Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Rel’ef to’grisida umumiy ma’lumot


Download 87.91 Kb.
bet3/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Rel’ef to’grisida umumiy ma’lumot
Rel‘ef tabiatni boshqa komponentlariga: geologik tuzilishi, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq o‘simlik hayvonot dunyosi va kishilik jamiyatining xo‘jalik faoliyati bilan uzluksiz bog‘liqdir.
Litosferaning ustki qismi notekisliklarga boy. Ayrim ko‘tarilishlar (8848) va cho‘kishlar (okean cho‘kmalari) orasidagi balandliklar farqi 20 km ga boradi. Materiklarda balandligiga qarab pasttekisliklar, tekislik baland ko‘tarilgan, lekin tekis bo‘lgan plato, kuchli bo‘laklangan tog‘li o‘lkalarni ko‘rish mumkin. O‘z navbatida okeanlarda ham shunday rel‘ef shakllari uchraydi. Ularning kelib chiqishiga ichki endogen yoki neotektonik jarayonlar sababchidir.
Yirik notekisliklar ustida kichik notekisliklar bor, ularning paydo bo‘lishiga tashqi ekzogen kuchlar, ya‘ni oqar suvlar, harakatchan muzlar, shamol, qirg‘oqlarga dengiz va ko‘l suvining urilib turishi, nurash va boshqa jarayonlar sababchidir.
Kelib chiqish taraqqiyoti va tarqalish qonuniyatlari bir xil bo‘lgan shakllar yig‘indisiga rel‘ef xillari (tiplari) deyiladi. Rel‘ef xillari ishlab chiqarilgan, ya‘ni jinslarni ko‘chirilishidan hosil bo‘lgan, akkumulyativ (jinslarning to‘planishi) va birlamchi-tektonik holatda bo‘ladi. Bulardan uchinchisi yer yuzasida kamdan kam uchraydi, chunki ekzogen kuchlar ularni tezda o‘zgartirib yuboradi. Akkumulyativ rel‘ef xillari orasida suv, muzlik, shamol, vulqonik shakllarni ajratish mumkin. Katta-kichikligiga qarab megarel‘ef, mezorel‘ef va mikrorel‘ef xillari ajratiladi. Geomorfologik tekshirishlar vaqtida faqat rel‘ef masshtabi, uning shakli va geografik tarqalishigagina emas, balki kelib chiqishiga va hozirgi tabiiy sharoitiga moslashgan holdagi tarqqiyotiga ham diqqat qilish zarur. Bu nuqtai nazardan relikt (o‘tmishdan qolgan) shakllarni o‘rganish, rel‘ef ko‘tarilish yoki pasayish holatida ekanligin aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
Qattiq yer po‘stidagi past-balandliklar yig‘indisi rel‘ef (frantsuzcha-do‘nglik, chuqur, joy) deb ataladi.
Rel‘ef tarkibiy qismlarning yoki shakllarning, ya‘ni turli yo‘l bilan paydo bo‘lgan va turli harakterdagi botiqlar hamda balandliklarning kataligiga qarab to‘rt sinfga bo‘linadi
A) materiklarning katta-kichikligiga va okean chuqurliklarining o‘z ichiga oluvchi planetar rel‘ef yoki megarel‘ef:
B) quruqlikning yirik rel‘ef shakllari tog‘li o‘lkalar va katta-katta tekisliklardan iborat materik mikro rel‘ef.
V) O‘rtacha kattalikdagi shakllar: tekisliklar, tepalar, daryo vodiylardan da esa tog‘ vodiylari va tog‘ tizimlaridan iborat mikrorel‘ef joyda tarqal.

Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling