Yalpi talab va yalpi takli
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Download 129.01 Kb.
|
kurs ishim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy P↑ → aktivlarning↓ → { S↓ ( S↑ } → AD↓ real kiymati Import xaridlar samarasi
- P↑→{ X↓ ( M↑ }→Xn↓ →AD↓
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Boylik samarasi yoki real kassa koldiklari samarasi shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, jamgarilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid kobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda axoli moliyaviy aktivlarning real kiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste`mol xarajatlar mikdorini kiskartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so`m bo`lsa, undan xech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflyatsiya ta`sirida mashina narxi 12 mln. so`mga ko`tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so`m to`plash uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko`prok kismini jamgaradi. Iste`mol xarajati yalpi talabning bir kismi bo`lganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib keladi. Moliyaviy P↑ → aktivlarning↓ → { S↓ ( S↑ } → AD↓ real kiymati Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashki narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chikarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va o`z navbatida shu mamlakatda import maxsulotlarga bo`lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YAIMga talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport xajmi orkali yalpi talab xajmiga ta`sir ko`rsatadi. P↑→{ X↓ ( M↑ }→Xn↓ →AD↓ Yuqorida ko`rib o`tilgan omillar yalpi talabning baxo omillari deb ataladi. Bundan tashkari yalpi talabning baxoga boglik bo`lmagan omillari xam mavjud. Bu omillardagi o`zgarishlar yalpi talabning mikdorida o`z aksini topadi va uning egri chizigini chapga yoki o`ngga siljitadi (9-chizma). YAlpi talabning baxoga boglik bo`lmagan omillariga kuyidagilarni kiritamiz: 1. Iste`mol xarajatlaridagi o`zgarishlar: a) iste`molchilarning real moddiy aktivlari mikdorining o`zgarishi; b) iste`molchilar kutishi; v) iste`molchilarning karzlari mikdorining o`zgarishi; g) iste`molchilar daromadlaridan olinadigan soliklar mikdorining o`zgarishi. 2. Investitsiya xarajatlaridagi o`zgarishlar: a) foiz stavkasidagi o`zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining o`zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliklar mikdorining o`zgarishi; g) yangi texnologiyalarning ishlab chikarishga jalb kilinishi; d)zaxiradagi kuvvatlar o`zgarishi. 3. Davlat xarajatlarining o`zgarishi. Masalan, xarbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshka muassasalar kurishga karor kilinganda. 4. Sof eksport xajmidagi o`zgarishlar. a) boshka mamlakatlar milliy daromadlarining o`zgarishi. b) valyuta kurslaridagi o`zgarishlar. Pulning mikdoriy nazariyasi tenglamasi yukoridagilardan tashkari yalpi talabning narxlarga boglik bo`lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. YAlpi talabning baxoga boglik bo`lmagan omillari ta`sirida AD egri chizigi o`ngga yoki chapga siljiydi (1-chizma). Natijada ma`lum baxo darajasiga mos keluvchi talab kilinayotgan yalpi ichki maxsulot xajmi o`zgaradi. Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshka davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma`lum mikdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) okibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizigining o`ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo`lgan xolatlarda AD egri chizigi chapga siljiydi. Download 129.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling