Antropogen relef shakillari va ularning shakillanishi
Odamlarning tabiatga bo‘lgan ta‘siri global masshtabdagi tabiiy geologik, geografik hodisalar miqiyosiga ko‘tarilgan va oqibatda antropogen rel‘ef shakllari yer yuzasida ortib bormoqda. Jamiyatni rel‘efning o‘zgartirishga bo‘lgan ta‘siri oldin xo‘jalik ishlaridan, keyin harbiy va boylik qazib chiqarish maqsadidan boshlangan. Tigr va Efrat daryolari orasida barpo etilgan sug‘orish kanallari, to‘g‘onlar va yon bag‘ir terrasalarining yoshi 6000 yildan oshadi. Bu joydagi madaniy qatlamlarning qalinligi 40 metrdan ziyoddir. Tarkibiga qarab antropogen rel‘ef shakllari texnogen va agrogen guruhlarga ajratiladi. Ular o‘z navbatida akkumulyativ va ishlab chiqarilgan shakllarga bo‘linadi. Texnogen rel‘ef shakllariga chuqurligi 300-500 m keladigan shaxta va kar‘yerlar, ularning yonida to‘planib 30-40 m ga yotadigan shaxtalarning o‘tirishidan hosil bo‘lgan voronkalar, qurilish maydonchalari, ayerodromlar, suv omborlari, to‘g‘onlar, inshootlar sifatida yuzaga keladigan surilma va o‘pirilmalar, yangi yo‘llar, daryolar yo‘nalishini o‘zgartirish, dengiz qirg‘oqlarini to‘lqinlardan ximoya qilish, o‘tmishda va hozir tashkil bo‘layotgan harbiy tepaliklar bunga misol bo‘ladi.Agrogen rel‘efning shakllanishiga yerni haydash, tekislash (planatsiya) va mol boqishlar kiradi. Tog‘li va tekis joylardagi agrogen rel‘efning tarkibini turlicha.Bunda yerni haydash tuproq yuvilishiga olib kelsa, tekisliklarda shamol eroziyasi va jarlanishni faollashtiradi. Antropogen rel‘ef shakllariga sun‘iy tekislashtirilgan dalalar, sug‘orish kanallari, terassalashtirilgan yon bag‘irlar, xovuzlar, quritilgan va sho‘ri yuvilgan yerlar, haydov natijasida o‘sayotgan yangi jarlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |