Yalpi talab va yalpi takli
YAlpi taklif grafigi va omillari
Download 129.01 Kb.
|
kurs ishim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keyns kesmasida
3. YAlpi taklif grafigi va omillari.
YAlpi taklif deganda muayyan baxolar darajasida ishlab chikarilishi va taklif kilinishi mumkin bo`lgan tovar va xizmatlarning real xajmi tushuniladi. YAlpi taklif tushunchasi ko`pincha yalpi ichki maxsulot sinonimi sifatida ko`llaniladi. Baxolarning yukori darajasi ishlab chikaruvchilarga ko`shimcha maxsulot ishlab chikarishga ragbat yaratadi va aksincha past baxolar maxsulot ishlab chikarish xajmini kiskarishga olib keladi. SHuning uchun xam milliy ishlab chikarish xajmi bilan baxolar darajasi o`rtasida to`gri aloka mavjud. Demak, maxsulot ishlab chikarish xajmi baxolar o`sib borishi bilan o`sib, pasayishi bilan tushib boradi. YAlpi taklif (AS) egri chizigi aloxida tovar taklifi egri chizigidan fark kilib uch kismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko`tarilib boruvchi yoki oralik kesma xamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (10-chizma). Bunday xolat yalpi taklifni taxlil kilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izoxlanadi. Iktisodiy adabiyotlarda ko`pincha oralik kesma xam keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. YAlpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chikarishning xakikiy xajmi uning potentsial xajmidan, ya`ni to`lik bandlik sharoitida erishishi mumkin bo`lgan xajmidan kamdir. Demak bu kesma iktisodiyot pasayish boskichida bo`lgan va katta mikdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko`rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baxolar darajasiga ta`sir ko`rsatmagan xolda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chikarish xajmi oshishi baxolar darajasi o`zgarmay kolgan sharoitda ro`y beradi. YAlpi taklif egri chizigining Keyns kesmasida iktisodiyotni nisbatan kiska muddatda amal kilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni taxlil kilish kuyidagi shartlarga tayanadi: 1-chizma. Yalpi taklif egri chizigi. iqtisodiyot ishlab chikarish omillari to`lik band bo`lmagan sharoitda amal kiladi; baholar, nominal ish haqi kayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam ta`sirlanadi; real mikdorlar (ishlab chikarish, bandlilik, real ish) xaki xarakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta`sirlanadi. Download 129.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling