Magmatik tog’ jinslari erigan qaynoq magmaning sovib kristallashuvi va qotishidan hosil bo’ladi. O’z navbatida magmatik tog’ jinslari hosil bo’lish sharoitiga qarab ikki guruhga bo’linadi: bular :Intiruziv tog’ jinslari ;Effuziv tog’ jinslaridir.Magmatik tog’ jinslariga asosan rudali foydali qazilmalarni misol qilish to’g’ri bo’ladi deb o’ylayman. Misol uchun qalay, volfram, oltin, mis, xrom, platina, nikel, titan, tuf, labradorit va h.k.
Cho’kindi tog’ jinslari asosan yer yuzasida boshqa tog’ jinslarining yemirilishidan va organizmlarning faoliyatidan hamda kimyoviy cho’kindilarning ajralib chiqishidan hosil bo’ladi.Ular uchun qatlamlangan tekistura(ya’ni tuzilish) xos bo’lib, dolomit, gips, tosh tuzi, kaliy tuzi, apatit, fosforit kabilar ushbu guruhning vakillari hisoblanadi
Metamorfik tog’ jinslari bunda barcha tog’ jinslarining yuqori bosim va harorat ta’sirida ma’lum vaqt davomida bir jinsdan boshqa bir jinsga o’zgarishidan paydo bo’ladi. Tog’ jinslarining o’zgarishi cho’kindi jinslarning chuqurga cho’kishidan yoki magmaning yer yer yuzasiga harakatlanishi jarayonida sodir bo’ladi. Misol uchun:Kvarsli qum va qumtishdan -> kvarsitlar; Ohaktoshlardan ->mamarlar; Glinalardan -> rogoviklar paydo bo’ladi.
Yer po’stining rivojlanish qonuniyatlari
Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari va umumiy qonuniyatlari
Nobiogen bosqich —Yer taraqqiyotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davriniqamrab oladi. Bu bosqichda geografik qobiqning asosi tarkib topadi, ya’ni litosfera, atmosfera va gidrosfera shakllanadi. Yerda hayot 3,8 — 3,5 mlrd yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular o‘ta oddiy organizmlardan tashkil topganligi uchun geografik qobiqning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etmagan.
Biogen bosqich —570 mln yil muqaddam boshlangan. Bu davrda organizmlar taraqqiy etgan (1- jadvalga qarang). Natijada, biosfera shakllangan va geografik qobiqning mukammaltizimga ega bo‘lishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |