Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari
Suffoziya va surilma relefi
Download 87.91 Kb.
|
geomorfologiya javoblari
Suffoziya va surilma relefi
Suffoziya‖ so’zi lotincha tagidan kavlash, o'yib kirmoq degan ma‘nolami anglatadi va uni fanga rus olimi, akademik A.P.Pavlov kiritgan. Bu jarayonlar va ular keltirib chiqargan relyef shakllariga qadimdan aholi o’z e‘tiborini qaratganligi sababli, turli tillarda har xil nomlar bilan ataladi. Masalan, inglizlarda qulaydigan Yer yoki pishirilgan g'isht, xitoyliklarda xuangtu (sariq tuproq), o’zbeklarda о ‘pqonlar deb atashadi. Suffozion jarayonlar o’z xususiyatlari va keltirib chiqargan relyef shakllari jihatidan karst jarayonlariga o’xshaganligi sababli, geolog, geograf, geomorfologlar uni ―klastokarst‖, ―gil karsti‖, ―lyoss karsti‖, ―psevdokarst‖, ―karst-suffizion‖ kabi atamalar bilan atashadi. Lekirt suffozion jarayonlar rivojlanishi, hosil bo’layotgan tog’ jinslari jihatidan karst jarayonlaridan farq qiladi. Suffozion jarayonlar lyoss va lyossimon (soz tuproqlar), gillar va sementlashgan qum aralash shag'al (konglomeratlar) toshlar kabi tog’jinslari tarqalgan hududlarda rivojlanadi va relyef shakllarini keltirib chiqaradi. Suffozion jarayonlar rivojlanayotgan tog‗ jinslari ichida eng keng tarqalgani Yer tarixining to‗rtlamchi davrida to‗plangan lyoss va lyossimon tog‗ jinslari hisoblanadi. Bu tog‗ jinslar 0 ‗rta Osiyo, Xitoy, G‗arbiy Sibir, Yevropa, Amerika va boshqa hududlarda tarqalgan. Suffozion jarayonlarning lyoss va lyossimon tog‗ jinslarida rivojlanishiga sabab, birinchidan, ularning keng tarqalgani bo'fsa, ikkinchidan, ularning g‗ilvirakligi, uchinchidan, ular tarkibida har xil tuzlarning mavjudligidir. Agar lyoss va lyossimon tog‗ jinslari Yer tarixining to‗rtlamchi davrida to‗plangan bo‗lsa, suffozion jarayonlar rivojlanayotgan gillar qadimroq geologik davrlarda (paleogen, neogen) ham yotqizilgan. Gillarda mazkur jarayonlarning rivojlanishi uchun ularning qatlamlari orasida gips, har xil tuz linzalari bo’lishi shart. Paleogen davrida yotqizilgan bunday gillar 0 ‘rta Osiyoning Farg’ona botig‗idagi adirlarda, Turkmaniston hududidagi Bolxon tog’ida, Kopetdog’tizmasining shimoliy etaklarida, Quyi Amudaryodagi Daryoliq va Daudan quruq o'zanlari va Sirdaryo deltalarida hamda boshqa joylarda keng tarqalgan. Neogen va qadimgi to’rtlamchi davrlarga mansub gillarda suffozion Qizilqumdagi botiqlar yonbag’irlarida, Kopetdog1 tizmasining tog’oldi qismlarida, Amudaryo, Sirdaryo va boshqa daiyolar deltalarida rivojlangan. Konglomeratlarda suffozion jarayonlar 0 ‗rta Osiyo tog‗oldi va tog‗ oraliq botiqlaridan oqib o’tuvchi daryolarning erozion-akkumulyativ terrasalarida rivojlanmoqda. Yuqorida nomlari keltirilgan tog’ jinslarida suffozion jarayonlaming rivojlanishi uchun joy Yer yuzasining tuzilishi katta rol o’ynaydi. Mazkur jarayonlarning rivojlanishi va tarqalishi uchun joyning Yer yuzasi tekis yoki biroz nishab bo‗lib, uning atrofida daryo yoki soylar, joy yuzasi har xil yo‗llar bilan kelib chiqqan yoriqlar bilan zich va chuqur kesilgan bo‗lishi shart. Agar daryo va yoriqlar qancha chuqur bo‗lsa, tushgan yog‗in hamda erigan qor suvlari tog‗ jinslari ichiga shunchalik chuqur kirib, suffozion jarayonlarning rivojlanishini kuchaytiradi va katta relyef shakllarini hosil qiladi. Bulaming morfologik tuzilishi va katta-kichikligi turlichadir. Demak, suffozion jarayonlar natijasida Yer usti va Yer osti relyef shakllari kelib chiqib, ular bir-biri bilan bog‗langan bo‗ladi. Biroq suffozion jarayonlar natijasida yirik relyef shakllari kelib chiqmaydi. Chunki mazkur jarayonlar nurash va yemirilishga chidamsiz tog‗ jinslarida sodir bo‗ladi. Shuning uchun bunday relyef shakllari yemirilib, yo‗qolib ketishi mumkin. Faqat ba‘zi bir hududlarda ularning saqlanishi uchun qulay tabiiy sharoit mavjud bo‗lsa, o‗z shaklini uzoq vaqt o‗zgartirmasligi mumkin. Download 87.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling