Yillarda turkiya reja kirish I bob
Jahon iqtisodiy krizisining Turkiyaga ta’siri
Download 309 Kb.
|
1918-1945-yillarda Turkiya (3) NEW
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miliy zulmni kuchayishi.
Jahon iqtisodiy krizisining Turkiyaga ta’siri. Garchi 1929- 1933 yillarda jahon iqtisodiy krizisi turkiya iqtisldiyotiga zarar keltirgan bo‘lsada, uning ta’siri boshqa kaptalistik mamlakatlardagichalik bo‘lmadi. Buning sababi mamlakatdan chetga chiqariladigan quruq mevalar . tamaki va boshqalarning narxini don va don mahsulotlari, paxtaga nisbatan kam tushuganligi edi. Bundan hukumatning importni qisqartirish. Eksportni rag‘batlantirish yo‘lini tutganligi bunda ma’lum rol o‘ynadi. Shuningdek turk hukumati turk milliy valyutasi – lirani kursini barqarorlashtirishga erishdi. Lekin shunga qaramay, hukumatning turkiya iqtisodiyotiga urizis ta’sirini cheklashga qaratilgan tadbirlarini asosiy og‘irligi asosiy xalq ommasi zimmasiga tushdi. Mehnatkash xalq turmush darajasi pasayib, norozilik harakatlari avj ola bordi. Ammo bu harakatlar ma’murlar tomonidan qattiqqo‘llik bilan bostirildi. Qatag‘onlar bilan bir qatorda hukmron yuqori doiralar tomonidan Turkiyada sinflar yo‘q faqat “bir – biriga foydali guruhlar bor”, shunday ekan, turkiyada sinfiy kurash ham bo‘lishi mumkin emas degan g‘oya ilgari surildi. Shunga qaramay 1936 yili ommaning tazyiqi ostida turkiya tarixida birinchi marta mehnat haqida qonun qabul qildi. Bu qonun ( kata cheklashlar bilan) 8 soatlik ish kunini, dam olish kunlari , pul to‘lanadigan ta’tillar, ijtimoiy suhurtalarni joriy qilishni e’lon qildi. Ayni vaqtda bu qonun tomonidan ish tashlashlar taqiqlandi, ularda ishtirok etuvchilarga katta jarimalar va qamoq jazolari belgilash ko‘zda tutildi.
Miliy zulmni kuchayishi. Krizis yillarida kam sonli millatlarga, ayniqsa kurdlarga nisbatan tazyiq kuchaydi. Natijada 1930 yil bahori Igdir – boyazit rayonida kurdlar qo‘zg‘alon ko‘tardilar. Ulardan keyin 1930 yil iyun oyi ikkinchi yarmida Van ko‘li rayonidagi kurdlar ham qo‘zg‘alon ko‘tardilar. Qo‘zg‘alonchilar Suriya, Eron , Iroqdagi kurd tashkilotlaridan yordam ola boshladilar. Hukumat qo‘zg‘alon rayonlariga juda katta harbiy qismlarni yubordi. Lekin faqat 1932 yil boshlaridagina qo‘zg‘alonni oxiri o‘choqlari bostirildi. Qo‘zg‘alonning 34 nafar rahbari sud xukmi bilan qatl qilindi, ko‘plab qo‘zg‘alon ishtirokchilari sudsiz, tergovsiz o‘ldirildilar. Download 309 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling