Yillarda turkiya reja kirish I bob
Milliy burjuaziyaning muxolifatchi guruhlar bilan qo‘shilib ketishi
Download 309 Kb.
|
1918-1945-yillarda Turkiya (3) NEW
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi siyosat.
Milliy burjuaziyaning muxolifatchi guruhlar bilan qo‘shilib ketishi. Burjuaziyaning iqtisodiy mavqelarini nisbatan tez mustahkamlanib borishi muxolifatchi guruhlar bilan asta – sekin yaqinlashish imkoniyatlari yaratila bordi. Ikkinchi jahon urushi arafasida hukmron burjua – pomeshchiklar blokida yirik burjuaziya va yer magnatlari salmog‘i oshgan edi. 1938 yili turkiyani birinchi prezidenti Kamol Otaturk vafotidan keyin Ismat Inenyu prezident etib saylandi. Ismat Inenyuning hokimiyatga kelganidan ko‘p ztmay xukumron doiralarni muholfatchi kuchlar bilan yarashish jarayonlari boshlandi. Muxolifatchilar liderlari chet ellardan qaytib keladilar. Milliy burjuaziyaning asosiy qatlamlarini komprador elementlar bilan yaqinlashishi yo‘li uchun shart – sharoit yaratdi.
Tashqi siyosat. Turkiya hukmron doiralarini imperialistik davlatlar bilan yaqinlashishi. 1930 yil mayida Germaniya Turkiya bilan savdo shartnomasini tuzdi va tez orada savdoda birinchi o‘rinni egalladi. Ayni vaqtda angliya va fransiya turkiyada o‘z ta’sirlarini kuchaytirishga intildilar. 1930 yildan boshlab AQSH ham Turkiya bilan muntazam savdoni kengaytira borib, ekspansiyani kuchaytira boshladi. 1932 yil iyulda turkiya ingliz – fransuz imperialistlarining quroli bo‘lgan Millatlar ligasi kirdi. Imperialistik davlatlarning ta’zyiqi ostida 1933 yili Turkiya fransuz va ingliz kapitalining turkiyadagi asosiy tayanchi ottoman banki konsessiyasining cho‘zishga , shuningdek og‘ir moliyaviy ahvolga qaramasdan ottoman (Sultonlik) qarzi bo‘yicha to‘lovlarni davom ettirishga majbur bo‘ldi. O‘z navbatida 1933 yildan boshlab Germaniya fashizmi ham boshqa osiyo va Afrika mamlakatlaridagi kabi Turkiyada ham katta faollikni namoyon qila boshladi. 1934 yil fevralda Turkiya, Gresiya, Ruminiya, Yugoslaviya bilan shartnomalar tuzib , Bolqon Antantasi tarkibiga kirdi. Angliya va Fransiya natsistlar Germaniyasi bilan raqobat qilardi. Fashistlar Italiyasi Efiopiyaga hujum qilganda angliya turkiyada o‘z mavqeini kuchaytirish chora tadbirlarini ko‘ra borib, 1935 yili oxiri Turkiya bilan O‘rta yer dengizi jentlmen ahdlashuvi deb atalgan shartnoma tuzdi. Bunga ko‘ra Angliya – Italiya to‘qnashuvi sharoitda Turkiya Angliyaga qo‘ldan kelgan yordamni ko‘rsatishi, Angliya esa bug‘ozlar masalasini qayta qurib chiqish vaqtida turkiyani qo‘llab quvvatlash majburiyatini oldi. 1936 yil iyun – iyulida montryo (shveysariya) da bo‘lgan bo‘g‘ozlar haqidagi xalqaro konferensiyada 1923 yilgi Lozanda konvensiyasi bo‘yicha bo‘g‘ozlar ustidan o‘rnatilgan xalqaro nazorat bekor qilindi. Turkiya bo‘g‘ozlar zonasini remilitarlash huquqini oldi. Shunday qilib turkiya bo‘g‘ozlarni tinchlik va urush holatida ham yagona nazoratchisiga aylandi. Lekin imperialistlar Qora dengiz mamlakatlari uchun ma’lum sharoitlarda bir muncha cheklangan harbiy dengiz kuchlarini Qora dengizga kiritish huquqiga erishdilar. Montryodagi konvensiyani imzolanishi germaniya, Italiya kabi agressiv davlatlarga ma’lum darajada zarba berdi. Montryoda konvensiya imzolangandan keyin Angliya Turkiyada ta’sir uchun kurashni kuchaytirdi, bu yerga anchagina harbiy anjomlar keltirildi. 1937 yili Turkiya Angliyani imperialistik siyosati quroli bo‘lgan Sadabad paktini imzoladi. Bu pakt Yaqin sharq antantasini yaratilishiga olib keldi. Turkiyani ingliz –fransuz siyosati yo‘liga uzil – kesil jalb qilish maqsadida 1938 yili Fransiya , Angliya talabi bilan Suriyadan Aleksandret Sandjakini ajratib berdi, bu Sandjak xatay okrugi nomi bilan turkiya tarkiga kirdi. Urush arafasida ko‘pchilik turk burjuaziyasi va pomeshchiklari umuman AQSH, Angliya, Fransiya tarafdorlari edilar, lekin bir qancha guruhlar esa (ayniqsa harbiy doiralarda) gitlerchilar Germaniyasiga tarafdor edilar. Shuningdek, sobiq Sovet ittifoqi bilan ilgarigi munosabatlarni saqlab turish yo‘lini tutuvchi siyosatchilar ham bor edi. Savol : Turkiyaning 30 yillarda tashqi siyosati yo‘nalishlarini bering. Download 309 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling