Юнусобод туман прокуратурасига жабрланувчи Сатторовнинг ариза билан мурожаат қилди ва унга кўра Ботировга нисбатан жкнинг 169-моддаси 3-қисми «а» банди билан жиноят иши қўзғатилди


-modda. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik


Download 36.5 Kb.
bet2/7
Sana16.03.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1272997
1   2   3   4   5   6   7
346-modda. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik
Jinoyat qayerda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi o‘sha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli bo‘ladi. Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, to‘la, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qo‘zg‘atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning ko‘pchiligi turgan erda o‘tkazilishi ham mumkin. Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov bo‘linmasi boshlig‘ining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin. Ushbu moddadan ko`rishimiz mumkinki, bizga berilgan kazusda jinoyat sodir etilgan joydagi prokuraturaga ish bo`yicha tergovni olib borishni topshirishi qonuniy.
Keyingi o`rganishimiz kerak bo`lgan masala Botirovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilishi to`g’rimi? Bu xususida ma’lumotni JPK ning 242-moddasiga olamiz: Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi.
Alohida hollarda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda:
ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida;
ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida;
ilgari qo‘llanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida;
ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmaganida;
jinoyat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash davrida sodir etilganida, qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu yuqorida keltirilgan moddadan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilishi mumkinligini ko`rishimiz mumkin. Lekin JPK ning 243-moddasida quyidagicha norma keltirilgan: Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Ushbu normadan anglashimiz mumkin, Botirovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilishidan oldin unga nisbatan ushlab turish tarzidagi jazo qo`llanilgan bo`lishi kerak. Bizga berilgan kazusda Botirovga nisbatan ushlab turish tarzidagi jazo qo`llanilganligi xususida hech qanday ma’lumot mavjud emas.



Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling