Yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar


Download 294 Kb.
bet9/9
Sana03.02.2023
Hajmi294 Kb.
#1154014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
70-80 yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar (XAYRIDDIN SULTON HIKOYALARI MISOLIDA)

To’rtinchidan, Adibning qahramon tanlash borasidagi izlanishlari, ayniqsa, e’tiborga sazovor. Uning hikoyalarida turli toifaga mansub kishilar obrazini kо‘rish mumkin: hayotga endigina qadam qо‘ygan yosh yigit-qizlar, bolalar, umr poyoniga yetayotgan chollar, qariyalar, о‘ta xokisor, goho jur’atsiz va kamsuqum insonlar. Ammo kim bо‘lishidan qat’i nazar, yozuvchi ularning qalbiga kirib borish va ular ma’naviy olamni kashf etishni asosiy maqsad qilib oladi. Bir qarashda oddiygina, miskin, mahzun bо‘lib kо‘ringan insonlar qalbida ham ulkan ruhiy g‘alayonlar, о‘tkir dramatik jarayonlar kechishi mumkinligini ifodalab, bularning sababi, ma’no-mohiyati haqida kitobxonni mulohaza yuritishga undaydi. Shuningdek, yozuvchi hikoyalarida tabiatan sokin, ammo sermulohazaliligi, odob-andishasi bilan ajralib turadigan qahramon obrazi kо‘p uchraydi. Buni X.Sultonning kо‘pincha qahramonlaridagi ijobiy sifatlarni kо‘rsatishga moyilligi bilan izohlash mumkin.
Beshinchidan, X.Sulton xarakter yaratishda milliy ruhga, odamiylikka tayanib ish kо‘radi. Asarda salbiy о‘rin tutgan qahramonlarga munosabatda ham odatdagidek qora chaplash yо‘lidan bormay, ularga insof, insoniy shafqat yuzasidan yondashadi. Xarakter tasvirida sersо‘z, batafsil bayondan qochadi, eng muhim bir-ikki detal yoki bо‘yoq-chizgi bilanoq qahramonni kо‘z о‘ngingizda gavdalantirib qо‘yadi.
Oltinchidan, X.Sulton garchi an’anaviy yо‘lda ijod qiluvchi adiblardan sanalsa-da, har bir asarida yangicha kompozitsiya unsurlarini kо‘ramiz. Dunyo adabiyotining ilg‘or namunalaridan yaxshi xabardor adib bu usullarni kо‘r-kо‘rona, «shakl-shakl uchun» qabilida emas, balki asarning milliy ruhiga, undan kо‘zlangan maqsad-muddao hamda tasvir ohangiga mos ravishda qо‘llaydiki, uzukka kо‘z qо‘ygandek munosib, bejirim chiqadi, natijada asar kompozitsiyasidagi yangiliklar goho sezilmay ham qoladi — shu qadar uyg‘un!


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI

1. Karimov.I.A. Istiqlol va ma’naviyat. — Toshkent: «О‘zbekiston», 1994. — B. 160.


2. Karimov.I.A. Ilmu fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilsin. — Toshkent: «О‘zbekiston», 1996. — B.249.
3. Adabiyot va zamon. Maqolalar, adabiy о‘ylar, suhbatlar. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. — 1981 yil. — B. 400.
4. Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. — Toshkent: «Fan», 1978. 1-jild. — B. 415.
5. Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy-tarixiy jarayon. — Toshkent: «Fan», 1979. 2-jild.— B. 445.
6. Boltaboyev H. Nasr va uslub. — Toshkent: «Fan», 1992. —B. 105.
7. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. — Toshkent: «О‘qituvchi», 2005.
8. Imomov B. Hayot va dramatik konflikt. — Toshkent: «Fan», 1968. — B.180.
9. Karimov H. Hayotiy va badiiy ziddiyat. — Toshkent: О‘zbekiston, 1986. — B.20.
10. Katta yо‘l boshida. Adabiy-tanqidiy maqolalar. — Toshkent: Yosh gvardiya, 1987, — B. 144.
11. Mirvaliyev S. Nasr, davr va qahramon. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. — B. 240.
12. Muxtor A. Uyqu qochganda... (Tundaliklar), — Toshkent: «Ma’naviyat», 1997. — B.31.
13. Nazarov B. Hayotiylik — bezavol mezon. Adabiy о‘ylar. — Toshkent: Yosh gvardiya, 1985. —B.224.
14. Niyatov Ch. Hozirgi о‘zbek prozasida xarakter problemasi. — Toshkent: «Fan», 1984. —B.128.
15. Normatov U. Aql va qalb chirog‘i. Suhbatlar, maqolalar. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. — B. 118.
16. Normatov U. Qalb inqilobi. Maqolalar. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. — B. 352.
17. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. — Toshkent: «Ma’naviyat», 2000. — B. 109.
18. Normatov U. Qahhorni anglash mashaqqati. — Toshkent: Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti, 2000. — B. 52.


Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling