Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Magmatizm, metamorfizm va zilzila


Download 87.91 Kb.
bet10/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Magmatizm, metamorfizm va zilzila
Magmatizm — magmaning suyulishi, uning evolyusiyasi, harakati, boshqa qattiq jinslar bilan oʻzaro taʼsiri va qotishini oʻz ichiga olgan jarayonlar majmui. M. Yerning chuqur qismidagi faol harakatlarning eng muhim koʻrinishlaridan biri. Tektonik harakatlar harakterining oʻzgarishi bilan M. tipi ham oʻzgaradi, geologik tarixga va Yer poʻstining u yoki bu strukturasiga bogʻliqligiga qarab geosinklinal, platforma, okeanik va tektonikmagmatik faol koʻrinishlarga boʻlinadi. M.ning qanday chuqurlikda joylashganligi (qotish sharoitlari)ga qarab abissal, gipabissal, subvulkan, yuza joylashgan (vulkanizm) M., tarkibiga qarab oʻta asosli, asosli oʻrtacha, nordon va ishqorli (qarang Magmatik togʻ jinslari) turlari farq qilinadi.
"Yangi global tektonika" konsepsiyasiga muvofiq M., asosan, litosfera plitalarining oʻzaro harakati zonasida, ularning ikki tomonga surilish (riftlar) joyida va issiklik oqimining yuqoriga koʻtarilish zonasida intensiv rivojlanadi. Hozirgi geologik davrda M. Tinch okeanning vulkanik halqasida, okean oʻrtaliq tizmalarida, Afrika va Oʻrta dengiz atrofi rift zonalarida rivojlangan. M. bilan turli-tuman foydali kazilma konlarining paydo boʻlishi bogʻliq.
Metamorfizm (yun. metamorpho-omai — tubdan oʻzgarmoq, oʻzgarishga uchramoq) — choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining teksturasi, strukturasi va mineral tarkibining temperatura, bosim va chuqurlikdagi eritma (flyuid)larning kimyoviy faolligi taʼsirida oʻzgarishi (qayta kristallanishi, mi-neralogik va kimyoviy oʻzgarishi) jarayoni. Buning natijasida ular metamorfik togʻ jinslariga aylanadi. M.ningendogen vakosmogen turlari mavjud. Endogen M. regional va kontaktli M.ga boʻlinadi. Regional M. natijasida metamorfik slanetslar, kvarsitlar va marmar hosil boʻladi. M.ning bu turiga evolyusion rivojlanish davomida burmali mintaqalarning geosinklinal vulkanogen, vulkanogenchoʻkindi yotqiziqlari kiradi. Erta (granitlanishgacha) boʻlgan M. va keyingi M. farq qilinadi. Yer poʻsti chukur zonalari va uning tagidagi mantiya zichligining kamayishini M. bilan bogʻlaydilar. Kontakt M. intruziya yoki ekstruziya magmalarining bevosita yaqinida sodir boʻladi. Yuqori temperaturali sharoitdagi M.da minerallar degrada-siyaga uchraydi. M.da har vaqt jinsning kimyoviy tarkibi jiddiy oʻzgaradi. Kosmogen M. yirik meteoritlar tushgan vaqtda toʻlqin zarbining jinsga taʼsiridan qisqa muddat temperatura va bosimning keskin ortishi natijasida sodir boʻladi.

Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling