Yog‘och – qurilishbop tabiiy material bo‘lgani sababli, qadimdan insonlar uni turli bino va inshootlar, turar joylar (masjid, maqbara, to‘g‘on, ko‘prik va h.k.) qurilishida ishlatib kelishgan.Yog‘och tabiiy organik material bo‘lib, tabiatda uning minglab turlari uchraydi. Yog‘och daraxt barglariga qarab ikki katta guruhga ajratiladi: ignabarglilar va yaproqlilar.Qurilishdagi yog‘och konstruktsiyalari asosan igna bargli yog‘och daraxtlaridan tayyorlanadi. Bular qarag‘ay, qora qarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘ay va kedrlardir.O‘rmonchilik xo‘jaligida eng ko‘p tarqalgan yaproqli yog‘och daraxti - bu oq qayindir. Eman, qayrag‘och, tog‘terak zaxiralari endi ko‘p aytirilmoqda. Oq qayin va tilog‘ochlar fanera tayyorlash sanoatida asosiy xom-ashyo materiallari hisoblanadi.Yog‘och uchun asosiy xom-ashyo material yer yuzi bo‘ylab keng tarqalgan o‘rmonlar bo‘lib, ular quruqlikning uchdan bir qismini egallaydi. O‘rmonlar, asosan Yevropa, Osiyo va Amerika qit’alarida joylashgan, ulardagi daraxt turlari har xil. Qurilish uchun asosiy xom-ashyo material hisoblangan ignabargli o‘rmonlar MDH davlatlarida umumiy o‘rmonlarning 78%-ini tashkil etadi (16%-qarag‘ay, 11%-archa, 3,5% - pixta, 5% - kedr va boshqalar). MDH davlatlarida o‘rmonlarni kesish yiliga 800 mln.m3 ni tashkil etib, uning yarmi qayta ishlanadi. O‘rmonlarning o‘sish hajmi MDH davlatlarida juda past: yiliga 1 ga maydonning o‘sishi 1,25 m3-ni tashkil etadi (bu ko‘rsatkich AQSHda – 1,5; Shvetsiyada – 2,1, Germaniyada – 4,0, Daniyada – 6,6-ni tashkil etadi); buning asosiy sababi o‘rmonzorlardagi iqlim sharoiti, daraxtlar vegetatsiya davrining davomiyligiga bog‘liq. Yog‘ochning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: - yengilligi - yog‘ochning o‘rtacha zichligi 550 kg / m3 ni tashkil qiladi va po‘latdan 14 baravar yengilroq, betondan 4,5 baravar yengilroq, bu transport vositasida tashish, poydevorga o‘rnatish bo‘yicha uchun moddiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiriradi, bino va inshootlarning yog‘och konstruksiyalarini montaj qurishni og‘ir yuk ko‘tarish mexanizmlarisiz bajarishi imkonini beradi; - mustahkamlik - turli materiallardan tayyorlangan konstruktsiyalardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlaridan biri materialning zichligi, ya’ni materialning o‘ziga xos mustahkamligi bo‘lib, u material zichligining uning qarshiligiga nisbati orqali ifodalanadi; - deformatsiyalanishi - barcha an’anaviy qurilish materiallaridan faqat yog‘och poydevorining notekis cho‘kishiga kamroq darajada ta'sir qiladi. Yog‘ochning yumshoq sharl o‘zgarishi bilan mo‘rtmas buzilishi (yorilishdan tashqari) elementlardagi kuchlarni qayta taqsimlash imkonini beradi, bu esa tuzilmalarning bir zumda ishdan chiqishiga olib kelmaydi; - issiqlik kengayuvchanligi - yog‘ochning chiziqli kengayish koeffisienti tolalar bo‘ylab va ularga burchak ostida farqlanadi. Tolalar bo‘ylab bu koeffitsientning qiymati tolalarga ko‘ndalangiga nisbatan 7-10
|
|