Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Download 87.91 Kb.
bet17/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Kimyoviy nurash. Mexanik nurash natijasida jinslar (uvalanadi) parchalanadi, ba‘zan eziladi. Tog‘ jinsiga erkin kislorodning ta‘sir etishi natijasida ayniqsa jins orasiga suvning o‘tib borishiga u yerda kimyoviy reaksiya bo‘lib kimyoviy nurash ro‘y beradi. Kimyoviy nurash qattiq jinslarning yana ham ko‘proq maydalanishiga yordam beradi. Kimyoviy jarayonlar asosan oksidlanish gidrotatsiya, yerish va gidroliz xillariga bo‘linadi. Oksidlanish. Yer po‘stini tashkil qiluvchi tog‘ jinslari Atmosferadagi erkin kislorod ta‘sirida oksidlanadi. Atmosferadagi erkin kislorod 21% ni, suvda 30% ni tashkil etadi. Nurash bo‘ladigan zonada erkin kislorod bo‘lgan vaqtda qaytarilish reaksiyasi ketadi va sul‘fidlar hosil bo‘ladi. Erkin kislorod havoda va suvda bo‘lganligidan sul‘fidlar beqaror bo‘lib qoladi va parchalanib asta sekin sul‘fatlarga, karbonatlarga va oksidlarga aylanadi. Gidrotatsiya. (Metallning suvlanishi) Gidrotatsiya natijasida mineral suvlar ta‘sirida o‘zgarib nuraydi. Tabiatda angidridning gipsga aylanish reaksiyasi bunga misol bo‘la oladi. Yerish va gidroliz. Kimyoviy nurash jarayonida tog‘ jinslarida bu hodisa ko‘pincha bir- biriga mos holatda bo‘ladi. Bu hodisa asosan suv va uning tarkibidagi karbonad angidrid ta‘sirida vujudga keladi. Ximiyaviy nurashda asosan vodorod ioni asosiy omildir. Shuning uchun ko‘p bo‘lishi ko‘proq ahamiyatga ega. Suv tarkibida karbonand angidridi ko‘p bo‘lsa, suv tez va ko‘p ionlashadi. Biologik nurash. Organik dunyoning roli katta. V.I.Vernadskiy (1922) keyinroq B.B.Polinov (1923) mikroorganizmlarni, o‘simliklarni suvda va quruqlikda nurash jarayoniga borishida hamda jins paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Neft‘ konlarida 1 km. chuqurlikda mikroorganizmlar borligiani aniqlangan.O‘simlik ildizi faqat mexanik nurashda sababchi bo‘lmay ximiyaviy nurashga ham olib keladi. Masalan, o‘simliklardan organik kislotalar karbonat angidridi ajralib, tog‘ jinslariga ta‘sir etadi. Yer po‘stining nuragan qismi yer po‘stidagi kaolinli qatlamlarning paydo bo‘lish sabablari so‘ngi yillarda ko‘pchilikni e‘tiborini o‘ziga jalb qildi. Kaolinning paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi nazariyalar: Gidrotermal, qo‘ng‘ir ko‘mir va qadimgi po‘stning nurashi kabi uch xil nazariyaga bo‘linadi. Gidrotermal nazariyasi. 1902 yilda Janubiy gyermaniyada kaolinni tekshirish natijasi u Gidrotermal yo‘l bilan paydo bo‘lgan degan xulosaga olib keldi. Qadimgi po‘stning nurash nazariyasi. Bu nazariya yer po‘stining ma‘lum bo‘lgan kaolinni gil‘ va tuprqlarni tekshirish va ularning xossalarini taqqoslash asosida paydo bo‘ldi. Kaolinning vujudga kelishida yer po‘stining nurashi nazariyasining asosiy shartlari quyidagilardan: Nurash jarayonining yer yuzasidan ichkariga tomon o‘zgarmagan jinsga o‘tib borishidan; ba‘zi bir tur jinslarning qayta ishlanishi va almashinuvi natijasida hosil bo‘lishidan: tub jinsning yuqorida ko‘p, ichkarida kamroq o‘zgarishidan; yer yuzasiga chiqib qolgan barcha jinslar ustida katta maydon hosil bo‘lishidan iboratdir.


Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling