Янги китоб
Ixtiro va ratsionalizatorlik faoliyati. Ishlab chiqarishni
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
14. Ixtiro va ratsionalizatorlik faoliyati. Ishlab chiqarishni
konstruktorlik tayyorlashni tashkil etish. Ratsionalizatorlik faoliyati Aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal va b. ni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan faoliyat; shunday faoliyat bilan shugʻullanish. Ixtiro — xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiy, madaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangilik. Tor maʼnoda — davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy yechim. Har qanday yangilik ham ixtiro boʻlavermaydi. Masalan, quruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar (mas., abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) ixtiro hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat nazariy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan boʻlishi lozim. Ixtiro qonun bilan 157 muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning ixtiro boʻlish shartlari belgilanadi. Bu shartlardan asosiysi masalaning eng yangi hisoblangan texnik yechimidir. Muayyan taklifni ixtiro deb hisoblash uchun undan bir necha marta foydalanish imkoni ham boʻlishi kerak. Ixtironing yangiligi, yaʼni birinchi ekanligi (koʻpincha, ixtirochilikka oid tashkilotlarga berilgan hujjat — ariza sanasi) oldin berilgan mualliflik guvohnomalari va patentlar, ixtirolar eʼlon qilinadigan tegishli adabiyotlar, koʻrgazmalarda namoyish qilingan eksponatlar va b.ga muvofiq, aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ixtirochi boʻla olish shartlari va uni tasniflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994 yilda tasdiqlangan "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari haqida"gi qonunda belgilangan. Ixtiro boʻyicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik guvohnomasi va patent berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi . Kashfiyot — izlanish, tekshirish, izlanish, tekshirish natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravishda ilmiy idrok qilish natijasida erishiladi. Kashfiyot tufayli moddiy dunyoning ilgari insoniyatga maʼlum boʻlmagan obʼyektiv qonuniyatlari, xossalari va hodisalari maʼlum boʻladi. Kashfiyot insoniyatning bilish jarayoni darajasini tubdan oʻzgartiradi. Kashfiyot fan-texnika inqilobining asosini tashkil etadi, fan va texnika taraqqiyotiga tubdan yangi yoʻnalishlarni baxsh etadi. Inson bosib oʻtgan tarixiy jarayonda juda koʻp kashfiyotlar qilindi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin. Mac, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta yangilik boʻlsa ham u ixtiro hisoblanadi, I. Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olamshumul kashfiyot dir. Hatto ichki yonuv dvigatelining yaratilishi ham ixtiro, lekin N.Kopernikning Yerning oʻz oʻqi atrofida va sayyoralar (shu jumladan, Yer)ning Quyosh atrofida aylanishi toʻgʻrisidagi gʻoyasi — olamshumul K. Avtomobil va samolyotning yaratilishini ham ilmga, tabiat qonuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Lekin Galileo Galileyning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish chizmasini yaratishi kashfiyot hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sto, Ulugʻbek yaratgan qonuniyatlar ham kashfiyotlar jumlasiga kiritiladi. Har qanday ixtiro ham kashfiyot boʻla olmaydi, lekin ixtiro kashfiyotga suyangan holda qilinadi. Atom va vodorod bombalarining kashf qilinishini kashfiyot jumlasiga kiritish mumkin, biroq, raketalarni yasash ixtiro hisoblanadi. Kashfiyot ham, ixtiro ham qonunchilikda muhofazalanadi. Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni roʻyxatga olish, mualliflik huquqini qonunlarda mustahkamlab qoʻyish davlat tizimi mavjud. Oʻzbekistonda kashfiyot va ixtirolarni muhofazalash ishlari bilan OʻzR Davlat patent idorasi shugʻullanadi. 158 Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi O‘zbekiston respublikasida ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida 596- son qaroriga asosan Respublika oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda novatorlikning muhim ahamiyatini e’tiborga olib hamda ixtirochilar va ratsionalizatorlarning ijodiy imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida ratsionalizatorlik faoliyati to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.Vazirliklar, idoralar, konsernlar, tashkilotlar va korxonalar ratsionalizatorlik sohasidagi me’yoriy hujjatlarni ratsionalizatorlik faoliyati to‘g‘risidagi Nizomga muvofiqlashtirildi.Ixtirochilar va ratsionalizatorlarning me’yoriy-uslubiy va tashkiliy ta’minlanishini nazorat qilish va ularning manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatiga yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasining barcha korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari, mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, 1993-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi mulki bo‘lgan ratsionalizatorlik takliflari va ixtirolarni foydalanishdan hosil bo‘lgan tejashning 1 foizi miqdorida O‘zbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati foydasiga mablag‘ ajratishlari ko’rib chiqildi. Ratsionalizatorlik faoliyati to‘g‘risida Nizomga asosan t aklif berilgan korxona uchun yangi va foydali bo‘lgan buyum konstruksiyasini, ishlab chiqarish texnologiyasini, material (modda) tarkibini yaratish yoki o‘zgartirishni nazarda tutadigan texnik yechim, shuningdek, korxona uchun yangi bo‘lgan va mehnat, xom ashyo, yoqilg‘i-energetika va boshqa moddiy yoki moliyaviy manbalarni tejaydigan tashkiliy yechimlar Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling