Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tarixi


Me’yoriy va hisobiy yuklar va ularni aniqlash


Download 68.93 Kb.
bet7/18
Sana26.10.2023
Hajmi68.93 Kb.
#1723902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tari-fayllar.org

Me’yoriy va hisobiy yuklar va ularni aniqlash. . Konstruktsiyaga ta’sir qiladigan yuklamalar quyidagilardir:Doimiy yuklar - konstruktsiya barcha elementlarining xususiy og‘irliklaridan tushadigan yuklar. Doimiy yuklarga: inshoot qismlarining vazni, yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi qurilish konstruktsiyalarining vaznlari ham shunga kiradi; gruntlarning og‘irligi, konstruktsiya yoki zaminlarda oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlardan hosil bo‘lgan zo‘riqishlar Vaqtinchalik yuklar – uzoq muddatli, qisqa muddatli, maxsus yuklarga bo‘linadi.uzoq muddatli : a) vaqtincha xonalarni ajratadigan pardevor og‘irligi;b) qo‘zg‘almas asbob-uskunalar dastgohlar, apparatlar, motorlar, idishlar, quvurlar, tasmali transportyorlar, konveyerlar, qo‘zg‘almas ko‘tarma mashinalar, shuningdek asbob-uskunalarni to‘ldirib turuvchi suyuqlik yoki qattiq jismlarning vazni;v) idishlar yoki quvurlardagi gaz, suyuqlik va sochiluvchan jismlarning bosimi, shaxtalarda havoning ventilyatsiyasidan hosil bo‘lgan ortiqcha bosim;g) omborxona, muzxona, don saqlaydigan, kitob saqlaydigan xonalar, arxivlar va shunga o‘xshash binolar yopmasiga taxlanadigan yoki jovonlarga terib qo‘yiladigan buyumlar vazni;d) statsionar asbob-uskunalardan tushadigan haroratdan texnologik ta’sirlar;e) suv to‘ldirilgan yassi tomlarda suv qatlami vazni;j) to‘planib qolgan ishlab chiqarish changlari qatlamaning vazni;z) uy-joy, jamoat va qishloq xo‘jaligi binolarining yopmalariga odamlar, xayvonlar, asbob-uskunalardan tushadigan, me’yoriy qiymati kamaytirilgan, QMQ 2.01.07-96 ning 3 jadvalda berilgan yuklar;i) me’yoriy qiymatlari kichraytirilgan ko‘prik va osma kranlardan vujudga keladigan vertikal yuklar;k) kichraytirilgan me’yoriy qiymatga ega bo‘lgan qor yuki;d) grunt tuzilishining tubdan o‘zgarishi yoki abadiy muzlagan gruntlarning erishi bilan bog‘liq bo‘lmagan, zamin deformatsiyalaridan hosil bo‘lgan ta’sirlar; m) ashyolar namligining o‘zgarishi, o‘tirishishi va tob tashlashidan hosil bo‘lgan ta’sirlar.- qisqa muddatli: a) asbob-uskunalarni ishga tushirish va to‘xtatish, sinash, ko‘chirish yoki almashtirish chog‘larida vujudga keladigan yuklar;b) odamlar va uskunalarni ta’mirlashda ishlatiladigan ashyolar vazni;v) uy-joy, jamoat, qishloq xo‘jaligi binolarining yopmalariga odamlar, hayvonlar va asbob-uskunalardan tushadigan to‘liq me’yoriy qiymatga ega bo‘lgan yuklar;g) qo‘zg‘aluvchi ko‘tarma-naqliyot vositalaridan tushadigan yuklar (yuklagichlar, elektrokarlar, taxlagich kranlar, telferlar, shuningdek ko‘prik va osma kranlardan tushadigan to‘liq me’yoriy qiymatga ega bo‘lgan yuklar);d) to‘liq me’yoriy qiymatga ega bo‘lgan qor yuklari;ye) to‘liq me’yoriy qiymati ega bo‘lgan harorat iqlim ta’siri;j) shamol yuklari;z) yaxmalak yuklari;Maxsus: a) seysmik ta’sirlar;b) portlash ta’sirlari;v) texnologik jarayonning keskin o‘zgarishi, uskunalarning vaqtincha ishdan chiqishi yoki sinishi natijasida vujudga keladigan yuklar;g) grunt strukturasini keskin o‘zgarishi (cho‘kuvchan gruntlar namlanganda) yoki tog‘ konlari xududida cho‘kish natijasida zaminda paydo bo‘lgan deformatsiyalardan kelib chiqqan ta’sirlar.Birinchi chegaraviy holatda hisobiy yuklamalardan, ikkinchi chegaraviy holatda esa me’yoriy yuklamalardan hisoblashlarda foydalaniladi. Doimiy me’yoriy yuklar elementlarning hajmiy og‘irligi va o‘lchamlari yordamida aniqlanadi.Vaqtinchalik me’yoriy qor va shamol yuklari qurilish joyi iqlimiy muhiti holatiga qarab qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) xaritalari yordamida aniqlanadi.Misol. Toshkent shahri uchun qor va shamol yuklamalarini aniqlang? QMQdan Toshkent shahri, qor bo‘yicha I-rayon va yuki 0,5 kN/m2ga teng.Shamol ta’siri bo‘yicha III- rayon va bosimi 0,38 kN/m2 ga teng.





Download 68.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling