Yog‘ochning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari va ularni aniqlash. Hisoblashlarda yuqoridagi yuklar tarkibiga kiruvchi odamlardan va jihozlardan tushadigan yuklar ta’siri ham e’tiborga olinadi. Masalan, to‘shamalarni o‘rnatish paytida ishchi odamlar to‘shamalar ustiga chiqib uni montaj qiladilar va montaj jarayonida odamni og‘irligidan konstruktsiya elementlariga qo‘shimcha vaqtinchalik yuk ta’sir qiladi. Ayrim inshootlarda osma kranlar mavjud va ular yuk ko‘tarishga moslashtirilgan bo‘ladi. Ana shu jihozlarni og‘irligi ham hisoblashlarda nazarda tutiladi.Hisoblashlarda konstruktsiyaning xususiy og‘irligini quyidagi formula yordamida hisoblanadi: bu yerda: qM- konstruktsiyaning me’yoriy xususiy og‘irligi; gM - konstruktsiyaga tushayotgan tashqi doimiy yuklamalarni me’yoriy qiymati; sM – vaqtinchalik me’yoriy qor yuklamasi; Kx.o-konstruktsiyani xususiy og‘irlik koeffitsienti(konstruktsiyani turiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient); l-oralig‘i.
Yog‘och konstruktsiyalarni montaj yuklariga hisoblash. Yog‘och konstruktsiyalar montaj yuklari ta’siriga loyihada ular uchun ko‘zda tutilgan montaj jihozlari va ko‘tarish sxemalariga muvofiq ravishda montaj vaqtida hosil bo‘luvchi yuklar ta’siriga hisoblanishi shart. Bunda ularning o‘z tekisligidan chiqishidagi chegaraviy moyilligining qiymatlari me’yoriy hujjatlarda belgilangan miqdorlarda bo‘lishi ta’minlanishi zarur. Hisoblarda montaj qilishning uchta bosqichi e’tiborga olinadi. Birinchi bosqich – yig‘ilgan konstruktsiyani gorizontal holatdan vertikal holatga keltirish hisoblanadi. Ushbu bosqichda konstruktsiya belbog‘lari va birikish tugunlarining o‘z ishlash tekisligidan chiqishdagi egilishi ishonchliligi tekshirib ko‘riladi. Ikkinchi bosqich – konstruktsiyaning vertikal holatda ko‘tarilishida u qo‘shrafaqli to‘sin kabi ishlaganda unda turli ishorali zo‘riqishlar hosil bo‘lishi paytida o‘zining ishchi holatidagiga nisbatan qarama-qarshi ishorali zo‘riqishlarga yetarlicha qarshilikka ega ekanligi tekshiriladi. Bu holatda konstruktsiya elementlarining ustivorligi va birikish tugunlarining ishonchliligi tekshiriladi. Uchinchi bosqich – konstruktsiyaning tayanchlarga o‘rnatilishi va vertikal loyihaviy ishchi holatda vaqtincha mahkamlanishi. Bunday holatda konstruktsiyaning doimiy bikr robitalari hali o‘rnatilmagan bo‘ladi va u o‘z ustivorligini uzil-kesil mahkamlanguncha yo‘qotmasdan turishi zarur.
Montaj vaqtida konstruktsiyaga ta’sir qiluvchi yuk uning o‘z xususiy og‘irligidan vujudga keladi (bunda yuk bo‘yicha ishonch koeffitsienti hisobga olinadi). Montaj yuki fermalar va to‘sinlar uchun butun oraliq bo‘yicha teng taqsimlangan yuk sifatida qabul qilinadi. Hisoblarni bajarishda yuklar statik yuk kabi ta’sir etadi deb qabul qilinadi va yog‘ochning hisobiy qarshiligining qisqa muddatli yuklar ta’sirida ortishi e’tiborga olinmaydi. Bunga sabab – montaj yuklari uchun dinamiklik koeffitsienti va qisqa muddatli yuklar ta’siri vaqtida yog‘ochning hisobiy qarshiligining ortishi hisobga oluvchi koeffisientlarning qiymatlari miqdor jihatdan bir xil qiymatga – 1,2 ga teng. Yog‘och konstruktsiyalarni montaj qilishning metodlari va ularni montaj yuklariga hisoblash haqida umumiy ma’lumotlar. Yog‘och konstruktsiyalarning asosiy afzalliklaridan biri bo‘lib ularning nisbatan kichik og‘irligi hisoblanadi. Shunga asosan montaj qilish uchun yuk ko‘taruvchi vositalarni tanlashda birinchi navbatda sodda montaj mexanizmlarini qo‘rib chiqish zarur: avtomobil kranlari, koperlar, montaj machtalari, montaj minoralari, ko‘tarish chig‘irlari va sh.k.Yog‘och konstruktsiyalarni montaj qilishda bir qancha turdagi montaj moslamalari qo‘llaniladi. Bular jumlasiga tekis va fazoviy traversalar, kerkilar, stropalar va boshqalar kiradi. Montaj paytida shuningdek, montajni boshqarish, nazorat qilish va xavfsizlik arqonlaridan foydalaniladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |