Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Oqar suvlarning geologik ishi


Download 87.91 Kb.
bet18/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Oqar suvlarning geologik ishi
Yer yuzasidagi oqar suvlar quruqlik denudasiyasining eng muhim omillaridan biri. Suv oqimlari rel'efning parchalanishiga va materiklar yuzasining pasayishiga olib keladi. Ular atmosfera yog‘in-sochinlari va qorlarning erishi tufayli vujudga keluvchi differensiasiyalanmagan mayda jilg‘alardan tortib to azim daryolar tizimigacha bo‘lgan suv oqimlarini o‘z ichiga oladYer yuzasi oqim suvlarining geologik ishi suvning massasiga va uning oqim tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Uning ishi tog‘ jinslarini yuvish, nurash mahsulotlarini tashish va yotqizishdan iborat. Yuza suvlari bajarayotgan barcha jarayonlar va bunda hosil bo‘lgan yotqiziqlar majmuasi flyuvial (lotinchada «flyuvios» – daryo, oqim degan ma'noni anglatadi) jinslar deyilaNurash mahsulotlarining asosiy qismi suv oqimlari yordamida ko‘chiriladi. Bunday oqimlar quruqlik oqimlari (daryolar, soylar) va havza oqimlaridan (sohilbo‘yi, kontur, tranzit va turbid oqimlari) iborat bo‘ladi. Quruqlikda suv oqimlari rel'ef qiyaligi tufayli vujudga keladi. Bunday suv oqimlarining tezligi tekisliklarda 1,5-1,6 m/sek, tog‘larda 5-8 m/sek gacha boradi. Oqim tezligining o‘zgarishi o‘zan kengligiga, chuqurligiga va rel'ef qiyaligiga bog‘liq. O‘zanning torayishi oqim tezligini oshiradi.Laminar oqimlarda oqim chiziqlari (suyuqlik zarralarining harakat yo‘nalishi) bir-biriga parallel va bir xil tezlikda bo‘ladi. Bunda oqim parallel qatlamlar to‘plami sifatida harakatlanadi. Laminar oqimlar nisbatan sekin, asosiy oqimga mos kelmaydigan komponentlari amalda hisobga olinmaydigan darajada kichik bo‘ladi. Turbulent oqimlarda oqim chiziqlari buralib o‘zgaruvchi uyurmalar tizimini tashkil etadi. Bunda o‘zgaruvchi uyurmalarning yo‘nalishi va tezligi o‘rtacha arifmetik oqimnikidan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, uyurmalarda suv massasi chapdan o‘ngga, pastdan yuqoriga va aksincha harakatlanib, “o‘ynab” oqadi.Turbulent oqimlarda yirik bo‘lakli jinslar (g‘o‘laklar va graviy) dumalab, qum donalari sal'tasiya (sakrab-sakrab) yo‘li bilan, alevrit va gil zarralari esa muallaq holda ko‘chiriladi. Turbulent oqimlar laminar oqimlarga aylanib, tezligi susayganda yirik bo‘lakli jinslar oqim o‘zanida cho‘kib qoladi, qum donalari dumalash orqali, alevrit va gil zarralari oqim tufayli, hali suspenziyada bo‘lganligi sababli, muallaq holda ko‘chiriladi. Laminar oqimlarda o‘zan tubidagi notekisliklar cho‘kindi materiallar bilan to‘lib, tekislanib boradi. Turbulent oqimlarda esa chuqurlatish eroziyasi tufayli o‘zan tubi notekisligicha qolaveradi.Vaqtinchalik suv oqimlari tog‘ hududlarida jala yog‘ishi va qorning tez erishi tufayli vujudga keladi. Bunday oqimlar sellar deyiladi. Sellar asosan o‘simlik qoplamasi yaxshi rivojlanmagan quruq iqlimli o‘lkalarda hosil bo‘ladi. Ular o‘zining katta tezligi, zichligi va eroziya xususiyatlari bilan boshqa oqimlardan ajralib turadi. Sellar shakllanishida suv dastlab tog‘ yonbag‘irlarida butun maydon bo‘yicha oqaboshlaydi va keyinchalik ma'lum o‘zanlarga birlashib, yaxlit oqimni tashkil qiladi.



Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling