Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Download 87.91 Kb.
bet14/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Kimyoviy nurash. Tog‘ jinsiga erkin kislorodning ta‘sir etishi natijasida ayniqsa jins orasiga suvning o‘tib borishiga u yerda kimyoviy reaksiya bo‘lib kimyoviy nurash ro‘y beradi. Kimyoviy nurash qattiq jinslarning yana ham ko‘proq maydalanishiga yordam beradi. Kimyoviy jarayonlar asosan oksidlanish gidrotatsiya, yerish va gidroliz xillariga bo‘linadi
Organik nurash.Organik nurash asosan oʻsimliklar va organizmlar taʼsirida roʻy beradi.Neft‘ konlarida 1 km. chuqurlikda mikroorganizmlar borligiani aniqlangan.O‘simlik ildizi faqat mexanik nurashda sababchi bo‘lmay ximiyaviy nurashga ham olib keladi. Masalan, o‘simliklardan organik kislotalar karbonat angidridi ajralib, tog‘ jinslariga ta‘sir etadi.
Korraziya asosan tog‘ va choilarning chetida sodir boiadi. Shamol o‘zi bilan 2-3 metr balandlikda uchirib ketayotgan qumlar bilan qoya toshlarga urilib emiradi, silliqlaydi, yumshoq joylarini o‘yib yuboradi. Eol g‘orlar puflash inlari va boshqa ajoyib relyef shakllarini (masalan, Qirqqiz, devonasoy, Qo‘ytosh kabi joy nomlari bor) barpo etadi.
Eroziya (lotincha «erosio» – yemirish, yuvilish) deb tog‘ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta’sirida yuvilishiga aytiladi. Eroziya yuzalama va chiziqli turlarga bo‘linadi. Yuzalama eroziya jarayoni tog‘ yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Uning oqibatida tog‘ yonbag‘irlaridagi jinslar yuvilib, pastga tushadi.
Abraziya (lotincha «abrasio» – qirish, qirtishlash) deb, okean, dengiz va ko‘l qirg‘oqlarining to‘lqinlar tomonidan yemirilishi va tekislanishiga aytiladi. Abraziya natijasida okean va dengiz, ko‘l qirg‘oqlarida tekisliklar hosil bo‘ladi.
Deflyatsiya (lotincha "defl atsio” – puflash) – tog‘ jinslarining shamol ta’sirida yemirilib, maydalangan zarralarning boshqa joylarga ko‘chishi. Deflyatsiya qurg‘oqchil o‘lkalarda, ayniqsa, qumli cho‘llarda kuchli bo‘ladi. Shamol qumlarni to‘zg‘itib, bir joydan ikkinchi joyga tashib uylarga, yo‘llarga, quduqlarga zarar yetkazadi. Ayniqsa, o‘simlik qoplamini zararlab chorvachilikka ziyon keltiradi



Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling