Qo‘shimcha: boshqa hayvonlar va parrandalarning
uylarini eslash.
e’tiborga molik jihati: mavzuli kartochkalar
(bilan mustaqil ishlash ko‘nikmasi.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
Hasharotlar dunyosi
Maqsad: bolalar hasharotlar haqida tasavvurga
ega bo‘ladilar, hasharotlarni taniydilar va
ularning nomlarini aytadilar: kapalak, ninachi,
xonqizi, asalari, qo‘ngiz, chigirtka.
Kerakli jihoz va materiallar: kartochkalar,
hasharotlar mulyaji, jumboq hasharotlar.
Faoliyatning borishi:
1. Hasharotlar mulyajini ko‘rib chiqish va
ularning nomini aytish.
2. Pazl yig‘ish, qaysi hasharotni yig‘ganini
bilish, unga taqlid qilish.
3. Hasharotlar haqida topishmoqlar aytish.
Ko‘shimcha: yana qanday hasharotlarni bilishlarini aytish, ular haqida do‘stlariga gapirib berish.
E’tiborga molik jihati: tovushlarning to‘g‘ri
talaffuzi, bolalarning emotsional holati.
Fan va tabiat markazi
O‘zbekiston qushlari
Maqsad: bolalar ayrim qishlab qoladigan va
issiq o‘lkalarga uchib ketadigan qushlar nomini
biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: «O‘zbekiston
qushlari» fotoalbomi yoki slaydlari,
«Qushlarning ovozlari» ovoz yozuvi.
Faoliyatning borishi:
1. «O‘zbekiston qushlari» albomini
yumosha qilish.
2. Qushlar nomlarini topish.
3. «Qushlar ovozi» ovozli yozuvlarini
tinglash.
4. Alohida varaqlarda qishlovchi va uchib ketuvchi qushlarni belgilash topshirig‘ini
bajarish.
Qo‘shimcha: qushlarga taqlid qilish, boshqa qushlar tasvirlangan kartochkalarni ko‘rib chiqish.
E’tiborga molik jihati: xotira va diqqatni
rivojlantirish, tinglash malakasi.
Fan va tabiat markazi
Kapalakning hayot muddati (tsikli)
Maqsadi: bolalar hasharotlarning hayoti bilan
tanishadilar, kapalakning tuzilishini tasvirlab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |