Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari
Download 87.91 Kb.
|
geomorfologiya javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karst jarayonlari va karst relyefi
Flyuvial relef shakllari
Оqar suvlarning ishi natijasida yuz beruvchi geоmоrfоlоgik jarayonlarining yig’indisiga flyuvial (lоtincha-daryo, оqim) jarayonlar deyiladi. Оqar suvlar bir necha turlarga bo‘linadi. Flyuvial jarayonlar hosil qilgan relyef shakllari ikki guruhga bo‘lanadi. Birinchisi, vaqtinchalik oqar suvlar hosil qilgan relyef shakllari bo‘lsa, ikkinchisi, doimiy oqar suvlar hosil qilgan relyef shakllaridir. Vaqtincha oqar suvlar oqimlari (soylar) hosil qilgan relyef shakllariga mavsumiy daryolar, ya’ni bahor faslida to‘lib-toshib oqadigan, yozda qurib qoladigan daryo (soy)larni tushunamiz. Arid iqlimli o‘lkalar uchun xos bo‘lgan bu daryolarning havzasini uchta geomorfologik zonaga bo‘lish mumkin. 1. Suv yig‘ilish voronkasi. 2. Oqim kanali. 3. Yoyilmasi. Suv yig‘ilish voronkasida kichik o‘yiq jo‘yaklar, jarlar, vodiy yuqori darajali kichik irmoq havzalari tarkib topadi. O‘zanning bo‘ylama kesmasi tog‘li o‘lkalarda ancha tik bo‘lsa, past tog‘ va qir-adir mintaqasida biroz yassilanadi. Soylarning manbai qismida ko‘p holatlarda (agar cho‘kindi jinslar bilan tuzilgan bo‘lsa) o‘yiq joylar, jo‘yaklar va jarlar uchraydi. Suv ayirg‘ich yassi bo‘lsa, suv oqimi quyidagi bosqichlarni o‘z boshidan kechiradi: sidirg‘asiga qoplama oqim, juda mayda o‘yiqchalar, kichik jo‘yakchalar, jarlar, irmoq yoki mustaqil soy vodiysi, havza. Mayda o‘yiqchalar va kichik jo‘yakchalarda mustaqil o‘zan bo‘lmaydi. Chunki ular denudatsiya natijasida tekislanib ketishi ham mumkin. Jarlar – soylarning birinchi bosqichi. Shu bois ularda turg‘un o‘zanlar mavjud. Karst jarayonlari va karst relyefi «Kars» so‘zi janubiy slavyanlar tilidan olingan bo‘lib «koya», «tosh» ma‘nolarini ifodalaydi. Bu nom bilan Triezd shaxrining shimoliy sharqida oxaktosh karst platosi atalgan. Keyinchalik bu kabi geografik xodisalar shunday deb atala boshlagan. Karst ayrim tog‘ jinslarining suvda erishidan kelib chiqqan xodisaki, unda yer osti va usti suvlari, rel‘ef shakllari va butun landshaft ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Karst denudatsiyaning yer osti turidir va yer jinslarining ko‘chirilish asosan eritma xolatida bo‘ladi. Karst yuzaga kelishidan tabiatning aksariyat omillari ishtirok etadi. SHuning uchun o‘z navbatida karst ham boshqa geografik jarayonlarga o‘z ta‘sirini ko‘rsatib turadi. Karst xosil kiluvchi sharoitlar. Karst tabiiy geografik sharoitlarning hammasi o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi, albatta. Lekin uning paydo bo‘lishi uchun eng zarur narsalar suvda eruvchi tog‘ jinslari, suvning o‘zi va tog‘ jinslari orasidagi turli yullardir. (yoriklar, kovaklar). Oxaktosh, marmar, dolomit, gips, osh tuzi (galoid) suvda yaxshi eruvchi jinslardir. Gips va osh tuzlari ancha tez karstlashsa ham xar- xolda yer yuzasida kam uchraydilar. Shuning uchun kuruqlikdagi askariyat karst oblastlari oxaktoshli o‘lkalarga to‘g‘ri keladi. Oxaktoshning suvda erishi xavodagi karbonat angidrid gazi katta yordam beradi ya‘ni eruvchanlik 3-5 barobar oshadi. Yoriqdarga boy va katlamlari qalin bo‘lgan oxaktoshlar shu jumladan boshqa jinslar ham yupka katlamli jinslarga nisbatan tez va kuchliligi, chunki kalin qatlamlar orasidagi karstlashmaydigan gilli jinslar oz uchraydi. Karst rel‟efi shakllari. Karstning yer usti va yer osti rel‘ef shakllari murakkabdir. Kichik shakllar qatoriga karrlar (yoki shratlar) kiradi. Eruvchan jinslarning ustki o‘simlik va tuproq qotlami yuvilib, jinslar ochilib ketganda yomg‘ir va qor suvlari ularning ustidan oqib jinslarni kisman eritib, yuva boshlaydi. Jinslardagi mayda yorikalar korroziya va eroziya xisobiga kengayadi va chuqurlashadi. Jinslar murakkab va turli yunalishli arikchalar bilan koplanadi. Ularning chuqurligi va kengligi bir necha millimetrdan 1-2 metrgacha yetishi mumkin. Ariqlarni ajratib turuvchi chekalari igna , pichok, o‘tkir tish karalariga o‘xshaydi. Karalar katta maydonni egallaganda kara dalalari deb ataladi va ular juda xavfli bo‘lgan yuzalar xisoblanadi. Karralar katta maydonni egallaydilar. Ko‘p uchrab turadigan shakllar qatoriga pastxam chukmalar, ya‘ni voronka va taqsimlar ham kiradi. Ular aylana, oval shakliga ega. Diametri 200, chuqurligi 30-40 metrgacha yetadi, zanjirli (vodiylar buylab) yoki tartibsiz tarqok, xolda tarqalib ketadi. Voronka va taqsimlarni kariyib hamma iqlim zonalarida uchratish mumkin. O‘zbekistonning tog‘li o‘lkalarida (Guralash, Qirqtosh, Minchuqur, Qizilmozor voronkalar) keng tarqalgandir. Ular Kirmda, Uralda va Kavkazda ham bor. Xosil bo‘lishiga qarab 3 turdagi voronkalar uchraydi: 1.Korrozion voronkalar ochilib qolgan jinslarning ustidan oqadigan suvlarning oqibati. Ularning shakli konussimon tubida suv yutib yuboradigan teshik ochilib turadi. 2.Upirilma voronkalar yer osti bo‘shliqlari shipining qulashi oqibatidir. 3.O‘tirib qolgan voronkalar ham oldingi turga o‘xshaydi, ya‘ni oldin yer osti bo‘shligi paydo bo‘lishi kerak. Lekin uchinchi xil voronkalarda ustki del‘yuvial - elyuvial, tuproq o‘simlik katlami o‘pirilib qulab tushmasdan o‘tirib qoladi va natijada konussimon shaklni egallaydi. Download 87.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling