Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Quruqlikning geotektura va morfostruktura relyefi


Download 87.91 Kb.
bet13/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Quruqlikning geotektura va morfostruktura relyefi

Ekzogen jarayonlar
zEkzogen (yunoncha - exo-tashqi, genos-kelib chiqish, paydo bo‘lish) jarayonlar Yer yuzasida sodir bo‘ladigan tabiiy hodisalar boiib, ularni harakatga keltiruvchi asosiy manba Quyosh energiyasidir. Shuningdek, ekzogen jarayonlar litosferaning atmosfera, gidrosfera va biosferalar bilan o‘zaro ta’siri natijasida sodir boiadigan tabiiy hodisalardir. Ekzogen jarayonlar asosan Yer po'stining yuza qismini o‘zgartiradi.Barcha ekzogen jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, tog‘ jinslarini yemiradi (nurash, eroziya, denudatsiya, abraziya, ekzoratsiya),yemirilgan jinslarni tashiydi (transportirovka) va to'playdi (akkumulyasiya). Ana shu tabiiy hodisalar tufayli Yer yuzasining barcha notekisliklari tekislanadi. Lekin, ekzogen jarayonlarnig faolligini ko‘p holatlarda endogen jarayonlar belgilab beradi va har ikkalasi “qarama-qarshiliklar kurashi va birligi” qonuni asosida namoyon bo‘ladi. Masalan, togiar vulkanik, tektonik harakatlar natijasida qanchalar tez va baland ko‘tarilsa, ulaming emirilishi shunchalar tezlashadi. Bunda Yer po‘stida modda va energiya almashinuvi, kuzatiladi: togiar emirilib pasaya boradi, tekisliklarda cho‘kindi jinslar to‘planib, ko‘tarila boshlaydi. Yer po‘stidagi mavjud muvozanatlik buzilib, tektonik harakatlar yangi faollashish bosqichiga o‘tib, vulkanlar harakatlanishi, dahshatli zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin
Yer yuzasidagi har qanday jinslar xaroratning yil davomida sutkali tebranib turishi, havo va namning o‘zgarishi hamda kimiyaviy ta‘sir etishi va nihoyat organizmlarning hayot faoliyati natijasida nuraydi. Quyosh, xavo, namlik va organizmlarning ta‘siridan tog‘ jinslarining o‘zgarishi nurash jarayoni deb ataladi.Nurash Mexanik, ximiyaviy va organik nurashga bo‘linadi.
Mexanik nurash. Qattiq yaxlit jinslarning katta kichik parchalarga bo‘linib sinishiga mexanik (fizik) nurash deb ataladi. Bunda jinslarni tashkil etuvchi minerallarning kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydi. Xaroratning o‘zgarib turishi mexanik nurashning asosiy omilidir. Agar jins yoriqlarga suv kirib muzlasa, u holda mexanik nurash jarayoni hosil boʻladi.

Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling