Январь ойи


Download 6.53 Mb.
bet154/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

E’tiborga molik jihati: o‘z fikrlarini
boshqalar bilan muxokama qilish va o‘zaro kelisha olish qobiliyati, tengdoshlariga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lish.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
«Bayram dasturxoni» Rasmga qarab
hikoya tuzish
Maqsad: bolalar bayram dasturxoni haqida
tasavvurga egalar. Rasmga qarab qisqa tavsiflovchi hikoya tuzishni biladilar. Mehmon kutish odobini ayta oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: mavzu bo‘yicha
rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni ko‘rib chiqish.
2. Rasm bo‘yicha umumlashtiruvchi so‘zlarni
aytish.
3. Tavsiflovchi hikoya tuzish.
Qo‘shimcha: mulyajlar bilan dasturxon bezash.
E’tiborga molik jihati: rasmga qarab hikoya
tuzish. 3-5 yoki undan orgiq so‘zlar ishtirokida
gaplar tuzish.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
«Men kimman, toping?» ta’limiy o‘yini
Maqsad: bolalar mehmon kutish odobini
biladilar, lug‘at boyligi kengayadi, taqlid qilish mashqlari orqali ovoz va to‘g‘ri nafas olish shakllanadi, diqqat bilan tinglash va mehmonni kim ekanligini topish bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Kerakli jihoz va materiallar: o‘yin uchun turli qush va hayvonlarning suratlari tasvirlangan kartochkalar, tovushlarning audioyozuvlari.
Faoliyatning borishi:
1. Mehmon va mezbon odobi haqida suhbat.
2. Har xil hayvonlarning ovozi
tushirilgan audioyozuvlarni tinglash.
2. Qush yoki hayvonning rasmi tasvirlangan
kartochkani tanlash, uning tovushiga mos taqlid
qilish.
3. «Men kimman, toping?» ta’limiy o‘yini.
Qo‘shimcha: mavzu bo‘yicha maqollar aytish.
E’tiborga molik jihati: kelgan mehmon
kimligini topish uchun diqqat bilan tinglash.
Fan va tabiat markazi
bug‘doy ekamiz (amaliy tajriba)
Maqsad: bolalar bug‘doyni, bug‘doydan un
olinishini biladilar, ularda bug‘doy xalq
boyligi ekanligi haqida tasavvur shakllanadi.
Un mahsulotlarini isrof qilmaslik, fermerlar
mehnatini ardoqlash haqida bilimga ega
bo‘ladilar.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling