Yillarda turkiya reja kirish I bob
-yilning ikkinchi yarmi va 1920-yil boshlarida antiimperialistik kurashning kuchayishi
Download 309 Kb.
|
1918-1945-yillarda Turkiya (3) NEW
1919-yilning ikkinchi yarmi va 1920-yil boshlarida antiimperialistik kurashning kuchayishi. Angliya va uning ittifoqchilari turkiyadagi o‘z okkupatsiya zonalarini asta – sekin kengaytira boshladilar. Angliya rozili bilan Fransiya, AQSH, Gresiya 1919 yil 15 mayda butun G‘arbiy Anatoliyani (mamlakatni eng muhim rayonlaridan biri) bosib olishni ko‘zlab Izmirga o‘z qo‘shinlarini tushirdilar. G‘arbiy va janubiy anatoliyaning bir qancha yerlariga Italiya ham o‘z qo‘shinlarini tushirdi. Grek okupantlarining izmirni egallashi, ittifoqchilar tomonidan okupatsiya zonalarini kengaytirilishi va mamlakatni bo‘lib yuborish, turk xalqini asoratga solish xavfi antiimperialistik kayfiyatlarni yanada ko‘tarib yuboradi. Istambul va mamlakatning boshqa shaharlarida qat’iy norozilik namoyishlari va mitnglar bo‘lib o‘tdi. Ishchi tashkilotlarning ayniqsa turkiya sotsialistik ishchi – dehqon partiyasini faoliyati jonlandi. Imperialistik bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatuvchi dehqon partizanlar harakatlari ham o‘sib bordi. Bu vaqtda Mustafo Kamol Otaturk tarqoq bo‘lgan huquqlarni himoya qilish jamiyatlari tashkilotlari faoliyatini birlashtirishga intilib, sharqiy rayonlarda o‘z faoliyatini afj oldirib yubordi. 1919 yil avgust – sentyabrida huquqlarni himoya qilish jamiyatlarining turkiya bo‘yicha markaziy organi – vakillik komiteti tuzildi. Uning raisi Mustafo Kamol Otaturk edi. Shunday qilib imperialistlarning qo‘g‘irchog‘i bo‘lgan sultonlik hukumatiga qarama – qarshi tarzda burjua inqilobiy hukumatining kurtagi paydo bo‘ldi va u turkiya qurolli kuchlari qoldiqlari, harakatga kelgan dehqonlar, shahar demokratik elementlariga tayanib mustaqillik uchun kurashga rahbarlik qila bordi. 1919 yil oxirida sultonlik hukumati deputatlar palatasiga saylovlar tayinladi. Saylovlarda millatchilar va ular bilan ittifoqda bo‘lgan guruhlar g‘alaba qildi. 1920 yil yanvarda deputatlar palatasining majlisi belgilandi va u “Milliy pakt” deb atalgan deklaratsiyani qabul qildi. Unga ko‘ra sharqiy Frakiya bo‘g‘ozlar zonasi va Anatoliya mustaqil turk milliy davlati tarkibida bo‘lishi, bu hududlar ustidan biron bir shakldagi chet el nazoratiga yo‘l quymasligi kerak edi. Bu turk xalqining milliy manfaatlariga mos keladigan progressiv talab edi. Ingliz okupatsiyachi ma’murlari 1920 yili 16 martda Istambulni rasman okupatsiya qildilar. Parlamentni haydab yuborib, ko‘plab turk parlament a’zolarini qamoqqa oldilar. Bunga javoban huquqni himoya qilish jamiyatlari Vakillik komitetining raisi Mustafo Kamol Otaturk poshsha parlament a’zolariga murojaat qilib, Anqarada chaqiriladigan buyuk milliy Majlis ishida ishtirok etish uchun kelishga taklif qildi.
Download 309 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling