Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Download 87.91 Kb.
bet5/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Minerallar va tog’ jinsi
Mineral degan termin qadimiy ("menera" ya‘ni rudali tosh, rudaning parchasi) degan so‘zdan kelib chiqqan. Minerallar tabiatda: 1) Qattiq, 2) Suyuq, 3) Gassimon xolatda uchraydi.
Minerallarning paydo bo‘lishi, asosan suyuqliklar ichidan mineral moddalarni xosil qiluvchi zarrachalarning ajralib chiqishidan boshlanadi. Bu jarayonlarning yuzaga kelishi uchun esa albatta suyuqliklar tarkibidagi mineral moddalar kontsentratsiyasining ko‘payishi, kimyoviy muxit, xarorat va bosim kabi asosiy omillar sababchi bo‘ladi.
Magma quyindilarining xarorati pasayishi munosabati tufayli kristallanish jarayoni yuz beradi, natijada magmatik va pegmatik konlarni xosil qiluvchi minerallar paydo bo‘la boshlaydilar. Yer shari asosan minerallardan tashkil topgan. Fizikaviy xossalari va ximiyaviy tarkibi bir xil bo‘lib, ma‘lum bir fizikaviy, ximiyaviy jarayonlar natijasida xosil bo‘lgan modda mineral deb ataladi.
Xozirgi vaktda 5 mingtadan ortiq mineral ma‘lum, ammo bularning fakat 20 - 30 tasi tog‘ jinslarni xosil qiluvchi minerallar xisoblanadi. bo‘larning ichida eng ko‘p tarqalgani dala shpati bo‘lib. u Litosferaning 57,9 % ini, kvarts - 12,6 %, slyuda - 3,6 %, temir - magnezial silikatlari (avgit, olivin) 16,8 % (kal‘tsit) - 1,5 %, dolomit 0,1 %, kaolin va boshqa qolgan kam uchraydigan minerallarning xammasi Litosferaning 6,5 % ini tashkil etadi.
Tog’ jinslari. Bir yoki bir nechta minerallardan tarkib topgan tabiiy birikmalarga tog’ jinsi deb ataladi. Har bir tog’ jinsi minerologik tarkibiga ko’ra farqlanadi.
Agar tog’ jinslari asosan bitta mineraldan tashkil topgan bo’lsa monomineralli tog’ jinsideb ataladi.Ularga marmar, ohaktosh, kvarst, tosh tuzi kabilar tegishli.
Agar tog’ jinslari bir necha minerallardan iborat bo’lsa polimineralli tog’ jinslari deb ataladi. Granit,gneys, porfir va h.k polimineralli tog’ jinslari hisoblanadi.
Tog’ jinslari kelib chiqishi , ya’ni, geneziyasiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
1.Magmatik; 2.Cho’kindi; 3.Metamorfik

Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling