Yalpi talab va yalpi takli


Vertikal yoki klassik kesma


Download 129.01 Kb.
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi129.01 Kb.
#1504071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishim

Vertikal yoki klassik kesmada iktisodiyot to`lik bandlik sharoitiga yoki ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko`ramiz. Iktisodiyot egri chizikning bu kesmasida o`zining ishlab chikarish potentsiali darajasida bo`ladi. Bu shuni bildiradiki, baxolarning xar kanday oshishi ishlab chikarish xajmining oshishiga olib kelmaydi. CHunki, iktisodiyot to`lik kuvvatda faoliyat ko`rsatayapti. To`lik bandlik sharoitida ayrim firmalar boshka firmalarga nisbatan resurslarga yukorirok baxolarni taklif etish orkali ishlab chikarish xajmini oshirishga xarakat kiladi. Ammo, bunday xolatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chikarish xajmini oshirishi, boshkalari uchun yo`kotishga olib keladi. Natijada bu maxsulotlar baxosi oshishi mumkin, lekin ishlab chikarishning real xajmi o`zgarmay koladi.
Klassik nazariyada yalpi taklifni taxlil kilish kuyidagi shartlarga tayanadi:
ishlab chikarish xajmi fakatgina ishlab chikarish omilari xajmiga va texnologiyalarga boglik va baxolar daoajasiga boglik emas;
ishlab chikarish omillari va texnologiyalarda o`zgarish sekinlik bilan ro`y beradi;
iktisodiyot to`lik bandlik sharoitida amal kiladi, ya`ni ishlab chikarish xajmi potentsial darajaga teng;
baxolar va nominal ish xaki o`zgaruvchan, ularning o`zgarishi bozorlarda muvozanatni ta`minlab turadi.
Oralik kesma – ishlab chikarish real xajmining o`sishi narxlar darajasining o`sishiga mos ravishda o`sib boradi. Nima uchun? CHunki, iktisodiyotning pasayish xolatidan to`lik bandlikka o`tishi noteks va turli vaziyatlarda ro`y beradi. Masalan, ayrim tarmoklarda resurslarning etishmasligiga duch kelinsa, boshka tarmoklarda xozircha ortikcha resurslar mavjud bo`ladi. SHuningdek, ular ishlab chikarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to`gri keladi. Bu esa maxsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada baxolar darajasining o`sishiga olib keladi.
Ishlab chikarish xajmi ko`payishi yoki kamayishi baxoga boglik bo`lmagan omillar xisobiga xam ro`y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizigini o`ng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Baxoga  boglik bo`lmagan omillarnig xususiyati shundaki, ular maxsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta`sir kiladi va shu orkali jami taklif egri chizigining siljishiga sabab bo`ladi. Bu omillarga texnologiyalardagi o`zgarishlar, ishlab chikarish omillari mixdorining o`zgarishi, resurslar baxolarining o`zgarishi, firmalarni solikka tortishdagi o`zgarishlar boshkalar kiradi.

Download 129.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling