Yengil atletika va uni


– 1981-yillar davomida ayollar o‘rtasida ko‘pkurash


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

1922 – 1981-yillar davomida ayollar o‘rtasida ko‘pkurash 
yengil atletika sport turi dasturlari tarkibida amalga oshirilgan 
o‘zgarishlar
Ko‘pkurash dasturiga kiritilgan yengil atletika turlari
№ Yillar
Turlari
1. 1922-yil 60m ga yugurish
Nayza uloqtirish
Uzunlikka sakrash
200m ga yugurish
Balandlikka sakrash
2. 1933-yil 60m ga yugurish
Yadro itqitish
Balandlikka sakrash
Nayza uloqtirish
Uzunlikka sakrash
3. 1948-yil G‘ovlar osha 80 mga yugurish, Uzunlikka sakrash
Yadro itqitish
200m ga yugurish
Balandlikka sakrash
4. 1969-yil G‘ovlar osha 10 mga yugurish, Uzunlikka sakrash
Yadro itqitish
200 mga yugurish
Balandlikka sakrash
5. 1977-yil G‘ovlar osha 10 mga yugurish Uzunlikka sakrash
Yadro itqitish
200 mga yugurish
Balandlikka sakrash
6. 1981-yil G‘ovlar osha 10 mga yugurish Uzunlikka sakrash
Balandlikka sakrash
Nayza uloqtirish
Yadro itqitish
800 mga yugurish
200 mga yugurish
Djeki Djoyner Kersi tomonidan o‘rnatilgan rekord natija ehtimol
uzoq vaqt davomida rekordlar ro‘yxati tarkibida qolishi tahmin 
qilinadi. Yettikurash sport turi bo‘yicha ayol sportchilar 28-yildan 
buyon bahs olib borishmoqda. 
Biroq, erishilgan yutuqlarni takrorlash qiziq emasligi, yanada 
ko‘proq natijalarga erishishga intilish – bu inson tabiatiga xos 
xususiyat hisoblanadi. Shunday qilib, dastlab beshkurash ko‘rinishida 
ishlab chiqilgan yengil atletika sport turi keyinchalik yettikurash 
shaklida kuchga kirgan. Hozirgi vaqtda G‘arb olamida har-yili ayollar 
o‘rtasida super ko‘pkurash sport turi bo‘yicha o‘tkaziluvchi – «Double 


520
Heptathlon/Tetradecathlon» musobaqasi borgan sari ommalashishi 
qayd qilinmoqda. Bu musobaqalar o‘z tarkibiga 14 ta yengil atletika 
sport turlarini jamlab olgan bo‘lib, musobaqalar ikki kun davomida 
o‘tkaziladi:
1 – kun: 100 metr masofaga tezlik bilan yugurish, balandlikka 
sakrash, 1500 metr masofaga yugurish, 400 metr masofaga tezlik bilan 
yugurish, yadro uloqtirish, 200 metr masofaga yugurish, 100 metr 
masofaga yugurish;
2 – kun: 100 metr masofaga tezlik bilan yugurish, balandlikka 
sakrash, 1500 metr masofaga yugurish, 400 metr masofaga yugurish, 
yadro uloqtirish, 200 metr masofaga yugurish, 100 metr masofaga 
yugurish.
Hozirgi kunda ushbu sport dasturi bo‘yicha 22 marta dunyo 
birinchiligi musobaqalari o‘tkazilgan. Jumladan, rossiyalik ayol 
sportchi – I.Ilina ushbu musobaqalarda ikki karra g‘oliblikni qo‘lga 
kiritgan. Uning eng yaxshi natijasi – 10086 ochkoga teng hisoblanadi. 
2002-yilda Finlyandiyalik ayol sportchi M.Kelo tomonidan yangi 
dunyo rekordi o‘rnatilgan bo‘lib, uning natijasi – 10798 ochkoni 
tashkil qiladi. 
Rasmiy vakolatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan ayollar o‘rtasidagi 
yengil atletika ko‘pkurash sport turi bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish 
bo‘yicha rasmiy o‘zgartirishlarni kiritish fikri ilgari surilsa, har doim 
ko‘pchilik mutaxasislar tomonidan bu holat o‘z – o‘zidan tushunli 
holat sifatida qabul qilinadi. Shunday qilib, 2001-yilda Edmonton 
shahrida (Kanada) o‘tkazilgan IAAF Kongressida ayollar o‘rtasidagi 
o‘nkurash sport turini rasmiy musobaqalar dasturi tarkibiga kiritish 
masalasi muhokama qilingan va 2008-yilda Olimpiada o‘yinlarida 
ayollar o‘rtasidagi o‘nkurash sport turini dastur tarkibiga kiritishga 
ko‘rsatma ishlab chiqilgan. Biroq, 2008-yilda Olimpiada o‘yinlarini 
yettikkurash sport turi bo‘yicha o‘tkazishga qaror qilingan. 
Ayollar o‘rtasidagi o‘nkurash sport turi musobaqalari erkaklar 
o‘rtasida o‘tkaziluvchi ushbu turdagi sport musobaqasi singari, odatda 
ikki kun davomida o‘tkazilishi belgilangan:
1 – kun: 100 metrga yugurish, disk uloqtirish, langarcho‘p bilan 
sakrash, nayza uloqtirish, 400 metr masofaga yugurish o‘tkaziladi;


521
2 – kun: 100 metr masofaga tezlik bilan yugurish, uzunlikka 
sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, 1500 metr masofaga 
yugurish amalga oshiriladi. 
Bu struktura IAAF Ayollar qo‘mitasi tomonidan tavsiya qilingan, 
bu ko‘rinishdagi ketma – ketlik tartibi o‘nkurash bo‘yicha erkaklar 
va ayollar o‘rtasidagi musobaqalarni birgalikda o‘tkazishda hakamlar 
korpusiga yordam berishi qayd qilinadi. Hozirgi kunda bir necha 
davlatlarda (Rossiya, Franstiya, Polsha, Germaniya, AQSh va 
boshqalar) ayollar o‘rtasida o‘nkurash sport turi bo‘yicha mamlakat 
miqyosida chempionat tashkil qilingan, shuningdek, bu sport turi 
bo‘yicha bir nechta Halqaro miqyosdagi musobaqalar ham o‘tkazilgan. 
Shunday qilib, bu sport turi bo‘yicha dastlabki Rossiyalik ayol sportchi 
A.Stenkova hisoblanib (2003-yil), uning umumiy to‘plagan ochkosi 
7742 ni tashkil qiladi. Shuningdek,, ayollar o‘rtasida o‘nkurash bahslari 
tashkil qilinishi qisqa davri ichida 2004-yilda Fransiyada o‘tkazilgan 
musobaqalarda Qozog‘istonlik ayol sportchi – I.Naumenko 7798 
ochko to‘play olgan va bu yo‘nalishda uchinchi yuqori natijani qo‘lga 
kiritgan. Hududiy musobaqalarda Missuri shtati Universitetida (AQSh) 
o‘tkazilgan o‘nkurash musobaqasida 2004-yilda Afinada o‘tkazilgan 
yettikurash bahslari kumush medali sohibi – Litvalik ayol sportchi 
A.Skuyte 8358 ochko to‘plagan va undan oldin dunyo miqyosida eng 
yaxshi natijani qayd qilgan Fransiyalik ayol sportchi – M.Kollonvill 
natijasini 216 ochkoga yaxshilashga muvafaq bo‘lgan. Ukrainada 
yengil atletika federatsiyasi tarkibida ayollar o‘rtasida o‘nkurash sport 
turi yo‘nalishid musobaqalar hali o‘tkazilmagan. 
Uzoq vaqt davomida o‘nkurash sport turi faqat erkaklar o‘rtasida 
o‘tkaziluvchi yengil atletika sport turi sifatida qayd qilingan, biroq 
davrlar o‘tishi bilan o‘z – o‘zidan an’analar ham o‘zgaradi. O‘nkurash 
sport turi iste’dodli yosh yengil atletikachi sportchilar o‘rtasida keng 
miqyosda qiziqish o‘yg‘otadi, o‘z navbatida ayol sportchilar o‘rtasida 
ushbu maksimal darajada murakkab va qiyin yengil atletika sport turi 
bo‘yicha ham dunyo miqyosidagi sovrinli o‘rinlarni egallash g‘oyasi 
rivojlantirilgan.


522

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling