Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Download 87.91 Kb.
bet7/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Antropogen bosqich—Inson paydo bo‘lgandan (2 mln yil avval) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. Ayni paytda geografik qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik faoliyati (texnika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, demografikmuammolarni keltirib chiqardi. Shulardan biri o‘lkamizdagi Orolbo‘yi ekologik muammosidir.
Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari. —Geografik qobiq rivojlanishi va tabiat komplekslarining tabaqalanishida ham o‘ziga xos qonuniyatlar mavjud. Ular Yerning umumiy geografik Qonuniyatlari deb ataladi. Bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanib yurishi, davriy yoki ritmik hodisalar, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi (hududiylik)geografik qobiqning umumiy qonuniyatlaridir.
Geografik qobiqda modda va energiya almashinuvi. —Geografik qobiqning to‘rtta tarkibiy qismida, ya’ni atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferalarda modda va energiya almashinuvi ikkita — gorizontal va vertikal yo‘nalishda kuzatiladi. Atmosfera va Dunyo okeanidagi suvning harakatida va litosferadagi vulqonlar harakatida moddalarning ham gorizontal, ham vertical almashinuvi bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning almashinuviga Yerning ichki energiyasi, Quyosh energiyasi hamda gravitatsiya kuchi ta’sir etadi.
Geografik qobiqda ritmik (davriy)lik. —Tabiatda vaqt o‘tishi bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi ritmiklikdeb ataladi. Ritmiklik ikkiga bo‘linadi: sutkalik va yillik (fasliy). Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sutkalik, Quyosh atrofida to‘liq bir marta aylanishi yillik yoki fasliy ritmlarga sabab bo‘ladi.

Tektonik va neotektonik harakatlar
Tektonik harakatlar - Yer qaʼrida sodir boʻlgan jarayonlar natijasida vujudga kelgan Yer poʻsti harakatlari; Yer poʻsti va asosan Yer mantiyasidati kuchlar taʼsirida sodir boʻlib, poʻstni tashkil etgan jinslarni deformatsiyaga olib keladi. Tektonik harakatlar, odatda, deformatsiyaga uchragan togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi, fazaviy holati (mineral tarkibi) va ichki strukturasining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Tektonik harakatlar bir vaqtning oʻzida juda katta maydonni oʻz ichiga oladi. Geodezik oʻlchashlarning koʻrsatishicha, butun Yer yuzasi uzluksiz harakatda boʻladi, lekin Tektonik harakatlar tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha yetadi. Bu harakatlar juda uzoq geologik vaqt (oʻnlab — yuzlab mln. yil) davom etib, toʻplanishi natijasida Yer poʻstining ayrim qismlarida yirik siljishlar roʻy beradi
Tez sodir boʻladigan harakatlar, odatda, zilzilalar bilan bogʻliq boʻlib, gʻoyat qisqa muddatda kechadi. Zilzila vaqtida yer yuzasidagi siljishlar bir necha m ga yetadi, baʼzan 10 m dan ham oshadi. Lekin bu siljishlar jamlanganda sekin siljishlardan koʻp ham ortiq emas. Tektonik harakatlarni vertikal (radial) va gorizonta l (tengensial) harakatlarga boʻlish shartli boʻlsada, bir qadar ahamiyatga ega; bu harakatlar oʻzaro boglik boʻlib, biri ikkinchisiga oʻtib turadi. Bunda vertikal yoki gorizontal Tektonik harakatlardan biri ustun boʻladi. Vertikal harakat ustun (birlamchi) boʻlganda, yer yuzasi koʻtariladi va choʻkadi, jumladan togʻlar paydo boʻladi. Natijada okean va dengizlarda, qisman quruqlikda ham choʻkindi jinslarning qalin qatlami hosil boʻladi. Gorizontal harakatlar Yer poʻsti ayrim bloklarining boshqalariga nisbatan yuzlab km, hatto minglab km gacha yirik siljishlarida, ularning yuzlab km keladigan siljimalarida, shuningdek, kontinental poʻst palaxsalarining surilishi natijasida ming km kenglikdagi okean botiklarining hosil boʻlishida yaqqol namoyon boʻladi.
Tektonik harakatlar muayyan davriylikka ega. Nisbatan qisqa muddatli vertikal harakatlar tebranma harakatlar deyiladi. Gorizontal harakatlar, odatda, oʻz yoʻnalishini uzoq vaqt saklab qoladi va asliga qaytmaydi. Tebranma harakatlar, ehtimol, dengiz va daryo terrasalarini hosil qiladi. Tektonik harakatlar paydo boʻlish vaqtiga koʻra eng yangi va hozirgi zamon harakatlariga boʻlinadi.Eng yangi va hozirgi Tektonik harakatlarni neotektonika oʻrganadi.
Neotektonika (neo... va tektonika), eng yangi tektonika — tektonikaning Yerning hozirgi relyefi asosiy qiyofasini shakllantirgan turli strukturalar, Yer poʻsti rivojlanishning tarixi va tektonik harakatlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Bu jarayonlar Yer poʻsti tuzilishida yangi struktura shakllarini vujudga keltirib, qadimda paydo boʻlgan strukturalarni faollashtirgan.
1937-yil rus olimi S. S. Shuls birinchi marta "eng yangi tektonika" istilohini taklif etdi. U Tyanshan togʻlari hozirgi relyefining vujudga kelishini eng yangi tektonika jarayonlari bilan izoxladi. 1948-yilda geo-loglar N.ni geologiyaning mustaqil boʻlimi qilib ajratishni taklif qildilar. 1950-yilda olimlar tektonik harakatlar kuchaygan davr (neogen-antro-pogen davri)ni Yer poʻsti rivojlanishining mustaqil eng yangi tektonik bosqichiga ajratdilar. Yer poʻsti turli struktura elementlari —materik platformalari, orogenez zonalari, hozirgi geosinklinal oblastlar, tafrogenezda eng yangi tektonik harakatlar faolligining kuchayishi bir vaqtda kechmagan (kechki oligotsen, neogen, antro-pogen). Bu eng yangi tektonik bosqichning quyi chegarasi masalasi boʻyicha olimlar oʻrtasida bahsga sabab buldi.
N.da tektonik jarayonlarni urganishda turli metodlar (tarixiy-geologik, tektonik va geomorfologik, geofizik, tarixiy-arxeologik, biogeografik) va boshqalardan foydalaniladi. N.ga doyr turli regionlarning har xil masshtabdagi haritalari nashr qilingan.

Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling