E’tiborga molik jihati: tartib bilan ishlash
va boshqalarga xalal bermaslik.
San’at markazi
«Natyurmort» (tuzli xamirdan)
Maqsad: bolalar hajmli kompozitsiyalar (natyurmort)ni yaratadilar, xamir bilan ishlash texnik ko‘nikmasiga egalar, bir nechta ob’ektlarni joylashtirib uyg‘un kompozitsiya yarata oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: tayyor buyumlar namunalar, tuzli xamir, loy, plastilin, pichoqcha, kleyonka, idishchalar, salfetkalar va bezaklar, maxsus taxtachalar.
Faoliyatning borishi:
1. Tayyor natryumortlarni ko‘rib chiqish.
2. Mustaqil ish.
3. Bolalar ishining ko‘rgazmasi.
Qo‘shimcha: mevalar uchun likopcha yoki vaza yasash.
E’tiborga molik jihati: mevaning rangi,
predmetlarning shaklini o‘ziga o‘xshatib yasash.
San’at markazi
Rasm: «Bahor manzarasi»
Maqsad: bolalar «Manzara» (peyzaj) so‘zining
ma’nosini tushunadilar. Mustaqil syujet tanlab, uning xarakterli belgilarini ko‘rsata oladilar, ijodiy qobiliyat, kuzatuvchanlik rivojlanadi.
Kerakli jihoz va materiallar: albom varaq-
lari, qalam, akvarel bo‘yoqlari, mo‘yqalamlar, suv idish, politralar, salfetka.
Faoliyatning borishi:
1. Bahor manzarasining tasviri bilan
tanishish.
2. Namunaga ko‘ra yoki ijodiy yondashib
manzara chizish.
Qo‘shimcha qism: bolalar rasmlari ko‘rgazmasini
tashkil etish.
E’tiborga molik jihati: mustaqil ishlash
qobiliyati.
MART
OY MAVZUSI: «GO‘ZAL BAHOR»
Do'stlaringiz bilan baham: |