Yusupova sh. K


Qandli diabet tashhisi quyidagilar asosida qo’yiladi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Qandli diabet tashhisi quyidagilar asosida qo’yiladi: 
Agar olingan ko’rsatgich 11,1 mmolg’/lga teng yoki oshib ketsa,butun kapillyar 


53 
qonda yoki vena plazmasida har qanday vaqtda (ovqatlanishdan qathiy nazar) 
glyukozani bir marotabali tekshirish asosida. Bunday holatda qoidaga ko’ra, kasallikning 
klinik simptomlari aniq ifodalanadi (chanqoq, poliuriya, oriqlash). 
O’tkir metabolik dekompesatsiya simptomlari mavjud bo’lmaganida – ikki 
ko’rsatgich asosida, diabetik diapazonda joylashuvchi, masalan, ikki marotaba 
glikemiyaning aniqlangan darajasi yoki NbA1c yoki glyukoza darajasini bir marotaba 
aniqlash bilan birgalikda NbA1c ni bir marotaba aniqlash. 
OGTT natijalari asosida. 
Nahorgi glikemiyaga shubhalangan holatda tashhisni aniqlash uchun OGTT 
tavsiya qilinadi. Testni boshlashdan oldin 3 kun mobaynida parhez saqlab, bir kunda 150 
gdan kam bo’lmagan uglevod tushishini tahminlash zarur. Namuna tungi ochlik 
davridan keyin (8 soatdan kam bo’lmagan, ammo 14 soatdan ko’p emas) olib boriladi. 
Qonda glyukoza miqdori nahorda va glyukozani oral nagruzkasidan 2 soatdan keyin (75 
g glyukoza 250-300 ml suv bilan 5 daqiqa mobaynida qabul qilinadi) tekshiriladi. 
OGTT o’tkir kasalliklar va glikemiya darajasini ko’taruvchi dori vositalari 
(glyukokortikoidlar, tireoid gormonlari, tiazidlar, 
β- adrenoblokatorlar) qabul 
qilishfonida olib borilmaydi. 
Gestatsion QD tashhisi o’ziga hos zususiyatlarga ega. 24 haftalik 
homiladorlikkacha GQD tashhisi nahorgi glikemiyani bir marotaba aniqlashda qo’yilgan 
bo’lishi mumkin, chunki bu hamma homiladorlarda olib boriladi. Erta muddatlarda 
uglevod almashinuvi buzilishi kuzatilmagan hamma homiladorlarda homiladorlikning 
24-28 –haftasida OGTT olib boriladi. GQD tashhisini qo’yish uchun tavsiya qilingan 
uchta ketma ketlikdagi tekshirishlardan bitta vena plazmasida glyukoza darajasining 
tashhisiy ahamiyati yetarli bo’ladi. Bunda glyukozaning dastlabki nagruzkasini o’lchash 
o’tkazilmaydi, uchinchi o’lchashdagi ikkinchi nuqtadagi tashhisiy ahamiyat talab 
qilinmaydi. 
Siydikda glyukoza va atsetonning aniqlanishi QD o’ziga xos tashhisiy usullariga 
kirmaydi, chunki glyukozuriya va ketonuriya uglevod almashinuvi buzilishi bilan 
bog’liq boshqa kasallik hamda holatlarda aniqlangan bo’lishi mumkin. Tekshirishning 
mazkur usuli nahorgi qonda glyukoza miqdori va uglevod almashinuvi buzilishi 


54 
darajasining mo’ljaldagi bahosi, shuningdek, olib borilgan davolash tadbirlarining 
samaradorligini nazorat qilishning aniqlanishi bilan birgalikda foydalaniladi. 
Sog’lom odamda birlamchi siydikka tushuvchi glyukoza buyrak kanallarida to’liq 
reabsorbtsiyalanadi. Siydik bilan ekskretirlanishni boshlovchi glikemiya hajmi, 
glyukoza uchun buyrak porogi, deb ataladi. U 9,0 mmolg’/l ni tashkil qilib, yosh 
kattalashishi bilan ortib boradi. Qonda glyukoza miqdori normada bo’lgan kishilarda 
glyukozuriyaning mavjudligi glikemiyaning sezilarli oshgani, yoki glyukoza ( buyrak 
glyukozuriya yoki buyrak diabeti) uchun buyrak porogi pasayganidan darak beradi. 
Buyrak glyukozuriyaning sababi buyrak patologiyasi (yallig’langan kasalliklar), 
homiladorlik (homiladorlar glyukozuriyasi), nasliy tubulopatiyasi bo’lishi mumkin, 
unda glyukoza, aminokislota, fosfat va bikarbonatlar reabsorbtsiyasini tahminlovchi 
jarayonlar buyrak kanalchalari proksimal bo’limi ferment tizimining tanqisligiga ega 
bo’ladi. 
Glyukozuriya homiladorlarning 50% da ko’proq II trimestrida glomerulyar 
filg’tratsiyaning kuchayishi bilan bog’liq kuzatilishini unutmaslik zarur. 
Diabetik glomeruloskleroz rivojlanishida glyukoza uchun buyrak porogi 
ko’tariladi va hattoki ifodalangan giperglikemiyada ham glyukozuriya kuzatilmasligi 
mumkin. 
Ketin tanasi (atsetouksus va β-oksimoyli kislota) jigarda lipoliz hamda ketogen 
aminokislotalar – leytsin, izoleytsin va valin mahsulotlaridan hosil bo’ladi. O’zgarmas 
insulin y e tishmovchiligida lipoliz aktivatsiyasi yuz beradi va 
β-yog’li kislota 
oksidlanishini kuchaytiradi. Buning natijasida qonda keton tana darajasining oshishi va 
siydikda ularning paydo bo’lishi kuzatiladi. 
Ketonuriya tez oriqlashda, jumladan, to’liq ochlik bilan davolanganda, sezilarli 
miqdorda alkogol istehmol qilganda, shuningdek, gipoglikemik holat oqibatida 
kuzatilish mumkin. 
Laborator tasdiqlangandan keyin QD 1- va 2-turi hamda kasallik asoratlari 
aniqlanishi o’rtasida differentsial tashhis olib boriladi.QD o’tkir va surunkali (kechki) 
asoratlar tashhisi keyingi boblarda to’liq berilgan. 


55 
Differentsial 
tashhisi. 
QD 1- va 2-turining 
asosiy 
differentsial 
tashhisiy belgilari 3.4-jadvalda berilgan. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling