Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari
Download 87.91 Kb.
|
geomorfologiya javoblari
Endogen jarayonlar
Endogen (ichki) jarayonlar. Bu turdagi jarayonlar Yeming ichki energiyasi ta’sirida namoyon bo‘ladi 0 ‘z navbatida endogen jarayonlar uch guruhga bo‘linadi: 1.Tektonik harakatlar; 2.Magmatizm; 3. Zilzila. Qayd etish lozimki, ayrim holatlarda metamorfizm jarayoni ham alohida o‘rganiladi.Tektonik harakatlar. Tektonik (yunoncha kurasliish) harakatlar dgganda, Yer po'stidagi xilma-xil tabiiy harakatlar tushuniladi. Ular Yer po‘Stirling bir joyida juda sekinlik bilan (platformalarda) kuzatilsa, boshqa joylarda (geosinklinallarda) juda faol kechadi. Tektonik harakatlar turlicha belgilariga qarab farqlanadi. Ulardan asosiylari: ma’lum vaqt davomida namoyon boMishi, yo‘nalishi, chuqurligi, tezligi, davomiyligi va h.k. Xarakteri (yo‘nalishi)ga qarab, tektonik harakatlar radial va tangensial turlarga bo'Iinadi. Agar moddalar Yerning radiusi bo‘ylab vertikal yo‘nalishda harakatlansa, radial tektonik harakatlar deb ataladi. Bunda Yer yuzasi ko‘tariladi va cho‘kadi. Bu harakatlarning tezligi, egallagan maydoni va yer po'stida hosil qilgan o'zgarishlari xilmaxildir. Tangensial tektonik harakatlar asosan gorizontal yo'nalishga ega bo‘iib, Yer po‘stida katta o‘zgarishlarni keltirib chikaradi. Olimlar bu harakatlarning uch xil turini farqlaydilar: 1. Aylanma; 2. Burmali; 3. Siljishli tektonik harakatlar. Magmatizm endogen jarayonlarning Yer yuzasini o‘zgartuvchi qudratli kuchlardan biri hisoblanadi. Magmaning (yunoncha magma - quyuq moy, surgi) Yer po‘sti va yuzasidagi harakati bilan bog‘liq barcha jarayonlar majmuasi magmatizm deb ataladi. Magmatik tog‘ jinslari, xilma-xil relyef shakllari, rudali qazilma boyliklarning hosil boiishida magmatizm hodisasining hissasi katta.Yer po‘stining m aium chuqurliklarida radiaktiv kimyoviy elementlarning parchalanishi oqibatida yuqori bosim va harorat yuzaga kelib , kuchli issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. Issiqlik energiyasi shu joydagi moddalarning erib, olovli suyuq moddalarga aylanishiga sababchi bo‘ladi. Fanda Yer po'stining ana shunday joylari magma o‘choqlari deb ataladi. Agar Yer po'stida harakatlanayotgan magma Yer yuzasiga oqib yoki otilib (ba’zan portlab) chiqsa, effuziv magmatizm yoki vulkanizm (olov xudosi) deb ataladi. Yer po'stida sodir boiadigan tabiiy hodisalardan biri zilziladir. Yer po‘stida tarkib topgan kuchlanish (energiya) ta’sirida favqulotda va tez sodir boiadi.Zilzilalar kelib chiqishiga ko‘ra tektonik, vulkanik, tog‘ qulashlari (surilmalar) yoki denudatsion va antropogen zilzilalarga boiinadi.Zilzila boigan Yer po‘stining ichki qismini zilzila o'chog'i yoki gipotsentr deb, uning tepa qismidagi Yer yuzasini epitsentr deb ataladi. Zilzila o'chogi turli chuqurliklarda joylashishi mumkin. Download 87.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling