Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi
Download 2,77 Mb.
|
efir moylari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 – ish. MAHSULOTLARDAGI YOG’ MIQDORINI SOKSLET ASBOBI YORDAMIDA ANIQLASH
YOG’LARTibbiyotda yog’lar, asosan, surtma dorilar (mazlar), linimentlar, malhamlar, tibbiyot sovunlari, shamchalar va boshqa dori turlari tayyorlashda, hamda ba’zi dorivor moddalarni eritish uchun ishlatiladi. Ba’zi yog’lar esa sof holda ta’sir etuvchi dorivor modda sifatida (kanakunjut moyi, baliq yog’i, makkajo’xori moyi va boshqalar) ishlatiladi. Tarkibida ikki va undan ortiq qo’shbog’ saqlagan to’yinmagan yog’ kislotalar (linol, linolen, araxidon) esa odam organizmida moddalar almashinuvi jarayonida katta ahamiyatga ega bo’lib, ular vitamin «F» nomini olgan. Organizm bu yog’ kislotalarini boshqa birikmalardan sintez qila olmaydi. Shu boisdan ular ovqat bilan organizmga kiritilishi kerak. Aks holda organizm har xil kasalliklarga duchor bo’ladi. O’simlik moylari bu kislotalarga boydir. Yog’lar o’simlikning mevasi va urug’laridan siqish – presslash yo’li bilan olinadi. Bu usul qizdirish yoki qizdirmasdan bajariladi. Bundan tashqari, meva yoki urug’lardan moyni yengil haydaluvchi, kimyoviy inert organik erituvchilar (petroley efiri, dietil efir) yordamida maxsus asboblarda ekstraksiya qilib olinadi. 6 – ish. MAHSULOTLARDAGI YOG’ MIQDORINI SOKSLET ASBOBI YORDAMIDA ANIQLASHKerakli asbob va reaktivlar: o’simlik urug’i, etil efiri yoki petroley efir, chinni hovoncha, Sokslet apparati, elektr plitkasi, kalsiy xlorid, quritgich shkaf, eksikator, filtr qog’ozdan tayyorlangan patronlar, sovutgich.
Tarozida 5 g qilib tortilgan, po’sti olingan va maydalangan urug’ (zig’ir, kunjut yoki kungaboqar urug’i) filtr qog’ozdan yasalgan patronga solinadi. Mahsulotni yana patroni bilan birga taroziga tortib ko’rib, Sokslet asbobining 2- qismi - ekstraktorga qo’yiladi hamda asbob bo’laklari o’zaro birlashtiriladi. Sovutgich suv manbaiga ulanadi. Mahsulotdagi moyni ekstraksiya qilish uchun apparatning yuqori qismida yetarli miqdorda erituvchi (efir yoki petroley efiri) quyiladi. Sokslet asbobini suv hammomiga o’rnatib, issiq suv bilan qizdiriladi (efir oson alangalanuvchi bo’lganligi sababli, efir solingan kolbani ochiq alanga yoki elektr plitka ustida qizdirish mumkin emas). Qaynagan efir bug’i ekstraktorning yo’g’on – A naychasi orqali sovutgichga o’tadi va u yerda sovib, suyuqlikka aylanadi, so’ngra qaytadan ekstraktorga tomchilab oqadi. Sovutgichdan oqib tushayotgan efir ekstraktorda to’planayotgan ekstraktorda urug’dagi moy ekstraktsiyalanib erituvchiga o’tadi. Ekstraktordagi efirning (mahsulotdagi moyni eritib olgan efir) balandligi В naycha balandligiga teng bo’lganda, efir shu naycha orqali qabul qiluvchi kolbaga oqib tushadi. Ekstraksiya bo’lgan moy kolbada qoladi, efir esa bug’lanib, yana ekstraktorning A naychasi orqali sovutgichga qaytadi. Bu jarayon patrondagi urug’ tarkibidagi moy butunlay ekstraksiyalanib bo’lganiga qadar davom ettiriladi. Moyning butunlay ekstraksiyalanib bo’lganligini aniqlash uchun ekstraktordagi oqib tushayotgan efirdan filtr qog’oz ustiga tomiziladi. Agar filtr qog’ozda dog’ qolmasa, ekstraksiya jarayoni tamom bo’lgan hisoblanadi. So’ngra ekstraktordagi patronni olib, havoda quritiladi (efir tezda uchib ketadi) va tarozida tortiladi. Moyni ekstraksiya qilishdan oldingi patron og’irligidan, moyni ekstraksiya qilingandan keyingi patron og’irligi olib tashlansa ekstraksiyalangan moy miqdori (a) kelib chiqadi. Mahsulotdagi moy miqdorini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: Х а 100 в Bunda: X - mahsulotdagi moyning % miqdori a – ekstraksiya bo’lgan moy miqdori v – analizga olingan urug’ miqdori Download 2,77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling