Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
hajga borganlar suv ichadigan quduqni Ismoil qazigan deb hisoblanadi; ikki tog‘ 
o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa borib kelish Hojarning suv so‘rab qilgan iltijosini esga soladi 
va shu bilan bir vaqtda Qiyomat kuni suvsirab qiynalishni his qilishga xizmat qiladi; 
hojilar musulmonchilikda Ibrohim o‘g‘li Ismoilni qurbon qilmoqchi bo‘lgan deb 
hisoblanadigan joyni ziyorat qilishadi, unga yaqin bo‘lgan joyda, ya'ni Arofat tog‘idagi 
marosim chog‘ida "kafan kiygan" ehromdagi hojilar olomoni xuddi Qiyomat kunini esga 
soladi
[334]
.  Qur'onda  "Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo‘lmagan, balki to‘g‘ri 
yo‘ldan toymagan (hanif) musulmon bo‘lgan..."
[335]
 deyiladi hamda diniy tarixning 
muqarrar intihosini anglatuvchi ibtidoga qaytish Rasululloh hayotining maqsadi va 
uyg‘unligi ifodasi o‘laroq maydonga chiqadi.  
Ibrohim payg‘ambarga xos arxetip
[336]
 islomning o‘z universalligini, ya'ni boshqa 
dinlarni takomillashtiruvchi ilohiyotshunoslik ekanini tushunishini anglatadi. Ishoq ham 
xuddi nazaretlik avlodi Iso singari sof ibroniy edi. arablarning bobokaloni bo‘lgan Ismoil 
yarim misrlik bo‘lgan. "Ibtido" kitobida: "Men undan buyuk xalq vujudga keltiraman", 
degan va'da Allohga nisbat beriladi (17:20); so‘ngra Ishoq orqali ochilgan ahdni batafsil 
hikoya qilib bermoq uchun bu hikoyat  uzilib qoladi. Somiycha qarindoshlikni Misr 
qarindoshligi bilan bog‘lagan islom o‘z kengayishi va mansubligini yahudiy bo‘lmagan 
dunyoning ich-ichiga qadar yetib borishini e'lon qiladi.  
Shu tariqa somiycha vahiyning Ismoil payg‘ambarga xos jihatiga daxldor islomning 
intilishlari  universal  ekani ayon bo‘ladi. Hadisda aytiladiki: "Ilgarigi har bir payg‘ambar 
faqat o‘z qavmiga  payg‘ambar qilib yuborilgan edi. Men esam (Yer yuzidagi  
odamlarning hammasiga payg‘ambar qilib yuborildim"
[337]
. Shunday qilib, musulmonlar 
esxatologik jamoaga aylandi. Eng so‘nggi jamoa birinchi bo‘lajak. Hadisda Injildagi 
Matfey bayon etgan Xushxabarda keltirilgan uzumzorda ishlovchilar haqidagi 
rivoyat
[338]
 eslatilib, mana bunday deyiladi:  
Musulmonlarning yahudiy va xristianlarga  o‘xshashligi bir kishining qorong‘i tushguncha 
bir guruh kishilarni ishga yollaganiga o‘xshaydi. O'sha kishilar: "Bizga siz beradigan 
maoshning keragi yo‘q", deb faqat tushdan keyingina ishlaydi. U boshqa kishilarni 
yollaydi va ularga: "Bugun qorong‘i tushguncha mana shu ishni tugatib qo‘yinglar", 
deydi. Ular peshin namozi vaqtigacha ishlashadi va shunday deyishadi: "Faqat qilgan 
mehnatimizgina sizniki bo‘lur".  U boshqa bir guruhni yollaydi. Ular kun botib, qorong‘i 
tushguncha ishlaydi, lekin ular xuddi oldingi ikki guruh bilan birday ish haqi oladi
[339]
.  
Angularis fundamentum
[340]
, Injilning yana bir nasx qilingan tashbehi yanada 
ehtiyotkorlik bilan moslashtirib olinadi: 
Mening oldimga kelgan payg‘ambarlar haqida gapiradigan bo‘lsam, men jozibador va 
chiroyliman. Ammo men burchagida bir g‘ishtlik joyi qolgan uyga o‘xshayman. Uning 
atrofini aylanib chiqqan kishilar: "O'sha g‘isht ham joyiga qo‘yilsa, yaxshi bo‘lardi", 
deyishar edi. O'sha g‘isht menman, men payg‘ambarlarning muhriman
[341]
.  
Uchinchi hadisda esa Rasululloh nima uchun juma musulmonlarning ibodat kuni qilib 
olinganini tushuntirib beradi. Musulmonlar tarixdagi eng so‘nggi din vakillaridir va ular 
Qiyomat kuni birinchi bo‘lishlari kerak, buning ramzi esa shanba va yakshanbadan oldin 
keladigan juma kunidir
[342]
.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
Binobarin, xulosada Islomning asosiy hujjatlari ushbu dinning (eski hujjatlarni) tuzatish 
va xaloskorlik tarixi bo‘lishni nazarda tutishi ko‘rsatib o‘tilishi kerak; Qur'ondagi 
ma'lumotlarni to‘la tadqiq qilgan Jeyn MakOlif mana bunday xulosaga keladi: 
"Muhammad payg‘ambar bo‘lganidan so‘ng Tavrot xristianligining "xaloskorlik" 
ahamiyati haqida gapirishning o‘zi ortiqchalik qilib qoldi"
[343]
. Halol talqin qilingan 
matnlarda Allohning yangi Ahdi boshqa jamoalarga nisbatan bag‘rikenglik qilish 
barobarida Ibrohim dinini qayta ta'mirlagan islom ahli bilan qat'iy birga ekani qayd 
etiladi.  
Ushbu mulohaza, ahdning musulmonchilik nuqtai nazaridan qaraganda, tushunarlidir. 
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, Qur'on Tavrot darajasida 
bo‘lmagan ahddir. Ehtimol, buning sababi musulmonlarning muqaddas kitobi  alohida bir 
qavmga yo‘llangan, yoki mo‘ljallangan bo‘lmay, butun insoniyatga yuborilganida bo‘lsa 
kerak, demakki, uni tarixiy ahd bilan tenglashtirib bo‘lmaydi"
[344]
. Shunga 
qaramasdan, Qur'onning "A'rof" surasidagi 172-oyatda Alloh bilan har bir inson ruhi 
o‘rtasida dunyo yaratilmasidan burungi ibtidoiy ahd xususida so‘z boradi. Musulmonlar 
o‘z-o‘zini anglashiga ko‘ra, islom dini insoniyatning ma'lum bir bo‘lagi bilangina kelishuv 
emas, aksincha, ushbu ibtidoiy va'daning esxatologik qayta tiklanishidir. Buning 
"alomatlari"dan biri "barcha kishilar" ("Baqara" surasi, 125-oyat)ning uyini haj paytida 
ziyorat qilishdir: 
Alloh ahd qilgach, uni yozib, Qora toshga joyladi. Ka'baning atrofini aylangan vaqtda 
Toshni tavof qilgan kishilar: "E Alloh! Bu senga sig‘inganimiz, o‘zingga bergan 
va'damizni bajarayotganimiz, sening yozganlaringga imon keltirayotganimiz belgisidir", 
deyishning ma'nosi shuldir
[345]
 
Ilohiyotshunoslar payg‘ambarning mana shu ilk ahdga asoslangan munosabatni 
esxatologik nuqtai nazardan qayta tiklaganini tasdiqlash barobarida Alloh bilan Odam 
Ato avlodlaridan ma'lum bir qismi o‘rtasida keyinchalik vujudga kelgan kelishuvning 
qonuniy ekanini yerga urmoqchi bo‘ladi. 
Dinning payg‘ambar o‘limidan so‘nggi zafarli odimlarini tomosha qilish bilan bir avlod 
shakllandi. Bu avlod islomning universal tarixdagi o‘rniga dastlab mana shu bitik nuqtai 
nazari bilan qarash ruhida tarbiyalangan musulmoncha aql-zakovat egasi edi. Islom 
o‘zining zafarli yurishlari asnosida urfdan chiqib ketgan iudaizmga egalik qilishni ham 
zimmasiga olishi mumkin edi: Freyd surbetlarcha qayd etganiday: "Alloh o‘z tanlagan 
bandalariga Yahve o‘z bandalariga ko‘rgazgan marhamatdan ko‘ra ko‘proq marhamat 
ko‘rgazdi"
[346]
. Gap xristianlik xususida ketganda shuni qayd etish kerakki, ulkan 
patriarxal shaharlar bo‘lmish Antiox, Aleksandriya va boshqalarning musulmon 
dunyosiga qo‘shilib ketishiga xristianlikni urfdan chiqib qolgan din deb hisoblamaydigan 
Alloh hech qachon izn bermagan bo‘lur edi, deb iddao qilinadi. Musulmonlarning 
hukmronligi xususida gapiradigan kishilar ularning qo‘l ostiga o‘tgan shaharlarni haliyam 
xristian shaharlari deb da'vo qiladi
[347]
.  Eng muhimi, islom endilikda Quddusda 
hukmronlik qilayotgan edi, lekin keyinchalik u salib yurishi qatnashchilari, hozirgi kunda 
esa sionizm qo‘liga o‘tib ketdi, biroq shunga qaramasdan, musulmon tarixining ulkan bir 
bo‘lagi ushbu shahar musulmonlarning qo‘lida bo‘lgan. Ayni hol nasx uchun hassos va 
salkam muqaddas  dalildir. Musulmonlar Sulaymon payg‘ambarning mmahobatli 
ibodatxonasi o‘rnida Uchinchi ibodatxona sifatida, Mark bashorat qilib aytganiday, 
"barcha qavmlar ibodat qilishi uchun uy" qilib qurilgan Qubbat us-shahrani o‘ziniki deb 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
da'vo qilishga haqli.  Makka islomning Ibrohim rivoyatini qayta tiklaganining namoyishi 
ekanini hisobga olsak, Quddusga mazkur din mozaikasining kichik bo‘lagi ichidagi 
ramzning hamda butun dunyoni egallashday ulkan bir maqsadga erishish yo‘lidagi sa'y-
harakatlarning tasdig‘i sifatida qaraladi
[348]
. Ushbu istak Qubbaning  universal 
me'moriy xarakterga ega ekani, u xuddi islom hukmronligi singari, Sharq va G'arbni bir-
biri bilan bog‘lab turishining nafis bir ramzidir:  
Aslida, Qubbat us-shahra Sharq va G'arbning Sposaliziosi yoki Nuptialsidir
[349]
;  
dunyoning boshqa biror joyida, hatto avliyo Markning Venetsiyasida ham Sharq va G'arb 
bir-biriga bu qadar qo‘shilib ketmaydiyu bu bino men ko‘rgan binolar ichida eng 
muqaddasi edi
[350]

Quddus shahridagi islomiy obidalar ham nafis va puxta qilib qurilgan Avliyo Pyotr 
Bazilikasi va bir zamonlar ma'jusiylar poytaxti bo‘lgan Rimning boshqa mashhur xristian 
obidalaridan kam ahamiyatga ega emas. shu bilan bir vaqtda ushbu islomiy obidalar 
boshqa dinlarning o‘rnini egallashining majoziy belgisidir.  
Bitiklar bilan ishlash va tarixning ana shu muzaffar haqiqatlaridan xabardor bo‘lgan 
tarixchilar va o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan kalom ilohiyotshunoslari, e'tiqodning 
oldingi ko‘rinishlari bugungi kunga kelib, botil, ya'ni buzilgan, degan murosali fikrni 
ilgari surgan. Masalan, ash'ariylar ilohiyotshunosligining yetakchilaridan biri Shahristoniy 
(vaf. 1153 y.) hech o‘ylab o‘tirmasdan: "Ushbu [islom] qonun(i) boshqa barcha 
qonunlarni bekor qiladi"
[351]
, deydi.  Hatto bugungi kunda ham Qohiradagi Al-Azhar 
universitetining tolibi ilmlaridan Ibrohim al-Laqqaniy (vaf.1631 y.) ning she'rga solingan 
aqdasini yod olish talab etiladi. Unda mana bunday so‘zlar bor:  
Islom nasxi boshqa dinlar o‘rnini oldi manguga; 
Buni rad etganlarning jazosini Allohning o‘zi bersin
[352]
.  
Uning sharhlovchisi Bayjuriy esa faqat zarur so‘zlarni qo‘shib qo‘yadi: 
Bu mavzuga tegishli hadislar nihoyatda ko‘p va tavotur (og‘izdan-og‘izga o‘tib tarqalish) 
darajasiga yetadi va shu ma'noda Payg‘ambar (Uni Alloh rahmat qilsin va unga Allohning 
salomi bo‘lsin)ning dini boshqa dinlar o‘rnini egalladi va musulmonlarning o‘zaro murosa 
(ijmo) si orqali qaror topadi
[353]
.  
Boshqa bir mashhur shaxs, 13-asrda Suriyada yashagan huquqshunos An-Navaviy hatto 
quyidagilarni talab ham qiladi:  
Mabodo, biror kishi boshqa bir kishining islomdan boshqa dinga e'tiqod qilishiga 
ishonmasa, o‘zi musulmon emas, yoki o‘sha kishini dindor emas deb gumon qilsa, 
ularning mazhabini qonuniy deb bilsa, garchi islomni tan olib, unga e'tiqod qilsa ham 
kofir sanaladi
[354]

Ushbu aqidadan iqtibos olgan zamonaviy ilohiyotshunos Nuh Keller shunday qo‘shimcha 
qiladi:  
Bu faqatgina an-Navaviy ham vakili bo‘lgan shofiiylar fiqh maktabining pozitsiyasi - 
turimi bo‘lib qolmay, boshqa 3 ta sunniy maktabning ham yozib qo‘yilgan turimidir: 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
Hanafiya (Ibn Obiddin, Radd al-muxtor, 3.287), Molikiya (Ad-Dardir, "Ash-Sharh as-
sag‘ir", 4.435), Hanbaliya (Al-Bahutiy, "Kashshof al-qina", 6.170). [...] Muqaddas qonun 
nuktadonlari islomning boshqa dinlarni nasx qilishi borasidagi qarashlarida yakdil, chunki 
islomning maqsadi aslida shudir
[355]
.  
Ammo islomning oldingi dinlar ustidan g‘alaba qozongani, mantiqan olib qaraganda, 
o‘sha dinlarga e'tiqod qiladigan kishilarga nisbatan abadiy la'nat yog‘dirishni talab 
etmaydi. Keller bir hadisdan iqtibos keltiradi: "Mening Allohning payg‘ambari ekanimni 
eshitgan, ammo unga imon keltirmay o‘ladigan yahudiy yoki xristian do‘zax o‘tida 
kuyuvchilar safida bo‘ladi"
[356]
.  
Ushbu misol musulmon bo‘lmagan qavm taqdiri xususidagi an'anaviy kalom ta'limotining 
bosh masalasidir. Partikulyarizm
[357]
 teoditseyasi
[358]
 boshqa din vakillari amalini 
ma'qullamaslik johillikdan emas, ataylab rad etishdan kelib chiqadi, degan qarash bilan 
hal etiladi.  Islomda ibtidoiy gunoh (Odam Ato bilan Momo Havoning gunoh qilib 
jannatdan quvilgani ma'nosida) doktrinasi - mabdasi yo‘qdir. Islom hadis so‘zlarida "har 
bir bola ibtidoiy insoniy fitrati bilan dunyoga keladi
[359]
, ushbu fitratga  amal qilinsa, u 
omad keltirishi muqarrar"
[360]
, deb ishontirish bilan,  har bir kishi gunohi 
tasdiqlanmaguncha begunohdir, (hatto Odam Ato bilan Momo Havo jannatdan 
quvilganlaridan so‘ng ham) begunohlik bizning tabiiy holatimizdir, binobarin, jannat 
Odam Atoning avlodlari uchun erishish mumkin bo‘lgan manzildir
[361]
, deydi. Mana shu 
insonparvarlik yo‘lini tutgan kalom ilmining dastlabki nuktadonlari aql-zavokatni axloqiy 
bilimning avtonom manbai deb hisoblagan va inson aqlining, hatto o‘ziga xos vahiy 
kelmagan paytda ham Allohni va axloqiy qonunning universal mohiyatini bilib olish 
uchun umumiy vahiyni rad eta bilish qobiliyati borligini e'tirof etishgan. Faqat  ehtiyotkor 
tajriba va kuzatuv intuitsiya sifatida bizga to‘yimli va zaharli ovqatlarni bir-biridan 
ajratish imkonini beradi, xuddi shu tariqa insonlar o‘ziga xos vahiy yordamisiz ham 
yaxshilikni yomonlikdan ajratib olishi mumkin
[362]
. Darhaqiqat, moturidiya tarafdorlari 
shu ma'noda vahiy tushmagan va musulmon bo‘lmaganlarni mukallaf etish, ya'ni 
majburlash kerak, deb hisoblagan, garchi Alloh ularga vahiy tufayli nozil bo‘lgan 
mukammal qonunga ega bo‘lishni buyurmagan bo‘lsa-da, Ul zotga aks sado bergani 
uchun ularni kechiradi, deb biladi
[363]
. Chunki ular ham, xuddi musulmonlar singari 
toifadadir, ammo [islom dini] payg‘ambari va shariat hukmlaridan g‘ofil bo‘lishgani 
uchun ma'zur tutiladi
[364]
, ular funktsional diniy jamoa deb qaralashi kerak, bu jamoa 
kelgusida o‘zini jannat yoki do‘zax kutib turganini biladi.  
Ash'ariylikning keyingi davri vakillarining o‘zini vahiyning "yuksak"  nuqtai nazariga 
daxldor deb bilishi musulmon bo‘lmaganlar ham Allohni va axloq qonunini bilishga 
majburdir, degan qarashni istisno qilar edi. Shunga qaramasdan, aksariyat ash'ariylar 
ularni shunday qilishi kerak, deb hisoblar edi. Allohning birligi va adolatli ekanini tan 
oladigan, ammo vahiy yordamida nozil bo‘lgan qonunidan g‘ofil kishilar "musulmonlar 
maqomidadir" va narigi dunyoda jannatga tushishlari mumkin. Allohning bir va adolatli 
ekanini bilmasdan kufr holatida o‘lib ketadigan kishilar, garchi Alloh ularni "ajr berib 
emas, o‘zining beadad marhamati sababli xuddi balog‘at yoshiga yetmay o‘lib ketgan 
norasida go‘daklarni tushirganday jannatga tushirsa-da, ajr ham, jazo ham 
olisholmaydi
[365]
.  
Garchi kalom ilmi shu tariqa vahiy kelmagan bir paytda ham ilohiyotshunoslik mavjud 
bo‘ladi (ash'ariya) yoki hatto zarur (moturidiya) deb hisoblasa-da, Allohning bandalari 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
o‘z davrining payg‘ambarini tan olish majburiyatidan ozod etilmaydi. Uning dini 
bandalarining ehtiyojlariga qarab ilohiy bir tarzda bichilgan, bandasiga esa uni qabul 
qilish uchun mo‘‘jizalar mukofot qilib yuborilgan; binobarin, Muhammadning 
payg‘ambarligi bilan bog‘liq ishonarli alomatlar, bular jumlasiga uning qo‘lida Allohga 
hamdu sano aytgan tosh, oyning shiqqa bo‘lishi, uning barmoqlari orasidan oqqan suvni 
kiritish mumkin
[366]
;     Kimdir u mo‘‘jiza ko‘rsatishda jodu yoki ko‘zboylag‘ichlikdan 
foydalandi, deb da'vo qilsa, bu da'vosi uning Musoga nisbatan qilgan da'vosidan 
yaxshiroq emas
[367]
. Ammo oldinroq hadisda qayd qilingani va kalom ilmi murosasi 
talab etayotganiday, solih amallarni qilgandagina (oxir) zamon payg‘ambariga 
bo‘ysunish kerak. Ash'ariya va moturidiya vakillari o‘zlari aybdor bo‘lmagan hollarda 
bundan bexabar esa, faloh (najot kutish)ga nomzod bo‘ladi. Shunga qaramasdan, 
ikkala maktabga mansub ilohiyotshunoslar ham aynan qaysi nuqtada yangi vahiy dinini 
qabul qilish boshlanishini aniqlashda ojiz qolmoqda. Rum ilohiyotshunoslari  Allohni rad 
etishday gunohi - chunki  ular musulmonlar botiq mis sfera
[368]
 (kura)ga e'tiqod qiladi 
- uchun yoki lotin salb yurishi peshvolari ularning Chansons de Geste
[369]
 da 
ko‘pxudolilik dini deb kuylangan bu dinni rad etishday vazifani bajarish uchun yollangan, 
deb ishongani uchun aybdor bo‘lganmi?
[370]
 Garchi turli xil qarashlar ilgari surilgan 
bo‘lsa-da, islom ilohiyotshunosligi hech qachon aniq bir aqidaga ega bo‘lmagan. 
G'azzoliy ash'ariylarning tabiiy bilim borasidagi tushkunliklariga qaramasdan, bir 
ishonchli ko‘zqarashni ilgari suradi. U ushbu ko‘z qarashi bilan Qur'ondan oldingi (ya'ni 
johiliyat davri jamoalari) o‘zlariga yangi vahiy yetarli darajada yetkazib berilmagani 
uchun islomni rad etish yo‘lini tutgan taqdirda ham falohga mustahiq bo‘lishi mumkin, 
deb ishonishini bayon qiladi. Quyidagi  uzun iqtibos G'azzoliyning bu qarashi muhim 
ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi:  
Garchi johiliyat davri ahlining aksariyati  yo bir oz fursat yoki soat, yoki bo‘lmasa, uzoq 
vaqt jahannam olovida kuysa ham Alloh ulardan o‘z rahmatini darig‘ tutmaydi, chunki 
"Olov ahli" atamasi aynan o‘shalarga nisbatan qo‘llanishi mumkin
[371]
. Boz ustiga, 
men bugungi kunning xudojo‘y Rum xristianlari va turklarini Alloh rahmatiga olgan, deb 
hisoblayman. Men bu bilan (islomga) da'vat yetib bormagan Rum va turk yerlarining olis 
joylarida yashovchi kishilarni nazarda tutyapman. O'sha kishilar uch toifaga bo‘linadi:  
[Birinchi] toifaga Muhammad (sallallohi alayhi vasallam) otini umuman eshitmagan va 
shuning uchun kechiriladigan kishilar kiradi. 
[Ikkinchi] toifaga uning otini eshitgan, uning fazilatlari va ko‘rsatgan mo‘‘jizalarini  
biladigan kishilar mansubdir. Bu kishilar islom zaminiga qo‘shni hududlarda istiqomat 
qilishadi va o‘zlarini musulmonlar deb bilishadi. Ular kofir va mulhidin (inkor qiluvchi) 
lardir. 
Ana shu ikki toifa o‘rtasida uchinchi toifa (vakillari) bor. Ular Muhammad (sallallohi 
alayhi vasallam) nomini eshitgan. Ammo uning fazilatlari va tiynatidan bexabardir. Ular 
buning o‘rniga bolaligidan boshlaboq, xuddi bizning farzandlarimiz, meni Alloh yuborgan, 
deb xiyonatkor bir tarzda payg‘ambarlik da'vo qilgan Al-Muqanna
[372]
 ismli 
yolg‘onchining gapini eshitganday, men Muhammadman, deb payg‘ambarlik da'vo qilgan 
soxtakorlarning safsatalarini eshitishadi. Mening nazarimda, bular [uchinchi toifaga 
mansub kishilar] birinchi toifadagilar qatoriga qo‘shiladi. Garchi ular payg‘ambar nomini 
eshitgan bo‘lsa-da, aslida rasullohning tabiatiga xos bo‘lmagan fazilatlarni unga xos deb 
eshitgan. Bu hol izla(ni)sh uchun hech bir turtki bermaydi
[373]
.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
Hindistonning 18-asrda yashagan eng mashhur musulmon ilohiyotshunosi Shoh Valiulloh 
ad-Dehlaviy yetarli darajada musulmon bo‘lmaganlar ham muvaffaqiyat (Allohning 
marhamati) ga erishishi mumkin, deb ta'lim bergan. U Qur'onning "Al-A'rof" (ruhlar oxir-
oqibat jannat saodatiga erishiladigan joyga o‘tiladigan "devor")
[374]
  sifatidagi mashhur 
esxatologik xususiyatlariga munosabat bildirar ekan, o‘zining biografi so‘zlari bilan 
aytganda, mana bunday deb yozadi:    
Allohning nomasini olmagan, shuningdek, tog‘ tepasida Ul zotga e'tiqod qilmasdan, yoki 
uning mavjudligini ham bilmasdan, xuddi faqat o‘zining tabiiy ehtiyojlarini qondirishni 
o‘ylaydigan mollar singari yashayotgan kishilar ham A'rofda yashovchilar orasida bo‘ladi. 
Ular islom yorlig‘ini olgan bo‘lsalar ham, johilliklari sabab, dindan foyda ola bilmagan. 
Ular teran fikrlashga to‘sqinlik qilgan sharoitda unib-o‘sgan, tarbiyalangan. Ular faqat 
mana bunday bilimga qodir edi: musulmonlar falon-falon narsalarni tanovul qiladi, falon-
falon narsalar esa yeyish uchun harom qilingan [...]. Ular xuddi to‘rt oyoqli jonivorga 
o‘xshab, Alloh xususida hech qanday tushunchaga ega emas. (Shuning uchun) Ularni 
ayblab ham, [islomni rad etish uchun] yollab ham bo‘lmaydi
[375]
.  
Kalom ilmi doirasida Qur'on vahiysiga javoban Bag‘dodiy va boshqalar tomonidan 
rivojlantirilgan G'azzoliy va Dehlaviy ta'limoti «keng miqyosli umid»ga yo‘l ochib berishi 
shubhasiz. Ilohiyotshunoslar Muhammadga  ummat bo‘lish sog‘lom e'tiqod va hayot 
muqaddasligi uchun maksimal imkoniyatlar yaratib berishini olqishlar ekan, Allohning 
marhamati islom chegaralaridan nariga ham yoyilishi mumkinligini xuddi 
musulmonchilikdan oldingi dinlarning ba'zi bir islom ta'limotidan bexabar qavmlar to shu 
kungacha e'tiqod qilib kelayotgan shakllari chin ma'noda yakkaxudolilik g‘oyalari va 
ilohiy adolat printsipini saqlab qolganiday, osongina qabul qilishlari mumkin. Bunday 
qavmlarga kelsak,  ular uchun nasx tushunchasi o‘ta nazariydir. Ilohiyotshunoslar o‘z 
asoschilarining haqiqiy qarashlari nimadan iborat ekanini bilib olish uchun bunday din 
shakllarini tadqiq qilib, ulardan ba'zilari boshqalariga nisbatan sofroq holda saqlanib 
qolganini, ular islomning mavjudligi o‘z individual tarafdorlarining pirovard taqdirini 
qoralaydi, deb hisoblamasligini   bilib olishlari mumkin.  Shu o‘rinda, erkak yoki ayolning 
o‘z madaniy muhitida mavjud bo‘lgan diniy tutimlarga qanchalik rioya qilayotgani sifatini 
baholash mezonini faqatgina Alloh bilguvchidir, degan aqidaga amal qiladigan mulohazali 
agnostitsizm
[376]
ning ahamiyati beqiyosdir.  
Ko‘rib chiqanimizday, Qur'on pirovard fikrni aytishni Allohning zimmasiga yuklaydi, 
«Moida» surasining 48-oyatida aytilganiday, Ul zotning o‘zi dinlararo munozaralarga 
oydinlik kiritadi, deb hisoblanadi. Hadisda, ushbu oydinlik kiritilgandan so‘ng har bir 
payg‘ambar o‘z qavmi uchun shafoat qiladi, hatto chiqarilajak salbiy ilohiy hukmni bekor 
qilishga tiyiqsiz johillik ham bahona bo‘lolmasa-da, u yumshatilishi yoki har bir qavm 
himoyachilarining esxatologik  himoyasidan so‘ng rahm qilinib, gunoh kechirilishi 
mumkin, deyiladi. Binobarin, Muso adashgan yahudiylar uchun marhamat so‘raydi, Iso 
esa xristianlarning yonini oladi.  Bundan tashqari, Hazrati Muhammadning yakka o‘zi 
marhamatli payg‘ambar va Buyuk Ahdning mujaddidi sifatida qiladigan Buyuk shafoat 
oldingi din tarafdorlarining ham gunohini so‘rab olish uchun islom dini chegaralaridan 
tashqariga ham yoyiladi
[377]
. Bu hol postmodern yevangellashtirish
[378]
 deb 
tushunilmasligi kerak; bu Alloh rahmatining Rasululloh orqali zuhur bo‘lishidir.    
Ushbu muhokamalar qanday soterilogiya (najotshunoslik)ni yaratishi mumkin? Shunisi 
aniqki, oldingi sahifalarda bayon etilgan teologik tushunchalarni oddiy zamonaviy 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling