Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari
Mezazoy-Kaynazay erasidagi o‟zgarishlar
Download 87.91 Kb.
|
geomorfologiya javoblari
Mezazoy-Kaynazay erasidagi o‟zgarishlar. Mezo-kaynazoy bosqichi tarkibida ikkita era mavjud bo‘lib, u taxminan 240 mln yil davom etgan. Bu bosqich yer po‘sti strukturalari rivojlanishida oxirgi eng yangi va yaxshi o‘rganilgan bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda okeanlar bir-biridan ajralgan va kontenentlar alohida shaklga kirgan. Mezazoy bosqichiga uchta davr trias, yura, bo‘r davrlari kiradi. Davomiyligi 170-50 mln yil. Mezazoy bosqichining organik dunyosi boshqa bosqichlardan tubdan farq qiladi. Bu davrda u tubdan yangilandi. Poleozoyga mansub bo‘lgan hayvonlar (trolobitlar, marjonlar, dengiz tipratikonlari, branxi apodalar va boshqalar) qirilib ketdi. Ularning o‘rniga yangi hayvonot olami paydo bo‘ldi (reptila, qushlar va bahayvat dinozavr, extiyozavr va boshqalar). Mezazoy bosqichining trias va yura davrlarida kimmeri burmanishlari, yura davrida esa lammeriy burmanishlari bo‘lgan. Umumiy qilib mezazoy tog‘ burmanishi deb ham ataladi. Kaynazoy bosqichi taxminan 65 mln yil davom etgan bo‘lib, uning tarkibiga poleogen, neogen, to‘rtlamchi (antropogen) davrlari kiradi.
To‘rtlamchi davr atamasini 1854 yilda Morlo kiritgan. 1839 yilda Ch.Layel pleytotsen deb atashni taklif etgan. 1935 yilda K.K.Markov «pleystotsen» nomli kitob ham yozgan. Kaynazoy bosqichida yangi tog‘ burmalanishi al‘p burmalanishi hozir ham davom etayotganligi bilan ajralib turadi. Yer yuzasining hozirgi rel‘ef formasi al‘p burmalanishlarining hosilasidir. Kaynazoy bosqichida yer yuzasida yangi organizmlar paydo bo‘ldi. Okean va quruqlik yuzalarining hozirgi ko‘rinishi shu bosqichda vujudga keldi. To‘rtlamchi davrning o‘zini ikkiga plistattsen va golottsenga ajratiladi. Plestattsenda shimoliy yarim sharning katta qismini muz qoplagan. Bu ayniqsa, Yevropa va Shimoliy Amerika materigining 40-50 graduslarigacha yetib kelgan. Muz bosish to‘rt marta qayta davom etgan. Kaynazoy erasida asosan qazilma boyliklardan neft, gaz, ko‘mir, temir va ma‘danlari ko‘p hosil bo‘lgan. Hisob kitoblarga qaraganda dunyodagi neft zahirasining 25,5%, gazning 11,3% neogen yotqiziqlariga to‘g‘ri keladi. Download 87.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling