Yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar


Download 294 Kb.
bet8/9
Sana03.02.2023
Hajmi294 Kb.
#1154014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
70-80 yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar (XAYRIDDIN SULTON HIKOYALARI MISOLIDA)

Birinchidan, О‘tgan asrning 80-yillarida sotsialistik realizm metodi iskanjasidan xalos bо‘layotgan adabiyotda yangicha ilg‘or tamoyillar kо‘zga tashlanadi. Bunda, hayotga, sotsrealizm metodi qoidalariga tanqidiy qarashning kuchaygani sabab bо‘ldi. Shuningdek, jahon va rus realistik nasridan о‘qib-о‘rganishga ishtiyoq ortgani ham ma’lum darajada ta’sir kо‘rsatdi. Adabiyotga nisbatan siyosiy-mafkuraviy tazyiqning bir oz yumshagani bois badiiy ijodga erkinlik shabadasi kirib kela boshladi. Yosh ijodkorlar avlodi yangi badiiy tajribalar, teran izlanishlar yо‘lidan borib, real hayotdan, milliy voqelikdan olingan, yangicha badiiy tafakkur jilolari barq urib turgan asarlar yarata boshladi. Natijada, hikoya janrida jonlanish, yangilanish rо‘y berdi. Uning mavzu doirasi kengaydi. Davrning ijtimoiy dolzarb mavzularida asar yaratish an’anasi hali ham kuchda bо‘lsa-da, yosh ijodkorlarning aksariyati rasmiy adabiy siyosat nuqtai nazaridan u qadar yetakchi bо‘lmagan, lekin insonni, uning ruhiy olami, milliy qiyofasini kashf etish jihatidan beqiyos adabiy qiymat kasb etadigan mavzularda qalam tebratmoqqa kirishdi. Shunisi e’tiborliki, ular shu tariqa adabiyotda bosh mavzu, azaliy muammo inson ekanini yana bir karra isbotlashga urindi. Darhaqiqat, inson asosiy e’tiborda ekan, ijod uchun mavzu ham, muammo ham doimo yetarli bо‘ladi.
Ikkinchidan, О‘sha davr hikoyachiligida ham son, ham sifat jihatidan о‘sish kuzatiladi. Albatta, yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar bilan birga о‘rtamiyona asarlar ham dunyoga keldi. Lekin, kitobxon, tanqidchilik va vaqt sinovidan о‘tgan asl hikoyalar adabiyotimiz mulkiga aylanib qoldi. Shu ma’noda hikoyachilikda yangilik qilishga intilgan M.M. Dо‘st, E.A’zam, A.Ibodinov, N.Normatov kabi bir guruh yosh nosirlar ichida X.Sulton hikoyalari ham alohida ajralib turadi.
Uchinchidan, Hikoyalari bilan adabiyotga dadil kirib kelgan X.Sulton, avvalo, о‘zi kо‘rgan-bilgan hayotni tasvirladi. Dastlabki asarlaridayoq kо‘pchilik e’tibor bermaydigan, ammo azaliy-abadiy muammolarni mavzu qilib olgan adib oddiy voqea-hodisalar zamiridagi nozik jihatlarni ilg‘ab, ularga muhim badiiy ma’no-mohiyat yukladi; milliy ma’naviyatga daxldor, xalqning о‘lmas udum va an’analariga oid muammolar hech qachon dolzarbligini yо‘qotmasligini о‘ziga xos ta’sirchan yо‘sinda ifodalab berdi.

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling