Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Download 5.01 Kb.

bet8/17
Sana15.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17

Terini  turlari  va  uning  parvarishi.  Odamning  yoshi  ulg‗aygan  sari  terisi 
ham  o‗zgaradi,  qariydi.  Qanday  o‗zgarishlar  sodir  bo‗ladi:  ajin  tushadi,  terini 
tarangligi,  rangi  ham  o‗zgaradi,  ko‗zlar  tagida  shish  paydo  bo‗ladi,  agar  terini 
yaxshi  parvarish  qilmasa  bu  hollar tez sodir bo‗ladi. Tashqi ta‘sirlar, ayniqsa oftob 

 
90 
nurlari  ta‘siri  yoki  bir  xil  noo‗rin  harakatlar  (peshanani  burishtirish,  oftobda 
ko‗zlarini  qisish,  qoshlarni  baland  uchirish,  qattiq  kulish,  baland  yastiqqa  yotish) 
kabi yuz va bo‗yin terilarida  o‗z aksini, salbiy ta‘sirini  ko‗rsatadi.  
Teridagi  o‗zgarishlarini  sekin  sodir  bo‗lishi  uchun  doimiy,  muntazam 
ravishda  terini  kosmetik parvarishi bo‗lishi zarur. Ushbu tadbirlar – artish, namlash, 
surtish  va  ayniqsa  tashqi  yomon  ta‘sirlardan  himoyalashdan  iborat.  Terini  to‗g‗ri 
parvarishlash  uchun, birinchi  navbatda, uning  turini  aniqlash  lozim.   
Terining  to‗rt xil turi  bo‗ladi:  

 
Normal 

 
Quruq  

 
Yog‗li 

 
Aralash. 
Terining  turini  aniqlash.  Uy  sharoitlarida  teri  turini  yanoqlar,  burun, 
peshona,  iyakka  papiros qog‗ozini bosib aniqlash mumkin. Buning uchun yuz terisi 
yuvish  vositasi  va  iliq  suvda  yuviladi,  so‗ng  ikki  soatdan  keyin  papiros  yoki  filtr 
qog‗ozi  bilan  tekkazib,  teridan  yog‗  ajralib  chiqishi  aniqlanadi  Quruq  teri  iz 
qoldirmaydi;  normal  teri  engil  iz  qoldiradi;  yog‗li  teri  yog‗li  izlar  qoldiradi 
(Kobachich usuli).   
Normal  teri  kam  uchraydi.  Normal  teri  –  yumshoq,  qayishqoq  (elastik), 
tarang,  silliq,  ko‗rinish  tekis  va  toza  bo‗ladi  va  qul  bilan  tekkanda  quruq  ham, 
yog‗li  ham  emas.  Unda  ko‗z  bilan  ilg‗aydigan  kengaygan  teshikchalar,  qora  yoki 
qizil  nuqtalar,  qizil  dog‗lar,  yiringli  yaralar  bo‗lmaydi.  Normal  turdagi  terini 
parvarish  qilishda  yumshoq  va  iliq  suv  bilan  yuvish,  kuniga  2  marta,  yaxshilab 
quritib  quyidagi  tarkib  bilan  artish  lozim;  1  osh  qoshiq  jo‗ka  guliga  150  ml  suv 
solib,  damlama  tayyorlanadi.  Suzilgandan  so‗ng  5  choy  qoshiq  asal  qo‗shiladi. 
Sovitgichda 2 kun saqlanadi. YUzni  mayin  va tarang qiladi. 

 
91 
Quruq  teri  –  tekis,  tarang,  nozik,  mayin,  baxmaldek  chiroyli  bo‗ladi,  u  
sho‗ralamaydi,    lekin  yaltiramaydi  ham (xira bo‗ladi). U tashqi faktorlarga (quyosh, 
sovuq,  shamol)  o‗ta  ta‘sirchan.  Juda  nozik  bo‗lgani  uchun  erta  ajin  tushishiga 
moyil;    u  doimiy  parvarishni  talab  etadi.  Shuning  uchun  quruq  terini  yumshatilgan 
suv (1 l suvga 1 choy qoshiq soda) yoki qaynatilgan suv bilan yuviladi. Loson yoki 
spirt surib bo‗lmaydi. 
Yog‗li  teri  –  qalin,  yaltiroq,  ochiq  teshikchalari  kengaygan,  limon  po‗stini 
eslatadi.  Yog‗li  teri  changdan  tez  ifloslanadi,  buning  natijasida  teshikchalarda  qora 
tiqinlar  –  komedonlar  paydo  bo‗ladi;  bu  turdagi  teri  ajin  paydo  bo‗lishiga  moyil 
emas.  Lekin  bu  terini  yaxshi  tomoni  –  uzoq  vaqt  tarang  bo‗lib  ajinlar  kech  paydo 
bo‗ladi.  Kuniga  ikki  marta  sovun  bilan  yuviladi,  ayniqsa  sovuq  suv  bilan  yaxshi, 
tuz  bilan  yuzni  artish  (sovunlangan  gubkaga  tuz  solinadi)  qurigandan  so‗ng 
yuviladi.  Teshiklar  torayadi,  tonus  beradi  (qon  yaxshi  aylanadi).  Tuz  o‗rniga  bura 
bilan  soda  teng  miqdordagi  sepmani  ishlatish  mumkin.  Dalachoy,  qayin  bargi 
sharbatlari  yoki damlamasi  bilan  artish foydali.   
Loson:  20,0  g  tog‗rayxon  200  ml  40%  etil  spirti  bilan  aralashtirib,  7  sutka 
tindiriladi,  so‗ng suziladi. Tindirma  1:1 suv bilan  suyultirib  yog‗li teri  artiladi.   
Aralash  turi  –  ko‗p  uraydi.  Aralash  teri  –  yog‗li,  quruq  va  normal  teri 
uchastkalaridan  iborat. U alohida  va murakkab parvarishni  talab qiladi.   
 Terining  parvarishi  quyidagi  tadbirlardan  iborat: 
 
Terining 
parvarishi 
Tozalash 
Oziqlantirish 
Homoyalash 

 
92 
Terining  parvarish  qilishda  quyidagilarga  alohida  e‘tibor  berish  lozim: 
shaxsiy  gigiena  –  muntazam  dush  va  vanna  qabul  qilish,  artinish;  jismoniy  va aqliy 
mehnat  me‘yori  mutanosibligini  to‗g‗ri  saqlash  -  to‗laqonli  ovqatlanish,  jismoniy 
tarbiya, normal  uyqu, faol mehnat  va to‗g‗ri dam olish. 
 Parvarish turlari:  

 
tana parvarishini, 

 
qo‗llar parvarishi; 

 
bo‗yin parvarishi; 

 
sochlar parvarishi;   

 
qosh va kipriklar  parvarishi; 

 
oyoq parvarishi; 

 
jinsiy  a‘zolar parvarishi; 

 
xomiladorlik  vaqtidagi  parvarish; 

 
YaTCh terisini  parvarishi. 
Kosmetik vositalari tasnifi 
Kosmetik  vositalari  belgilanishi  va  tarkibiga  ko‗ra  uch  guruhga  bo‗linadi: 
gigienaga  oid, shifobaxsh va pardozlash uchun.  
1.  Gigienaga  oid  yoki  kasalliklarni  oldini  olish  kosmetika  asosan  teri, 
sochlarni  tashqi  muhitdan,  mikroblardan  asrab,  ularning  faoliyatiga  ta‘sir 
ko‗rsatish,  har  xil  nuqsonlarni paydo bo‗lishini oldini olish va teri, soch va tishlarni 
sog‗lom  tarzda  saqlash  uchun  ishlatiladi.  gigienaga  oid  preparatlar  ham  bir  necha 
guruhlarga  bo‗linadi:   
a)  teri  parvarishi  uchun.  terini  yumshatish,  ximoyalash  va  oziqlantirish uchun 
ishlatiladigan  kosmetik  vositalar.  shuningdek,  terini  tozalash  va  dizenfeksiyalash, 
kesib  olganda  qon to‗xtatuvchi (achchiq tosh, antiseptik jele va sirka, tualet sirkasi) 
– vositalar; 

 
93 
b)  og‗iz  bo‗shlig‗ini  parvarishi  uchun.  Tish  poroshoklari,  eliksir  va  tish 
pastalari;   
v)  soch  va  boshning  yungli  qismlarini  parvarishi  uchun.  Soch  yuvish  uchun 
suyuq  sovunlar,  sovun  poroshogi,  shampunlar,  yunglarni  ketkazish  uchun:  sovun 
kremlari,  tayoqchalar,  soqol  olish  uchun  poroshoklar,  depilyatorlar.  sochni yaltirab 
turuvchi:  briolin,  repey moyi, fiksatorlar,  jingalak  qilish  uchun vositalar va h.k.  
 g) tirnoq parvarishi  uchun. 
2.  Shifobaxsh  kosmetika  kosmetik  nuqsonlarni  yo‗qotish  uchun  qo‗llaniladi. 
1935  yil  shifobaxsh  nomi  paydo  bo‗lgan,  lekin  keyinchalik  maxsus  kosmetika  deb 
atala  boshlandi. Ularga  kiradigan  vositalar: 
a)  teri  parvarishi  uchun.  Sepkilga,  qorayish  va  dog‗larga  qarshi,  husnbuzar, 
seboreya,  qizarish  va  terlash  kabi  terining  nuqsonlarini  bartaraf  etish  uchun 
ishlatiladi.  Shifobaxsh  kosmetik  vositalari;  kosmetik  surtmalar,  kremlar,  gellar, 
losonlar, niqoblar va hokazo.  
3. Dekorativ kosmetika - asosan odamning tashqi ko‗rinishini grim va bezash 
yo‗llari  bilan  o‗zgartirish  mumkin.  Dekorativ  kosmetika  har  kungi  (tashqi 
ko‗rinishni  yaxshilash  maqsadida) va teatrga  oid guruhlarga  bo‗linadi.   
Kosmetik dori shakllarining tasnifi 
6
 
 
                                                                 
6
  Handbook  of  cosmetic  science  and  technology  /  edited  by  Andre´  O.  Barel,  Marc  Paye,  Howard 
I.  Maibach.  —  3rd  ed.,  2009  by  Informa  Healthcare  USA,  Inc.  Vanderbilt  Avenue,New  York,  P. 
446-487.
 
 
Agregat holatiga ko‘ra 
Yumshoq 
Qattiq 
Gaz 
(aerozollar) 
Suyuq 

 
94 
Kosmetik  vositalarga  qo‗yilgan  talablar.  Bugungi  kunda  samarali 
kosmetik  preparatalarini  yaratish  va  assortimentini  kengaytirish  uchun  yangi 
kimyoviy  birikmalar  ishlatilmoqda.  Masalan,  yangi  organik  sintez  orqali  olingan 
emulgatorlar,  pastalar,  bo‗yovchi  va  hid  beruvchi  modda,  xom  ashyolarning  yangi 
turlari  (smolalar,  parda hosil qiluvchilar,  mumlar  va b.), SFM. 
Zamonaviy  kosmetologiyaning  eng  asosiy  yo‗nalishi  -  kosmetik  vositalarida 
BFM  ni  ishlatish,  ya‘ni  vitaminlar,  biogen  stimulyatorlar,    o‗simlik  ekstraktlari, 
gormonlar,    bakteritsid  preparatlar,  fermentlar,  oqsil  gidrolizatlari  va  ularning 
komplekslari.  Bu  yo‗nalish  juda  istiqbolli  bo‗lib  kasalliklarni  oldini  olish  va 
davolashda, ayniqsa kosmetik defektlarni  yo‗qotishga imkon beradi.  
Agar  kosmetik  vositalarni  uzoq  vaqt  va  doimiy  ishlatilsa,  unda  kimyoviy 
moddalar  epidermis  orqali,  soch  follikulalari  va  yog‗  bezlarining  chiqarish  orqali 
so‗rilib  juda  ko‗p  terida  o‗zgarishlar  namoyon  bo‗ladi,  ayrim  paytda  butun 
organizmning  o‗ziga  ham  umumiy  toksik  ta‘siri  bo‗ladi.  Shuning  uchun  sanoat 
miqyosida  ishlab  chiqarib  tibbiyotda  qo‗llanishi  uchun  faqat  shunday  kosmetik 
vositalari  ishlatish  uchun  ruxsat  beriladiki,  qachonki  ular  tajriba  va  klinik 
tadqiqotlardan  o‗tgan  bo‗lib,  ularning  bezarar  va  samaradorligi  isbotlangan  bo‗lsa, 
shuningdek  MDH lar ishlab  chiqilgan  va tasdiqlangan  bo‗lsa. 
Kosmetik  vositalarda  qo‗llaniladigan  komponentlar  TST  (OST)  va  DF 
talablariga  to‗g‗ri kelishi  va javob berishi kerak.   
Yangi  kosmetik  vositalari  va  yangi  komponentlar  sinalyotganda  albatta 
preparatning  zararsizligi  aniqlanadi  (o‗tkir  va  surunkali  toksik  xususiyati), 
qizartirish,  yallig‗lanish,  allergiya  va  o‗ziga  xos  ta‘sir  ko‗rsatmasligi  o‗rganiladi. 
Undan  tashqari  preparatning kanserogen va teratogen ta‘sirlari to‗g‗risida ma‘lumot 
bo‗lishi shart. 
Kosmetik  vositalar  retsepturasida  yangi  kimyoviy  birikmalar  bo‗lsa  ular 
umumiy  qabul  qilingan  usullarda  toksikologik  baholanishi,  ularning  zaharliligi,  turi 

 
95 
va  asosiy  parametrlari  keltirilishi  lozim.  Ular  qatorida  butun  retsepturaning 
toksikologiyasi  o‗rganilgan  bo‗lishi kerak.  
Kosmetik  vositalari  sinalganda  umumiy  baholanishidan  tashqari  yana  ularni 
silliq  teriga  surtilganda  (masalan  krem va losonlar): 

 
izotop  usuli  yoki  boshqa  usullar  yordamida  teri  bar‘eri  to‗sig‗ining 
moddalar o‗tkazuvchanligi; 

 
gistologik,  gistokimyo,  gistoradiografiya  va  elektron  mikroskop  usullarida 
teri  strukturasiga  ta‘sirini; 

 
biokimyo ko‗rsatkichlarini; 

 
terini  pH va haroratga reaksiyasini  o‗rganish lozim.   
Kosmetik  vositasini  keng  ommaga  ishlatilishi  haqidagi  yo‗riqnomani 
farmakologiya  markazi  taqdim  etilgan  xujjatlar  asosida  ko‗rib  chiqadi.  Kosmetik 
mahsulotlari  texnologik  reglament  asosida  ishlab  chiqariladi  va  albatta  DST  29189-
91  (texnologiyasiga  talablar  va  retsepturasi  O‗zR  SSV  ning  tasdiqlangan)  SaNPiN 
0152-04  qoidalariga  rioya qilinishi  kerak.  
Kosmetik  surtmalar  –  yumshoq  dori  turi  bo‗lib,  sirtga,  teri  ustiga  yaxshi 
surtilib  tekis  oqmaydigan  parda  hosil qiluvchi yuqori qayishqoq massa.  Dorilarning 
dispersologik  tasnifi  bo‗yicha  hamma  tomonlama  erkin  shaklsiz  dispers 
sistemalarga  kiradi.   
Suyuq  dorilardan  farqi  –  surtmalar  oqmaydi.  Kosmetik  surtmalar  qadim 
zamondan  ishlatilib  kelmoqda.  Asosan  terini  qoplovchi  va  himoyalovchi  sifatida, 
shuningdek  davolovchi  (teridagi  yara-chaqalar,  kuygan  sathiga,  sovuq  olgan  va 
yorilganda)  ishlatiladi.   
Undan tashqari sochlarni to‗kilishida  yoki soch o‗stirish uchun va h.k.  
Kosmetik surtmalar tasnifi 
I. Teri uchun ishlatishda: 
1. Terini  yumshatish   

 
96 
2. Dog‗larni  ketkazish   
3. Sepkilni  ketkazish 
4. Terini  himoyalash 
5. Terini  oziqlantirish 
6. Terini  davolash 
II. Soch va bosh terisi uchun ishlatishda: 

 
Soch va bosh terisini davolash 

 
Sochni to‗kish 

 
Sochni o‗stirish 

 
Bosh terisiga  har xil  insektitsid  moddalar surtish   
Ko‗pincha, kosmetologik surtmalar  quyidagi  maqsadda qo‗llaniladi: 

 
Terini  ko‗chirish 

 
Terini  tinchlantirish   

 
Epitelizatsiya  uchun (yunglarni  tushirish) 

 
YUmshatish   

 
Teriga moddalar so‗riltirish 
Kosmetologik surtmalarning  ta‘sir etish mexanizmi  quyidagicha: 
Turli  kosmetik  surtmalarda  albatta  asosi  bor,  ko‗pincha  yog‗li  asoslar 
ishlatiladi.   
Kosmetik  surtma  teriga  surtilgandan  so‗ng,  o‗sha  terini  issiq  chiqazish 
xossasi  kamayadi,  teri  isiydi  va  giperemiya  paydo  bo‗ladi  (teri  qizaradi).  Surtma 
tagidan  suv  uchmaydi,  epidermisning  ustki  qatlami  bo‗kadi  (matseratsiya)  va 
terining  ichiga  surtmadagi  har xil  dorivor moddalarning  so‗rilishiga  yordam beradi.  
Surtmalar  –  sirtga  ishlatish  uchun  mo‗ljallangan,  qovushqoq  konsistensiyaga 
ega yumshoq dori turi. Kosmetik surtmalar yoki ―Kremlar‖ yuz, qo‗l, oyoq va bosh 
terisini  parvarish  qilishga  mo‗ljallangan  yumshoq  (mayin)  kosistensiyaga  ega 

 
97 
bo‗lib,  tarkibida  bir  yoki  bir  nechta  dori  moddalar  va  yordamchi  modda  – 
asoslardan tashkil  topgan. 
Bugungi  kunda  kosmetika  sanoatida  ishlab  chiqariladigan  surtmalar 
(kremlar)ni  quyidagi  guruhlarga  tasniflash  mumkin: 
1.  Yog‗li  (noemulsion)  kremlar.  Ushbu  kosmetik  surtmalarni  ―krem‖ 
holatida  bo‗lishi,  surtma  tarkibiga  kiruvchi  yog‗  va  yog‗simon  moddalar  (vazelin, 
parfyumer moylar  va h.k.) yoki ularning  aralashmasiga  bog‗liq. 
2.  Emulsion  kremlar.  Ushbu  kosmetik  surtmalarni  konsistensiyasi  tarkibidagi 
yog‗ va suv miqdoriga bog‗liq  bo‗ladi. 
3.  Yog‗siz  kremlar  yoki  gellar  –  kolloidlar  (gidrozol,  jele),  yog‗  kislotalari 
yoki  mumlarni  suvdagi  yuqa  dispersli  osilmalari  (suspenziyalari)  bo‗lib,  ular 
tarkibida  yog‗lar juda oz miqdorda bo‗ladi yoki umuman bo‗lmaydi. 
Qo‗llanilishi  bo‗yicha  kosmetik  surtmalarni  (kremlar)  gigienik  (profilaktik: 
shamol,  namlik,  quyosh  nurlaridan  himoyalovchi  yoki  oziqlantiruvchi  hamda  teri 
faoliyatini  faollashtiruvchi)  va  davolovchi  (maxsus:  xusunbuzar,  qorayish,  dog‗ 
hosil  bo‗lishi,  seboreya,  terlashni  davolashga  mo‗ljallangan)larga  tasniflash 
mumkin.    
XI-DF  ko‗rsatmasi  bo‗yicha  dori  moddalar  surtmalar  tarkibiga  ularni  fizik-
kimyoviy  holatiga  asoslangan holda kiritiladi. 
Asosda  eriydigan  dori  moddalarni  surtma  asosida  eritish  lozim.  Yog‗li 
asosda  eriydigan  dori  moddalarga  misol  qilib  quyidagilarni  keltirish  mumkin: 
anestezin,  benzoy  kislotasi,  betanaftol,  kamfora,  mentol,  timol,  fenol,  fenilsalitsilat 
(salol),  follikulin,  xloralgidrat.  Shuningdek,  suvda  yaxshi  eriydigan  dori  moddalar 
(kaliy  yodid,  rezorsin,  sulfatsil  natriy  (albutsid),  novokain  gidroxlorid,  efedrin 
gidroxlorid)ni  PEG.  MS.  Na-KMS  va  boshqa  gidrofil  asosolarga  suvda  erigan 
holda qo‗shiladi, ularni  ham gomogen tipdagi  surtmalarga  kiritish  mumkin.   

 
98 
Uchuvchan  moddalar  surtma  tarkibiga  oxirgi  navbatda  kiritiladi.  Surtmalar 
massa  bo‗yicha  tayyorlanadi.  Dori  moddani  asosda  tarqalishi  bo‗yicha  va  hosil 
bo‗ladigan  dispers  tizimning  turi  bo‗yicha  gomogen  va  getrogen  surtmalarni 
farqlash  mumkin.  Ayrim  adabiyotlarda  keltirilishi  bo‗yicha  gomogen  kosmetik 
surtmalarda  dori  modda  asos  tarkibida  eritma  yoki  qotishma  (molekula  yoki 
mitsella  maydalik  darajasida)  bo‗ladi,  ya‘ni  surtmalarda  dori  modda  va  asos 
alohida-alohida  fazalarga  bo‗linmaydi  deb  keltirilgan.  Biroq  gomogen  surtmalar 
har  doim  ham  bir  fazali  bo‗lavermaydi,  aksariyat  hollarda  asoslarni  o‗zi  ham 
strukturalangan,  ya‘ni  kamida  ikki  fazadan  tashkil  topgan  bo‗ladi;  masalan,  vazelin 
va  suvsiz  lanolin.  Ular  mikro  yoki  ultramikro  zarrachalardan  tashkil  topib, surtmani 
qovushqoqligini  ta‘minlaydi.  Aksariyat  surtma  asoslari  nonyuton  tanalar  guruhiga 
mansub bo‗lib, to‗rsimon tuzilishga  egadirlar.  Olinishi  bo‗yicha gomogen surtmalar 
1) qotishma; 
2) eritma; 
3) ekstraksionga  tasniflash  mumkin.   
Qotishma  tipdagi  surtmalar  bir  nechta  o‗zaro  eriydigan  tarkibiy  qismdan 
tashkil topgan bo‗lib, ular yog‗, mum, uglevodorod, smola, yuqori molekulyar yog‗ 
kislotalarni  bir-biri  bilan  birikishi  orqali  hosil  bo‗ladi.  Ularni  ayrimlari  qattiq, 
ayrimlari  yumshoq,  ayrimlari  esa  suyuq  bo‗lishi  mumkin.  Ushbu  guruhga  kiruvchi 
surtmalarni  tayyorlashda  avval  qiyin,  so‗ng  o‗rta  va  oxirida  oson  eriydigan 
moddalarni  eritish  tavsiya  etiladi.  SHunda  oson  eruvchan  moddalarni    ortiqcha 
qizishiga  yo‗l  qo‗yilmaydi.  Eritma  tipidagi  surtmalarda  dori  modda  asosda  erishi 
kuzatiladi.  Ularni  tayyorlashda oldin asos eritiladi, so‗ng dori modda qo‗shilib, erib 
ketgunicha  aralashtiriladi.     
Shuningdek  o‗simlik  yoki  hayvon  xom  ashyosida  ta‘sir  etuvchi  moddani 
surtma  asos  yordamida  ajratib  olingan  ekstraksion  surtmalar  ham  gomogen  tipdagi 
surtmalarga  tasniflanadi.  Gomogen  tipdagi  aralashma  hosil  qilishida  ko‗p  dori 

 
99 
moddalar  evtektik  aralashma  hosil  qiladilar,  ya‘ni  ularni  erish  harorati  bir  qancha 
pasayshi  kuzatiladi.  Bunday  kosmetik  surtmalarni  qovishqoqligini  oshirish  uchun 
ular  tarkibiga  strukturalovchi  (lanolin,  mum,  serezin,  parafin)  kabi  moddalar 
qo‗shiladi. 
Geterogen  kosmetik  surtmalar  suspenzion  (trituratsion  yoki  osilma  tipdagi), 
emulsion  va aralash  tipdagiga  tasniflanadi. 
Agar  dori  modda  yog‗li  (moyli)  asosda  yoki  suvda  erimasa,  shuningdek 
suvda  yaxshi  eriydigan  moddalar  ko‗p  miqdorda  berilgan  yoki  ta‘siri  bo‗yicha 
eritish  ta‘qiqlangan  bo‗lsa,  ularni  maydalab,  kukun  holida  asosga  kiritish  lozim. 
Suvda  yaxshi  erisa  ham  biroq  asosga  suspenziya  holida  kiritiladigan  dori 
moddalarga misol qilib  qo‗yidagilarni  keltirish  mumkin: 
a)  rezorsin,  rux  sulfat,  penitsillin  (rezorsin  va  penitsillin  suvda  yaxshi 
erishiga  qaramasdan  surtma  tarkibiga  suspenziya  holida  oz  miqdorda  mineral  moyi 
yordamida  maydalab,  kiritiladi,  aks  holda  ushbu  moddalarni  suvli  eritmalari  teriga 
toksik  ta‘sir  (qitiqlashi,  to‗qima  nekrozini  chaqirishi)  kuzatiladi.  Bundan  ko‗z 
uchun tayyorlanadigan  surtmalar  istisno; 
b)  surtma  tarkibiga  suspenziya  holida  kiritiladigan,  suvda  qiyin  eriydigan 
moddalar:  borat  kislotasi,  natriy  tetraborat  (bura),  levomitsetin,  metiluratsil, 
furatsilin,  etakridin  laktat  va h.k.; 
v)  suvda  va  asosda  erimaydigan moddalar: vismut subnitrat, dermatol, kalsiy 
karbonat, 
salitsil 
kislotasi, 
kraxmal, 
kseroform, 
tozalangan 
oltingugurt, 
sulfanilamid  preparatlari  (streptotsid,  norsulfazol  va  h.k.),  talk,  rux  oksidi 
suspenziya tipida kiritiladi. 
Suspenzion  (trituratsion)  surtma  tarkibiga  kiruvchi  qattiq  dori  modda 
miqdori  surtmaning  massasiga  nisbatan  5%  dan  kam  bo‗lsa,  dori  modda  asosga 
qo‗shilishdan  oldin,  uning  miqdoriga  yarim  barobar  miqdorda  surtma  asosiga mos 
bo‗lgan yordamchi suyuqlik bilan maydalanadi. Masalan, surtma asosi uglevodorod 

 
100 
tabiatga  ega  bo‗lsa,  maydalash  uchun  yordamchi  suyuqlik  sifatida  vazelin  moyi, 
yog‗li  asoslar  uchun  o‗simlik  moylari  (kungaboqar,  shaftoli,  bodom);  gidrofil 
asoslar uchun – tozalangan suv, glitserin  ishlatiladi.   
Agar  suspenzion  surtma  takibiga  kiruvchi  qattiq  dori  modda  miqdori 
surtmaning  massasiga  nisbatan  5%  va  undan  ko‗p  bo‗lsa,  surtma  tarkibiga 
kiritishdan  oldin  issiq  havonchada  (50-60
0
  S)  suyultirilgan  surtma  asosi  bilan 
maydalanadi  (qattiq  dori  modda  miqdoriga  yarim  barobar  nisbatda).  Bunda 
maydalash  uchun  suyuq  yordamchi  moddani  qo‗shilishi  maqsadga  muvofiq  emas, 
chunki  surtmani  suyulishi  va  dori  moddani  konsentratsiyasi  pasayishi,  dori  modda 
miqdordan chetlanishi  mezoniga  to‗g‗ri kelmasligiga  sabab bo‗lishi mumkin.   
Tarkibida 25% va undan ko‗p miqdorda qattiq fazali dori moddalar saqlagan 
surtmalar  pasta  deb  ataladi.  Ular  quyuq  (hamirsimon)  konsistensiyaga  ega  bo‗lib, 
ular  tarkibiga  kiruvchi  dori  moddalarni  yuqori  dispersligini  ta‘minlash  uchun,  ular 
isitilgan  havonchada  suyultirilgan  asos  bilan  yaxshilab  maydalanadi  (qattiq  faza 
miqdoriga  yarim  barobar  miqdorda),  so‗ng  suyultirilgan  asosni  qolgan  qismi 
qo‗shiladi va surtma sovigunicha  maydalanadi. 
 
 
 
 
Emulsion  kosmetik  surtmalar  tarkibida suyuq komponent borligi va u asosda 
emulsiya  tipi  bo‗yicha  tarqalganligi  bilan  ifodalanadi.  Emulsiya  hosil  bo‗lishi  va 
ushbu  sistemalarni  hossalari  emulsiyalarni  umumiy  qonunlariga  bo‗ysinadi. 
Barqaror  emulsion  sistemalarni  hosil  qilish  uchun  tarkibga  emulgatorlar  kiritiladi. 
Emulgatorlar  ikki  faza  (moy/suv  yoki  suv/moy)  orasida  taqsimlanib,  sirtki  erkin 
energiyaning  zahirasini  pasaytiradi.  Hosil  bo‗ladigan  emulsiyaning  tipi  asosan 
asosan emulgator xossasi bilan belgilanadi. 
Pasta  —  tarkibida  25%  dan  ko‘p  talqonsimon  dori  moddalar 
saqlagan  quyuq  surtma  dori.  Pastalar  konsistensiyasi  buyicha  xamirga 
yakin  turadigan  sirtga ishlatiladi  surtma dorilar 

 
101 
Emulsion 
kosmetik 
kremlarda 
asosan 
oleofil 
tabiatli 
emulgatorlar 
qo‗llaniladi,  ular  suvli  eritmalarni  yog‗li  yoki  yog‗simon  muhitda  emulgirlaydilar. 
Emulsion  kosmetik  kremlarda  eng  ko‗p  qo‗llaniladigan  emulgatorlardan  biri  bu 
sterinlar  –  xolesterin,  izoxolesterin  va  boshqa  yuqori  molekulyar  spirtlar  (setil, 
stearil)  va  ularni  saqlovchi  murakkab  tarkibli  xom  ashyolar  (lanolin,  mum), 
ishqoriy  metallar  tuzlarini  saqalagn  sovunlar,  qo‗rg‗oshin  malhami  (qo‗rg‗oshin 
sovuni).  Bularga  nisbatan  kamroq  metall  rezinatlari  (mum  kislotalarning  tuzlari), 
yog‗  kislotalarning  glitserin  yoki  poliglitserinlar  (T-1  va  T-2)  bilan  hosil  qilgan 
to‗lmagan  murakkab  efirlari  qo‗llaniladi.  Chet  davlatlarda  palmitin  va  stearin 
kislotalarning  anilidlari  (R-CO-NH
2
),  kislotali  setil,  stearil,  lauril  (C
12
H
25
OH) 
sulfoefirlarni  ishqoriy  tuzlari  bilan  hosil  qilgan  alkogollari;  diglikol-oleat,  sorbitol-
monolaurat,  polioksil-stearat  H(OCH
2
-  CH
2
)
n
.
OCOC
17
H
35
,  lennet  mumlari  (yog‗ 
kislotalari  aralashmalarini  gidrirlash  bilan  olinadigan  to‗yingan  yuqorimolekulyar 
alkogollarning  aralashmalari).  Ayrim  hollarada  emulgator  sifatida  leysetin  ham 
qo‗llaniladi. 
Kosmetik  M/S  tipidagi  emulsion  surtmalarini  hosil  qilishda  asosan  gidrofil 
emulgatorlar  –  agar-agar,  tragakant,  jelatina,  kazein,  gummiarabik  kabi  moddalar 
qo‗llaniladi.  Keltirilgan  emulgatorlar  yordamida  olingan  kosmetik  surtmalar  deyarli 
turg‗un  emas:  tez  qatlamga  ajraladilar,  tez  mikroblar  ta‘sirida  bijg‗ib  qoladilar  va 
suvni  yo‗qotishi  sababli  tez  qurib  qoladilar.  Kosmetik  kremlarni  tayyorlashda 
murakkab tarkibli  gidrofillashtirilgan  asoslar qo‗llaniladi. 
 
 
 
 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling