Kerakli jihoz va materiallar: shifokor
kostyumi, o‘yinchoq hayvonlar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar Chukovskiyning «Doktor
Voyjonim» asarini yodga oladi.
2. Rollarni taqsimlash.
3. Sahna namoyishi:
Bolalar o‘yinchoq hayvonlarini tanlab
olib, navbatma-navbat «Doktor Voyjonim»ga
davolatish uchun olib kelishadi.
Qo‘shimcha: bolalar rollarini almashtiradilar.
E’tiborga molik jihagi: jamoada birga o‘ynash malakasi, hayot xavfsizligiga rioya etish.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Pashsha Tsokotuxa» syujetli-rolli o‘yini
Maqsad: bolalar sahnalashtirishda mustaqil
ravishda qatnashadilar, ertak qahramonlarining
his-tuyg‘ularini tushunadilar va o‘yin orqali
ko‘rsatib beradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: «Pashsha
Tsokotuxa» asari va uning illyustratsiyasi,
ertak qahramonlarining kostyumlari, ertakka
atributlar.
Faoliyatning borishi:
1. «Pashsha Tsokotuxa» asari syujetini
eslash.
2. Bolalarga ertak qahramonlari
rollarini taqsimlash.
3. Bolalarning ertakdan parcha tanlashi.
4. Ertakni sahnalashtirish.
Qo‘shimcha: rollarni almashtirishni taklif
qilish.
E’tiborga molik jihati: tengdoshlar bilan
muloqot qilish, o‘z harakatlarini boshqa bolalar
harakatlariga muvofiqlashtirish, badiiy kitobga qiziqish bildirish, ertak qahramonlarini, ularning harakatlarini mohirlik bilan ijro etish.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
Kim qayerda yashaydi?
Maqsad: bolalar hayvon, qush, hasharotlarning
yashash joylari nomlarini biladilar va ularni
farqlaydilar. Ularga mehribon munosabatda
bo‘ladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: tematik
kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Hayvonlar, hasharotlar, qushlar rasmini
kurib chiqish.
2. Uch (hayvonlar, hasharotlar, qushlar)
Guruhga bo‘lish.
3. Rasmlardan jonzotlar yashaydigan joy
iomlarini aytish (uya, in, daraxt kovagi).
4. Hayvonlar rasmini ularga mos yashash
maskanlariga qo‘yish va qaysi hayvonga tegishli
ekanini aytish: teshik - tulki uchun, in – ayiq uchun, daraxt kovagi - olmaxon va boyo‘g‘li uchun, uya – qush uchun, molxona - sigir, buzoqlar uchun, chugurchuq ini chugurchuq uchun, quyonxona- quyonlar uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |