Yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar


Download 294 Kb.
bet2/9
Sana03.02.2023
Hajmi294 Kb.
#1154014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
70-80 yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar (XAYRIDDIN SULTON HIKOYALARI MISOLIDA)

Mavzuning о‘rganilish darajasi. Adabiyot olamida paydo bо‘lgan yangi iste’dod egasi, uning о‘ziga xos asari hech qachon adabiy jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmaydi. Ularga tezda baho beriladi, yutuqlari e’tirof etilib, kamchiliklariga nisbatan tanqidiy fikrlar bayon qilinadi. Tadqiqot maqsadimiz bо‘lgan yozuvchi Xayriddin Sulton ham ilk asarlari bilanoq adabiy jamoatchilik nazariga tushgan: bir talay yetuk adabiyotshunoslar uning ijodiga munosabat bildirgan. Xususan, U.Normatov, N.V.Vladimirova, B.Nazarov, I.G‘afurov, A.Rasulov, H.Boltaboyev, B.Karimov, shuningdek, M.Qarshiboy, N.Shukurov, I.Hasanov, SH.Nuraliyev, S.Rahmon lar adib asarlari haqida yozgan maqola va taqrizlarni misol keltirish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi 70-80 yillar hikoyanavisligida yangi tamoyillar va Xayriddin Sulton hikoyalarini tahlil qilish asosida yozuvchining hikoya yaratishdagi individual uslubi, badiiy mahoratini aniqlash, syujet, kompozitsiya, til kabi muhim poetik komponentlardan foydalanishdagi о‘ziga xosligi haqida mushohada yuritish, uning о‘zbek hikoyachiligi taraqqiyotiga qо‘shgan hissasini kо‘rsatishdir.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni amalga oshirish kо‘zda tutildi:
— 70-80 yillar hikoyanavisligidagi yangicha talimotlarni tahlil qilish
— X.Sulton adabiyotga kirib kelgan davr hamda u yozuvchi sifatida shakllangan adabiy muhit haqida fikr yuritish;
— yozuvchi hikoyalarida mavzu va qahramon masalasi, badiiy g‘oya va shakl xususiyatlarini tadqiq etish;
— adibning obraz yaratish mahorati, hikoya syujeti, kompozitsiyasi, konflikt, kolliziya va til masalalarida olib borgan badiiy izlanishlari va erishgan yutuqlarini ilmiy-nazariy rejada yoritish;
— yozuvchining о‘tgan asrning 80-yillari о‘zbek hikoyachiligida tutgan о‘rnini aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishning manbalari. Bitiruv malakaviy ish uchun Xayriddin Sulton hikoyalari asosiy manba bо‘ldi. Shuningdek, qiyosiy tahlilda SH.Xolmirzayev, E.A’zam, M.M.Dо‘st va boshqa yozuvchilarning hikoyalaridan ham foydalanildi.

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling