon singari 
noan'anaviy shaxslarni sanab o‘tadi. Bu ikkala shaxs ham iudaizm va xristianlikning 
batafsil formulirovkalari hatto islomning tarix maydoniga chiqqanidan so‘ng ham tom 
ma'nodagi  najot vositasi sifatida hurmat qilinishi kerak, degan qarash asosida mo‘min 
va kofir kim ekani xususidagi sunniy va shia ta'limotlari murosasidan voz kechdi. Ayyub 
ularning ushbu qarashlarni tasdiqlaydigan Qur'on matnlarining asl ma'nosidan kelib 
chiqish zarurligi xususidagi fikrlarini yangi va muhim takliflar sifatida ma'qullaydi
[290]
.  
Esakk va Ayyub singari mutafakkirlar olg‘a surayotgan plyuralistik tezis - iddaoning  
katta kuchga ekanini hech kim inkor eta olmaydi. Bu hol boshqa savollar tug‘ilishi 
evaziga ba'zi bir dastlabki savollarga javob bo‘lishi, boshqa savollar esa javob topilgan 
savollardan ham o‘jarroq chiqib qolishi mumkin. Ulardan biri inkor etmaslik qonuni va 
Gevin D'Kosta "transtsendental  agnostitsizm"
[291]
 deb atagan narsaga yon berish 
ehtimoliga daxldordir. Kalom an'anasi azaldan ushbu muammoning mavjudligini tan olib 
keladi: 12-asrda yashagan ilohiyotshunos, har bir din haqiqiy bo‘lishi kerakmi, degan  
iddaoga javob izlar ekan, dunyoning yaratilgan va abadiyatdan oldingi tabiatiga, 
yaratuvchi xudoning mavjudligi va mavjud emasligiga, monoteizm va dualizmga, ilohiy 
bashoratlarning haqqoniyligi va haqqoniy emasligiga ishonishning parallel ravishda 
asoslanganiga sabab bo‘lishiga olib kelishini kuzata turib, " bu mumkin emas"
[292]

degan xulosaga kelishi mumkin edi.  
Inkor etmaslik dalili xristianlik sharoitida har tomonlama rivojlanish masalasi ekani va 
uni islomga nisbatan ham qo‘llash mumkinligini biz bundan buyon qayta ta'kidlab 
o‘tirmoqchi emasmiz. Biroq muqaddas islomiy bitiklarda plyuralistik ma'lumotlar bilan 
bog‘liq murakkablik mavjud. Bu bitiklarni tahlil qilishda  an'anaviy uslubga ehtiyoj 
seziladi. Ibtidoiy musulmon jamiyatidagi o‘zlikni anglashga oid   bunday masalalardan 
birini muqaddas bitikda tilga olingan masalalar qatorida sanab o‘tish mumkin. Biz 
Rasulullohning sahobalarini "plyuralistlar"  deb taxmin qilishimiz mumkinmi (bu qarash 
tadqiq qilib ko‘rilmagan va tarixiy nuqtai nazardan ehtimoldan uzoq); yoki ular nohaq 
bo‘lishganmi (bu ilohiyotshunoslik nuqtai nazaridan isbotlanmagan)? Uchinchi tusmol 
shuki, sahobalarning qarashlari o‘zlari yashagan sharoitgagina to‘g‘ri kelgani,  bu hol 
muqarrar ravishda inkorni talab etuvchi radikal xulosalarni, hech bo‘lmaganda, azaliy 
noaniqlik yoki kontekstual
[293]
 nisbiylik, Allohni anglash qadar kengayuvchi  ash'ariya 
sub'ektivizmi bilan tenglasha oladigan samarali pomstmodern harakat xususidagi 
taxminlarni yoqlovchi matnlarning "oshib-toshib yotgani" xususidagi kafolatlarni keskin 
kamaytiradi. Plyuralistlar o‘z obro‘sini saqlab qolish uchun hechqursa asrlar davomida 
birlashtiruvchi ekzegetik
[294]
 qoliplar bilan matnlarni chegaralab kelgan   fundamental 
metodologik printsiplardan voz kechishi kerak  bo‘ladi.  Bular sirasiga Qur'onning ma'lum 
bir parchalarini bekor qilish, shar'iy hadis diskursini hamma narsadan muhim deb bilish 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
va olimlarga xos ijmo - konsensus nazariyasini Alloh istagining transtarixiy ifodasi 
sifatida tushunishga ishonish singari jihatlar kiradi. Esakk va boshqalar buning o‘rniga 
yangi bir ekzegetik yo‘nalishni taklif etadi. Ular solnomaga emas, aksincha, 20-asrning 
so‘ngidagi dunyoviy ruh shakllantirgan vijdonga xilof ish qilmaslikka asoslanib, ba'zi bir 
matnlarni boshqalari yordamida niqoblab ketadi.  
Islomda diniy matnlarni talqin qilishni sud  orqali nazorat qilish tizimi yo‘qligi sababli 
mana shu "dinni topish"day uslubni o‘zgartirish  bilan  mohiyatan ko‘p narsaga erishish 
muqarrar ekani ravshan. Xuddi Esakk va Ayyub qilganiday, Boshqani baholashda 
bag‘rikenglikni ta'minlash uchun ijmodan boxabar bo‘lish, hadisni e'tibordan soqit qilish 
va Qur'on germenevtikasi  ahkomlarini yumshatish e'tiqodning har bir o‘ziga xos jihati 
ekzegetik sababiga ma'lum bir shubha bilan qarash hamda xristian dinidagi solishtirma 
harakatlar tanqidchisi Grehem Leonard "sub'ektivizm zulmi" deb tavsiflagan postmodern 
nisbiylik va sektalar inqirozi sabablarini ochib berish imkoniyatini oshirish talab etiladi. 
Umuman olganda, bir qancha musulmon mutafakkirlari - ularning soni judayam kam - 
islomiy liberalizm  zaifligini ko‘rsatib berar ekan, undan ko‘p narsa kutadi, yoki uni 
"ozodlikka eltuvchi" deb biladi
[295]
.  
Musulmonlarning barcha oyatlarni joy-joyiga qo‘yadigan, ularni an'anaviy jihatdan idrok 
qilish butunlay noto‘g‘ri deb bo‘lmaydi, qabilidagi din nuqtai nazaridan kerakli bo‘lgan 
ishonchni qabul qiluvchi muqaddas bitigini haqqoniy baholash so‘fiylarning Allohni 
anglash borasidagi, islom oldingi dinni nasx - inkor qiladi, degan klassik talqinini 
tasdiqlayotganday ko‘rinadi. Ushbu talqin nasxni anglatuvchi hodisadir. Bir paytlar 
arablar o‘rtasida ildiz otib ketgan butparastlikka, keyinchalik, Madinaga hijrat 
qilingandan so‘ng esa iudaizm va xristian dinlarining mahalliy vakillariga qarshi dastlabki 
munozara kontekstiga borib taqaluvchi Qur'on va hadis oxir-oqibatda barcha dinlarga 
qarshi dalillarini ishga soladi. Biz endi ushbu dalillar uslubining qisqacha hisoboti va 
tabiati  tomon yuzlanyapmiz. Ular islomdagi nasxga oid diskurslarning asosi va ko‘pgina 
parametrlari
[296]
 o‘rnini bosadi.  
Qur'on arab ma'jusiyligiga mutlaqo chek qo‘ydi. Bu muqaddas kitobda odamlarga 
otameros bo‘lib kelgan din kambag‘allarni ezgan, individual ruhning yashab qolishini rad 
etgan va Allohning vazifasini faqat  yarim oroldagi qabilalarga tegishli ilohlar ustidan 
mujmal nazorat qiluvchi samoviy xudo maqomiga tushirib qo‘ygan dahshatli okkult
[297]
 
butparastligi sifatida tasvirlanadi. Qur'on buni shirk, ya'ni boshqalarni Allohning sherigi 
deb bilish, ularni ham chin qudrat va iroda egasi deb hisoblash deb qaraydi. Unga ko‘ra, 
bu xato bandalarini "yoqilg‘isi odamlar va toshlar" bo‘lgan abadiy jahannam o‘tida 
kuydiradi. Shunisi ravshanki, unchayam sodiq bo‘lmagan Hikk ekzegeti
[298]
 ham dinni 
Jon Hikkning I.Kantdan olib ishlatgan terminologiyasini istifoda etarak, "Biru borga erkin 
ochiqlik"  singari o‘ta salbiy atamalar bilan tavsiflashi mumkin. Qur'on esa 
noumen
[299]
ni fenomen sifatida tasavvur qilish birday qimmatga ega bo‘la olmasligini 
aniq-ravshan ta'kidlaydi.  
Iudaizm va xristian dinlarida, albatta, u qadar ochiq so‘zlanmaydigan bunday o‘rinlar 
talaygina. Qur'onning barcha sahifalarida (masalan, "Baqara" surasining 136-
oyatida
[300]
) ikkala dinga ham Allohning chin payg‘ambarlari asos solgani va o‘shandan 
beri marhamat va gunohlardan forig‘ bo‘lishday azaliy mukammal  vositalar ularning 
diqqat-e'tiborida bo‘lib kelgani aytiladi. U yana takroran shuni nazarda tutadiki, 
Allohning insoniyatga yo‘l ko‘rsatishi Tavrotdagi payg‘ambarlar  bilangina tugab 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
qolmaydi. Qur'onda bu hol yahudiy bo‘lmagan payg‘ambarlarning namunali hayotini 
esga olish orqali isbotlab beriladi
[301]
. Unda ta'kid etiladiki, «har bir qavm uchun (Alloh 
yo‘liga) yetaklovchi - hidoyat qilguvchi bordir" ("Ra'd" surasi, 7-oyat) va "har bir ummat 
ichida ham albatta bir ogohlantiruvchi - payg‘ambar o‘tgandir"("Fotir" surasi, 24-oyat), 
yoki shunga o‘xshash "Aniqki, Biz har bir ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va 
shaytondan yiroq bo‘linglar", degan vahiy bilan bir payg‘ambar yuborganmiz" ("Nahl" 
surasi, 36-oyat). Hatto hadisda ham Allohning payg‘ambarlari soni aniq keltiriladi, ya'ni 
Odam Atodan Muhammadga qadar bir yuz yigirma to‘rt mingdan kam bo‘lmagan 
payg‘ambar o‘tgan
[302]
, deyiladi.  
Insonlarning gunohlardan forig‘ bo‘lishiga oid ekspansiv
[303]
 ilohiy strategiyani bunday 
anglash yoki yanayam aniqroq qilib aytganda, dunyoning ibtidosi gunohdir, degan  
ko‘zqarashdan yiroq va unga fojia tusini bermaydigan Qur'on soteriologiyasining   o‘sha 
gunoh deb atalayotgan narsani "hosilni yig‘ib olish" yoki "najot" (faloh) deb 
tushunishida katta hikmat bor. Klassik ekzegetikada tasdiqlangan va takomilga 
yetkazilgan qur'oniy  qarashga ko‘ra, na dinlarning o‘ziga xosligi va na turli-tumanligi 
yuzasidan tortishib o‘tiradigan narsaning o‘zi yo‘q; aslida, dinning o‘zi bitta (ad-din), 
turli e'tiqodlar esa uning bo‘lak va tarmoqlaridan boshqa narsa emas. Rahm so‘zi Kitobni 
boshdan-oyoq bog‘lab turgani va bitiklar ilgari ham "nozil qilingani" tufayli yangi ilohiy 
tashabbusning  o‘zidan oldingi bitiklarga nisbatan olg‘a siljish bo‘lgani mutlaq yoki 
so‘zsiz hodisa deb qaralmaydi. Go‘yo unda insoniyat va Alloh o‘rtasidagi 
munosabatlarning yangicha ko‘rinishi taklif etilmagan emish. Islom uchun Qur'ondan 
oldingi tarix tarixdan oldingi davr hisoblanmaydi. Insoniyat tugal "najotga erishish" 
uchun hazrati Muhammadni kutib o‘tirishi shart emasdi.   
Mana shu Allohning o‘z karamini darig‘ tutmay, tarixni va dunyo xaritasini ishonchli 
belgilar bilan adolatli taqsimlaganini anglab yetishdir. O'sha belgilar Yaratganning o‘ziga 
ishoradir.  Alloh taolo Qur'onda bot-bot takrorlanadigan o‘zaro hurmatga izn beradi. U 
musulmonlardan ahli kitobga qarata: "Bizlar o‘zimizga nozil qilingan (Qur'on)ga ham, 
sizlarga nozil qilingan (Tavrot va Injil) ga  ham iymon keltirganmiz. Bizlarning ilohimiz 
ham, sizlarning ilohingiz ham Bir (Iloh)dir"
[304]
 deb aytishini talab etadi. Esakk va 
boshqalar to‘g‘ri qayd etganiday, Qur'onda mana shu mazmundagi sof plyuralizmga 
yaqin turuvchi oyatlar ko‘plab uchraydi. Xususan, "Moida" surasining 44-48-oyatlari 
musulmonlarga, qaerda bo‘lmasin, boshqa e'tiqod vakillariga duch kelsa, ular bilan 
o‘zaro munosabatda qo‘llanma vazifasini o‘taydigan premodern
[305]
 diniy hujjatdir. 
Unda yahudiy payg‘ambarlariga va "hidoyat va nurga to‘la" Isoga nozil qilingan kitoblar 
maqtaladi, Muhammadga esa o‘sha din vakillari orasida Qiyomat kuni barcha diniy 
tafovutlarni ko‘rsatib, ularga oydinlik kiritgunga qadar Alloh nozil qilgan  narsalar bilan 
hukm qilish buyuriladi.  
Mana shu oyatlar, to‘g‘ri talqin qilingan paytda, ikkita maqsadni ko‘zlaydi: birinchidan, 
yahudiy-xristian payg‘ambarlarini Muhammadning ularga muzaffar voris ekanini 
tasdiqlash uchun tan olish va, ikkinchidan, uning dinining oldingi ko‘rinishlari (iudaizm, 
xristianlik - Tarj.) ning omon qolgan himoyachilari ustidan "qo‘riqchi" (muhaymin) 
qilinganini tushunishdir. Ushbu yo‘riqnoma islomni o‘z-o‘zini ahl uz-zimma, ya'ni 
so‘nggi va universal haqiqatnoma
[306]
 qo‘riqchilari taklif etgan diniy daxlsizlik ahdiga 
rozi bo‘lgan jamoalar: yahudiylar va xristianlarning himoyachisi sifatida tarixiy  jihatdan 
tushunishga undaydi. Tarixiy musulmon jamoalari Rasulullohning: "Kimki zimma vakiliga 
biror zahmat yetkazsa, Qiyomat kuni meni o‘zining dushmani sifatida ko‘radi"
[307]
 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
degan ogohlantirishiga rioya etib, kichik monoteistik jamoalarga nisbatan bag‘rikenglik 
qilib kelganini hamma biladi. Bunday munosabat ildizi Qur'onning otalarcha nazorat 
burchini himoya qilishiga borib taqaladi, u 20-asrgacha ham yashab keldi. Turklarning 
Atos tog‘ida so‘nggi hokim bo‘lgan kishining 1912 yili u yerni bosib olgan yunon 
askarlarining hibsga olishini kutib o‘tirgan paytda frantsuz jurnalisti bilan qilgan suhbati 
e'tiborga molikdir:  
Atrofga bir qarang. Mana bu minglab rohiblarga bir qarang; ularning monastirlarini 
ziyorat qiling, ular bilan savol-javob qilib ko‘ring. Ular nimadan shikoyat qilishlari 
mumkin? Biz ularning qoidalariga daxl qildikmi? Mulkini toptadikmi? Ularning muqaddas 
joylarni ziyorat qilishiga monelik qildikmi? Hatto ularning dunyoviy konstitutsiyasi nomini 
o‘zgartirdikmi?... Men sizdan so‘rayapman, qaysi millat, qaysi bosqinchi ularga nisbatan 
buyuk insoniyatga qilganday  buyuk murosa va buyuk diniy bag‘rikenglik bilan 
munosabatda bo‘lgan? Ular bizning qonunlarimiz himoyasida  Rum imperatorlari 
davridagidan ham erkinroq bo‘lib qolishdi... Ular bizning qo‘limiz ostida sizlar 
Frantsiyada rohiblarni siquvga olishingizning yuzdan birini ham ko‘rgani yo‘q... Allez, 
Monsieur!
[308]
 Ular bizning ketganimizdan afsus qiladi. Yunonlar, ruslar, serblar, 
ruminlar, bulg‘orlar, barcha rohiblar bir-birini o‘lguday yomon ko‘radi. Ularni birlashtirib 
turgan narsa islomni yomon ko‘rishidir. Biz bu yerdan ketganimizdan keyin ular bir-
birining go‘shtini yeydi.
[309]
 
Muqaddas Qabr cherkovi tashqarisidagi o‘rindiqda bir-biriga yov ziyoratchi guruhlar 
o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish uchun yordam so‘rab telefon qilishga shay 
holda chilim chekib o‘tirgan iordaniyalik mudroq konsteblning qiyofasi hech ko‘z odimdan 
ketmaydi. To shu  kungacha o‘sha cherkovning kaliti, yalpi kelishuvga ko‘ra, musulmon 
kishining qo‘lida turadi. Bu hol islomning o‘z-o‘zini an'anaviy baholashdagi, murosali deb 
bo‘lmas-ku, lekin ishonchli ramzidir.  
Islom jamiyatining shunga o‘xshash musulmon bo‘lmagan jamoalar ustidan murosali 
tarzda hukm yurita olish qobiliyatini qayta-qayta namoyish etayotganini empirik isbot 
tariqasida olish mumkin. U tarixning, musulmon e'tiqodi  samimiyatining murakkab 
laboratoriyasida sinovlardan o‘tgandir. Xuddi klassik xristianlik nuqtai nazaridan iudaizm 
o‘rnini xristianlik egallagani kabi oldingi dinlar o‘rniga radikallikdan uzoq bo‘lgan islom 
dini maydonga chiqdi. Ammo o‘rta asrlardagi musulmon shaharlaridagi yahudiylar va 
xristianlarning yashash sharoitlarini xuddi jannatdagiday bo‘lgan deb tasavvur qilish 
xato bo‘lur edi. Zimma qoidalari mantig‘i na plyuralistik soteriologiyada, na  inson 
huquqlari va yalpi diniy indifferentizm
[310]
ning universal g‘oyalariga asoslangan 
zamonaviy dunyoviy adolatda edi. Ilk xaliflar davriga borib taqaluvchi chiqimlarni 
tartibga soladigan va boshqa qonunlar  yahudiy va xristianlarning huquqlarini cheklab 
qo‘ygan edi. Islomning tarixiy huquq amaliyotiga uning maqtovga loyiq emasligini 
tasdiqlaydigan ko‘plab dalillar mavjud, deb emas, aksincha, xristian va yahudiy dinlarini 
ham bundan buyon tugal deb bo‘lmaydi, degan ilohiyotshunoslik hukmi tasdig‘i sifatida 
qarash kerak bo‘ladi. Bu ikkala din  ham muqaddas kitoblarga tayanadi va, binobarin, 
ular ham yashashga munosibdir.  
Ushbu isbot muqaddas kitoblarning bir qancha oyatlarida o‘z ifodasini topgan. Bu hol 
hazrati Muhammadning payg‘ambarligi isboti bo‘lgan Qur'on nozil bo‘lishi bilan bog‘liq 
ma'lumotlarga qarshi iudaizm va xristian dinlari vakillarining tanqidlarini rivojlantirgan 
plyuralistlar iqtibos olishni yoqtiradigan dag‘al xomaki matnlarni mo‘‘tadillashtiradi va 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
qaytadan kontekstuallaydi
[311]
. Ushbu oyatlar Rasulullohning Madinadagi ma'naviy 
rahnamoligining so‘nggi yillarida nozil bo‘lgandir va shuning uchun din amaliyoti ularni 
oldingi suralarda aytilmay qolgan narsalarga batafsil tushuntirish beruvchi izohlar 
sifatida  dalil qilib keltiradi
[312]
. Muhtaram o‘quvchim, menga dastlab iudaizmni 
tashvishga solayotgan narsa xususida mulohaza bildirishga ijozat bersangiz.  
Rasululloh shahri Madinada  yashagan yahudiylar e'tiqod qilgan o‘ziga xos ravvinlar 
iudaizmi payg‘ambarlar diniga halakiy
[313]
 mushkulotlar qo‘shgani uchun qoralanib 
keladi. Ba'zan mana shu narsa ayrim imtiyozlarga ega bo‘lgan  "bo‘yni yo‘g‘on" 
kishilarga qarshi shikoyat
[314]
 bilan juftlashib ketadi; ya'nikim, Qonunning ma'lum bir 
joylari Isroilning beboshligi uchun berilgan ilohiy jazo sifatida qaraladi ("Niso" surasi, 
160-oyat).  Mashhur va tushunilishi qiyin bo‘lgan "Tavba" surasining 30-oyatida esa 
yahudiylar  Uzayrni "Allohning o‘g‘li" deb bilgani uchun keskin qoralanadi. Bu bilan 
ularning xatosi ham xristianlarning xuddi shunday xatosiga teng deb hisoblanadi. Ammo 
din amaliyotida Uzairning kim bo‘lganini aniqlash muammoligicha qolaverdi. Ba'zi 
birovlar uni Ezra deb biladi. U Tavrotni qalbakilashtirgani uchun ayblanib keladi
[315]

Biroq Gordon Niyubay yaqinda gap Idris payg‘ambar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, 
degan g‘oyani ilgari surdi, negaki, Yaqin Sharq yahudiylarining diniy amaliyotida u 
Metatron
[316]
 deb qaraladi. Mana shu holatda Qur'onda bu qarashlarning tanqid qilinishi 
qarayitlarning
[317]
 hamda ravvinlarning Allohga hech bir sherikni tan olmaydigan 
monoteizmning mazkur yaratuvchi farishtaga sig‘inish yoki e'tiqod qilish borasidagi 
murosasiga qarshi e'tirozlariga mos keladi
[318]
. Mabodo, mana shu ayniyat 
(identifikatsiya) to‘g‘ri bo‘lsa, quyidagicha xulosa qilish mumkin: Qur'on ma'lum bir 
yahudiylarga qarshi boshqa yahudiylarning yonini olgan bo‘lib chiqadi, ya'ni bu bilan 
butun boshli dinni emas, mahalliy kishilarning yanglishishlarini  qoralaydi. Xuddi mana 
shu yo‘sinda ishonch bilan talqin etilishi mumkin bo‘lgan boshqa oyatlar ham bor.  
Shuning uchun ham Qur'onda ba'zi bir yahudiylarga nisbatan ta'nayu dashnomlar bo‘lsa-
da, bu muqaddas kitob iudaizm dinini butunlay qoralamaydi, aksincha, uning keyingi 
tadriji chog‘ida paydo bo‘lgan ba'zi bir qoidalarni islom nasx qilgani juda to‘g‘ri ekanini  
qayd etadi. Qur'onda Isoning chormix qilingani va, umuman, odamlarni xochga qoqib 
o‘ldirish uchun yahudiylar javobgar emasligi
[319]
 aniq-ravshan bayon etilishi Yevropada 
vujudga kelgan antisemitizm islom tuprog‘ida ildiz otmaganini isbotlaydi; darhaqiqat, 
o‘rta asrlardagi O'rta yer dengizi dunyosi Samyuel Goiteyn iudaizm va islom o‘rtasidagi 
"yaratuvchan simbioz" deb atagan mashhur tavsifni isbot qilib turibdi
[320]
. So‘nggi 
tahlillar gaonlar
[321]
, maymonidlar
[322]
, Istanbul ravvinlari va sefardlarning
[323]
 boy 
tajribasi Qur'onda antisemitizm unsurlari yo‘qligini aniqlashga imkon berdi.  
An'anaviy islomning xristianlikning o‘rnini bosish da'vosi juda murakkab xarakterga ega. 
Bu o‘rinda yana mahalliy va umumiy munozarani bir-biridan ajratishga ehtiyoj tug‘iladi. 
Umumiy munozara (aksariyat musulmonlarning o‘z-o‘zini anglashiga zid o‘laroq) islom 
bitiklarining hududiy sektantlarga qaratilgan tanqidlari o‘tkinchi xususiyatga ega ekanini 
va Kalsedoniya
[324]
 cherkovlarining asosiy tamoyillaridan iborat doktrina - mabdalari  
bayon qilingan bitiklardan doimiy tarzda ko‘chirma olib turganini tan oladi. Biz so‘nggi 
kategoriyada
[325]
 va quyidagi Qur'on oyatlari va hadisda Isoga berilgan ilohiy 
maqomga qarshi bir dalil topamiz: 
Ey ahli kitob, (Isoni xudo deyish bilan)  diningizda haddingizdan oshmangiz! Alloh 
sha'niga esa faqat haq gapni aytingiz! Albatta, Al-Masih Iso binni Maryam faqat 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Allohning payg‘ambari  va Uning Maryamga yetkazgan So‘zi hamda Uning tomonidan 
bo‘lgan Ruh (sohibidir), xolos. Bas, Alloh va uning payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! 
"(Tangri") uchta demangiz!" [...] ("Niso" surasi, 171-oyat) 
(Iso aytdi:) "Albatta, Alloh (mening) parvardigorim va (sizning) parvardigoringizdir. Bas, 
unga bandalik qiling. Mana shu haq yo‘ldir". So‘ng (yahudiy va nasroniy) firqalar (Iso 
xususida) o‘zaro ixtilof qildilar ("Maryam" surasi, 36-37 oyatlar)
[326]
 
Qiyomat kuni xristianlardan, nimaga e'tiqod qilgansizlar, deb so‘raganida, "Xudoning 
o‘g‘li Xristga" deb javob berishganida, ular do‘zaxga bebosh poda singari bir-birini 
suzgan va bir-birining orqasidan olovga qulab tushgan holda haydab kiriladi
[327]
. 
Sizlar, xristianlar Iso binni Maryamni ko‘klarga ko‘targaniday, meni ko‘klarga 
ko‘tarmangiz; chunki men Allohning quliman; shuning uchun: "Allohning quli va rasuli" 
deb aytingizlar.
[328]
  
Musulmonlarga kelgan vahiy eng so‘nggi ilohiy interventsiyani oqlash uchun, xuddi 
iudaizmga bo‘lgan munosabatidagiday, ammo bu safar undan ham keskinroq tarzda 
tarixan rivojlanib kelgan xristianlikka qarshi dalillarini jangga tashlaydi. Islomning qat'iy 
bid'atni rad etishi esda tutilsa, masala u o‘ziga o‘tmishdosh dinlarning xatolarini ko‘rsatib 
berishi kerakmi yoki  yo‘qmi, degan tarzda qo‘yilib, uning qonuniyligi shubha ostiga 
olinishi mumkin. Masalan, tez-tez bildirib turiladigan, Tavrot matnlarida asl vahiylar 
ishonarli tarzda saqlanib qolmagan, degan e'tirozlar sababi shunda
[329]
. Yana bir 
e'tiborga molik narsa - Qur'onning  Isoning chormix qilinganini norozilik bilan rad 
etishidir. Bu norozilikning mohiyati tarixiylikdan ko‘ra ko‘proq so‘zamollikka tortib ketadi. 
Musulmon ekzegetikasida xristianlik yanglish bir tarzda o‘z payg‘ambarini ham 
yaratilgan, ilohiy deb hisoblab hamda xochni o‘ziga ramz qilib olib, xatoga yo‘l qo‘ygani 
aytiladi
[330]
. Xoch sui generis
[331]
 yer va osmonning o‘zaro chatishishi ramzidir va, 
binobarin, u Qur'onning, behad komil Tangri ko‘p martalab (erdagi hayotga) mukammal 
interventsiya qilgan, degan qat'iy ko‘rsatmasiga qarshi chiqadi. Ushbu doktrina - 
mabdani  rad etish uchun ramzning o‘zi yo‘q qilindi.  
Shu tariqa islom ontologik nuqtai nazardan Isoning maqomini oddiy payg‘ambar 
darajasiga pasaytiradi
[332]
, ammo uning mahdiy (messiya)ligini  qoralamaydi va ayni 
hol ilk qarashda g‘ayrimantiqiy bo‘lib tuyulishi mumkin. Alloh Qur'onning tugal ekani 
hamda o‘z ishining esxatologik
[333]
 ahamiyatga molik ekanini e'lon qilish bilan nega 
Isoga  uni yuksaklarga ko‘taruvchi mahdiylik maqomini berishi kerak edi, degan savol 
tug‘ilishi tabiiy.  
Diniy amaliyot bunday payg‘ambarlik tsiklining "muhri"ga tegishli g‘ayrimantiqiy fikrga 
yechim topishga yo‘l izlayotgani aniq. Iso  mahdiydir, chunki u yahudiy rivoyatlariga 
barham berdi. Ammo Muhammad esxatologik (al-Aqib) payg‘ambardir va 
payg‘ambarlarning muhridir (Xotam ul-mursalin), chunki u shavkatli va keng miqyosli 
rivoyatni tugallaydi. Iso butunlay Musoning teskarisidir, ayni paytda hazrati Muhammad 
esa Ibrohim payg‘ambar kashshofi va boshlovchisi bo‘lgan ulkan bir an'ananing eng 
yuqori nuqtasidir. Binobarin, islomning asosiy marosimlari ko‘pincha ibrohimiy va 
esxatologik ahamiyatga molik narsalarni bir-biriga chog‘ishtiradi. Kuniga besh mahal 
namoz o‘qilishi Muhammadni Ibrohim payg‘ambar bilan bog‘lab turadigan tashahhud 
iltijosiga yaqindir. Makkaga hajga borish Ibrohimning qilgan ishlarini abadiylashtirishdir: 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling