Yalpi talab va yalpi takli
AD-AS modelida makroiktisodiy muvozanat
Download 129.01 Kb.
|
kurs ishim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq kesmasidagi muvozanat
- 4-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasidagi muvozanati.
4.AD-AS modelida makroiktisodiy muvozanat.
AD va AS egri chiziklarining kuesishish nuktasi ishlab chikarishning muvozanatli xajmi va baxolarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baxolarning muvozanatli darajasi deganda baxolarning shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo`lishi kerak. Modlelda makroiktisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oralik kesmada ko`rib chikamiz (11-chizma). Dastlab muvozanat e nuktasida o`rnatilgan. Baxolarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chikarish xajmining muvozanatli xajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chikarishning muvozanatli xajmiini bildirishini ko`rsatishimiz uchun baxolarning muvozanatli darajasi Pe emas,balki P1 deb xisoblaymiz. 3-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq kesmasidagi muvozanat Baholar darajasi P1 bo‘lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi. Iste’molchilar baholar darajasi P1 bo‘lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo‘lganligi tufayli iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko‘tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Y e gacha oshirishga va iste’molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Pe baho baholarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir. 9.4-rasmda yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini bilan keyns kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o‘zgaradi. Buni tushunish uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvazanatli hajmini Ye va muvozanatli baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz. 7 4-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasidagi muvozanati. Muvozanatli ishlab chikarish xajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu xajmni Y1 deb xisoblaymiz. U xolda AD YAlpi talab egri chizigini AS egri chizigining vertikal kesmasida o`zgarsa bu ishlab chikarish xajmiga ta`sir ko`rsatmaydi va fakat baxolar darajasi o`zgaradi, xolos. YA`ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chikaradi. YAlpi taklifning bu kesmasida talabning xar kanday o`zgarishi fakat baxolar darajasi o`zgarishga olib keladi. Ishlab chikarish xajmi esa to`lik bandlik sharoitida o`zgarmay koladi. Download 129.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling